O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet85/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

Amerika Qo‘shma SHtatlarida, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat fuqarolarining 56 foizini protestantlar, 28 foizini katoliklar va 7,5 foiz o‘zini hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan - dinsiz deb hisoblaydiganlar hamda 3,5 foizini musulmonlar tashkil qiladi.

Amerikada ilk musulmonlarning paydo bo‘lishi 1530-1851-yillar orasida G‘arbiy Afrikadan qul savdosining yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq. Qullik uchun zo‘rlab olib kelinayotgan minglab G‘arbiy Afrikaliklarning 14-20 foizini musulmonlar tashkil etgan. Bu musulmonlarning avlodlari o‘z dinlarini unutib, asta-sekin xristianlikni qabul qilganlar.

Keyingi ko‘p sonli va bugungi kunda ham o‘zligini saqlab qolgan musulmon jamoalarining paydo bo‘lishi XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, Zero, aynan shu davrda Livan, Suriya, Usmonlilar imperiyasi va boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan musulmonlar AQSHda muqim yashay boshlaganlar. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng bir necha bosqichni qamrab olgan va musulmon olamining deyarli barcha mintaqalaridan kelgan emigrantlarning uchinchi katta oqimi kuzatilgan. Xususan, ma’lumotlariga ko‘ra, 1980-1996-yillarda mamlakatga Erondan 234,2, Pokistondan 131,8, Livandan 71,5, Iordaniyadan 57,6, Bangladeshdar 50,6, Iroqdan 46,4, Afg‘onistondan 40,2, Suriyadan 37,2, Turkiyadan 36,6 ming, sobiq ittifoqning musulmon respublikalaridan 50 (jam; 756,1) ming kishi ko‘chib kelgan. AQSHga doimiy yashash uchun kelgan 59,3 ming misrliklarning deyarli yarmi, 498,2 ming hindistonliklarning chorak qismi hamda 73,2 ming nigeriyalik va 59,2 efiopiyalikning aksariyatini musulmonlar tashkil etgan.

SHu bilan birga, AQSHda jami musulmonlar sonini aniqlashda ba’zi tafovutlar mavjudligini ham ta’kidlash zarur. Buning asosiy sababi - ba’zi diniy tashkilotlarning o‘z izdoshlari sonini ko‘paytirib ko‘rsatishga harakat qilishidadir. Jumladan, AQSHdagi musulmonlai soni SHimoliy Amerika islom jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, 2000-yilda 7 million, Amerika oliy islom kengashi ta’kidlashicha 15 million, Britaniya Ensiklopediyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 4,1 million kishini tashkil qilgan.

Umuman olganda, musulmonlarning soni bo‘yicha tafovutlar barche mamlakatlarga xosligini ta’kidlash zarur. SHuning uchun ham, G‘arb dunyosi mamlakatlarida musulmonlarning soni haqida yuqorida qayd etilgan raqamlar taxminiy ekanini qayd etish lozim. Buni oxirgi ma’lumotlarda AQSHdagi musulmonlar sonining 9,7 million kish deb ko‘rsatilishi ham tasdiqlaydi.

Jug‘rofiy va etnomadaniy tavsiflari haqida gap ketganda, ma’lumotlarda amerikalik musulmonlarning 26,2 foizini arablar, 26,2 foizini arab bo‘lmaganlar (turk, eron va boshqalar), 23,8 foizini afroamerikaliklar. 24,7 foizini Janubiy Osiyoliklar, 6,4 foizini SHarqiy Osiyoliklar, 11,6 foizini boshqa mintaqalardan ko‘chib kelganlar tashkil qilishi qayd etilishini ta’kidlash zarur.

AQSH musulmonlarining mamlakat hayotidagi o‘rni va mavqei mustahkamlanib borayotganini ularning umumiy ma’lumot darajasi o‘sib. moddiy-moliyaviy ahvoli yaxshilanib borayotganida ham ko‘rish mumkin, Manbalarda ularning 44 foizi oliy, 32 foizi tugallanmagan oliy ma’lumotga egaligi, 52 foizi o‘zini o‘rta sinfga mansub, 28 foizi esa boy deb hisoblashi ham buni tasdiqlaydi.

Amerika jamiyatida musulmonlar soni va mavqeining ortib borayotganini Ramazon ro‘zasining ijtimoiy hodisaga aylanganida ham ko‘rish mumkin. 1990-yillar oxirida Kongress, Pentagon va Davlat departamenti xodimlari «iftorlik»lar uyushtirishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsalar, 1996-yilda ilk bor «Iyd al-Fitr» bayram tadbiri o‘tkazilishi orqali bunday an’ana Oq uyga ham o‘tdi.

1998-yilda Dengiz qurolli kuchlarining Norfolkdagi bazasida harbiylar uchun birinchi masjid ochildi. Hozirda AQSHda 1250 ta masjid, 300 dan ortiq islom markazlari va jamiyatlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

1990-yillarning yarmida gumanitar fanlar bilan bir qatorda arab till, islom ta’limoti o‘qitiladigan musulmon maktablari paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda bunday maktablar Amerikada ommaviylashib ketdi va ularning soni 1000 taga etdi. Mutaxassislar fikricha, buning sababi ota-onalar farzandlari islom ta’limini olishlari bilan bir qatorda, «ko‘cha»ning salbiy ta’siri (chekish, ichish va boshqalar)dan xoli bo‘lishlarini istaydilar. Ayni paytda, bu jarayonda musulmonlar avvalgi davrlardagidan farqli ravishda masjidlar qurishga emas, balki maktablar ochishga asosiy e’tibor qaratayotganlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amerikada islomning tarqalishi o‘ziga xos hodisalarni keltirib chiqarganini ham ta’kidlash zarur. Islomni o‘z maikuralariga aylantirib olgan (Xudo avval oliy irq bo‘lmish qora tanlilarni yaratgan, Iso va Muhammad ham qora tanli bo‘lganlar va h.k.) qora tanli irqchi guruhlarning paydo bo‘lgani bunga misol bo‘ia oladi. XX asrning boshlarida shakllangan bunday qarashlar va unga asoslanib faoliyat olib boradigan guruhlar hozirda o‘z safida 100 mingdan ortiq kishini birlashtirganini alohida qayd etish lozim.

Bugungi kunda mamlakatda musulmonlarni birlashtirib turadigan «AQSH va Kanadaning islom assotsiatsiyalari federatsiyasi», «AQSH va Kanadaning musulmon studentlari assotsiatsiyasi», «Amerika Oliy Islom kengashi», «Amerika musulmon yordami» kabi o‘nlab tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

AQSHda musulmonlar sonining ortishi, ma’rifiy islomning rivoji barobarida islom niqobi ostida harakat qilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar ham asta-sekin bo‘lsa-da, tarqala boshlaganini ham ta’kidlash zarur.

Ayni paytda, «al-Qoida», «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi qator diniy ekstremistik tashkilotlar AQSHdagi musulmon tashkilotlariga o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida faoliyat oiib bormoqdalar. 2001-yil 11-sentyabr voqealari ham ular bu sohada muayyan natijalarga erishganliklarini ko‘rsatib berdi.



Evropada islomning tarqalishi haqida gap ketar ekan, eng avvalo quyidagilarni nazarda tutish lozim. Birinchidan, ushbu qit’aga birinchi musulmonlar 711 -yilda Tariq ibn Ziyod davrida kelgan edilar. Taxminan 800 yil davomida Ispaniya musulmon mamlakati bo‘lib keldi. XVII asrga kelib inkvizitsiya oqibatlari va majburan katoliklikka o‘tkazilishi natijasida musulmon jamoalari ma’lum miqdorda barham topdi. Ikkinchidan, albanlar, bolgarlar (pomaklar), makedoniyaliklar (torbeshlar), bosniyaliklar kabi Evropada azaldan yashab kelayotgan xaiqlar islomga e’tiqod qilib keladilar.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, islomning hozirgi davrda Evropaga kirib kelishi haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish