O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi



Download 1,09 Mb.
bet33/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

1-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga xristian ekstremizmi to‘g‘risida ma’lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

- O‘rta asrlar xristian ekstremistlarining faoliyatini biladi;

- Salb yurishlar va ularning oqibatlarini baholaydi;

- Inkvizitsiya tushunchasi va uning zararli oqibatlarini biladi.


1-asosiy savolning bayoni:

Diniy ekstremizm faqat islom olamiga tegishli bo‘lib qolmay, balki dunyodagi barcha dinlarga mansub-dir. Ayniksa, o‘rta asrlarda xristian ruhoniylari «muqaddas» kitoblarda belgilangan har qanday aqida-larga qarshi chiqish Xudoning irodasini buzish demakdir», deb uqtiradilar. Har qanday norozilik «qo‘rslik», «takabburlik ifodasi» deb hisoblanadi va bu eng mudhish gunohdir, deb e’lon qilingan edi. Lekin cherkov naqadar kuchli bo‘lsa-da, shaharliklar va dehqonlar orasida cherkov ta’limotiga qarshi chiquvchilar ko‘paya bordi.

Ekstremist ruhoniylar bunday kishilarni «dindan qaytganlar», ya’ni «shakkok» lar deb atardilar va ularni ayovsiz jazolardilar. CHunki ilg‘or fikrli kishilar barchani halol mehnat evaziga yashashga, ya’ni o‘z qo‘l kuchi bilan kun ko‘rishga da’vat qilardilar.

XIII asrda papa qo‘shinlari Frantsiyaning janubida 20 ming kishini qirib tashladilar, ayniqsa, ilg‘or fikrli ziyolilarga qarshi inkvizatsiya sudi joriy etilib, mustaqillik uchun kurashchi YAn Gus o‘ldirildi, osmon ilmining yulduzlaridan biri Jordano Bruno o‘tda kuydirildi, Galileo Galiley besh oy qiynoqqa solinib, tavbasiga tayantirildi. Lekin baribir u «er aylanadi» degan fikridan qaytmadi.

Salb yurishlari deganda Evropa er egalarining XI asr oxiridan to XIII asr oxirigacha uzoq vaqt davomida YAqin SHarqda – Suriyada, Falastinda, Misrda, Bolqon yarim orolida, Kipr orolida va boshqa joylarda olib borgan harbiy-mustamlakachilik ekspeditsiyalari ko‘zda tutiladi.

Tashqi jihatdan bu ekspeditsiyalar diniy ruhdagi ekspeditsiyalar edi, chunki katolik cherkovi bu kurashni – «butning – yarim oyga» qarshi, xristianlikning – islomga qarshi kurashidir, deb e’lon qiltan edi; yurishlardan muddao Falastinni «kofirlar»dan xalos qilish va xristianlar e’tiqodicha, Quddusdagi «Iso payg‘ambar qabri»ni xristianlarga qaytarib olib berishdir deb, rasmiy e’lon etildi. Haqiqatda esa, bu bosqinchilik yurishlaridan iborat bo‘lib, ularda evropalik baronlar va ritsarlar hech tap tortmay, SHarqning shaharlarini taladilar, butun-butun knyazlik (beklik) va qirolliklarni bosib oldilar, o‘zlari uchun feodal rentasining yangi soliq to‘lovchilarini qo‘lga kiritdilar. Ammo salb yurishlarida, feodallardan tashqari, jamiyatning boshqa tabaqalari, jumladan, dexqonlar xam qatnashdilar. Bu hol salb yurishlariga endi yalpi, ommaviy tus berdi.

SHarqqa qilingan salib yurishlarini «muqaddas urushlar» deb e’lon etgan katolik cherkovi, tabiiy, bu yurishlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga intildi. Bu vaqtga kelib papalik zo‘r qudratga ega bo‘ldi. Dunyoviy xokimiyat bilan olib borilgan to‘qnashuvlarda papa imperatorning o‘zini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratdi. Salb yurishlari papalikka ko‘pgina real foydalar keltirishi: parchalanib ketgan feodal Evropasiga siyosiy jihatdan rahbarlik qilishi, sharqiy pravoslav cherkovining ajralib ketgan xristianlarini Rimga bo‘ysundirish uchun, katolik ruhoniylari katolitsizm mazhabiga o‘tkazishni orzu qilgan. SHarq musulmonlari orasidagi missionerlik faoliyati uchun juda katta ionalar to‘plashi mumkin edi. Ana shu vajdan, papa Urban II 1095 yilning kuzida Janubiy Frantsiyaning Klermon shahrida ko‘p kishilik cherkov yig‘inini to‘plab, unda so‘zga chiqib «kofirlar»ga qarshi kurashmoq uchun SHarqqa jo‘nab ketishga da’vat etdi. Urbanning asosiy da’vati «Iso payg‘ambar qabrini» xristianlarga qaytarib olib berish va muqaddas Falastinni xalos qilishdan iborat edi. Papa salb qatnashchilarining gunohidan kechishni va’da qildi, shuningdek, u SHarqda salbchilarni kutayotgan boy o‘lja haqida ham ochiqdan-ochiq aytdi.

Harbiy ekspeditsiyalar sifatidagi salb yurishlari batamom muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. XIII asr oxiriga kelib, Evropada siyosiy vaziyat tamomila o‘zgardi. Vujudga kelgan milliy davlatlar bir-birovlari bilan shiddatli va uzoq davom etgan urushlar boshlab yubordilar; ritsarlar o‘z harbiy hunarlarini Evropaning o‘zida xam qo‘llanish imkoniga ega bo‘ldilar.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish