O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet93/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

1-savolning bayoni: Markaziy Osiyoning geosiyosiy, geoiqtisodiy, geostrategik xususiyatlari va O‘zbekiston. Markaziy Osiyo iqtisodiy jihatdan ham ulkan zahiralarga ega ekani ma’lum. Mintaqaning iqtisodiy salohiyati uning geosiyosiy ahamiyatini belgilovchi eng muhim omillardan hisoblanadi. SHu tufayli mintaqa iqtisodiy salohiyatining geosiyosiy ta’sir doirasiga tortilishi mumkin bo‘lgan jihatlariga nazar tashlash joiz.

Ma’lumki, “manfaatlar to‘qnashuvi” ancha yillar mobaynida Afg‘oniston hududida ro‘y berib keldi. Endilikda so‘z bu to‘qnashuv sahnasining Kaspiy atrofi yoki mintaqaning boshqa hududlariga ko‘chish ehtimoli haqida bormoqda. Markaziy Osiyoda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni AQSHning taniqli tadqiqotchilaridan biri – Z.Bzejinskiy “Buyuk shaxmat taxtasi” asarida o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Uning yozishicha, 1993-2015 yillar oralig‘ida dunyoda energetika zahiralariga bo‘lgan ehtiyoj 50 foizga ko‘tarilishi kutilgan. Shu nuqtai nazardan yangi-yangi energetika zahiralarini izlab topishga bo‘lgan ehtiyoj etakchi davlatlarni ushbu zahiralarga boy hududlar tomon, xususan Markaziy Osiyo tomon chorlashi aniq. Tabiiy zahiralarga boy va ayni paytda millatlararo munosabatlar, tarixiy hududlar masalalari jihatdan notinch bo‘lgan mintaqada millatlararo, hududiy negizda turli nizolarni keltirib chiqarishga urinishlar bo‘lishi mumkin.1

Ma’lumki, mintaqa ulkan xom ashyo zahirasiga ega. Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonda aniqlangan neft zahiralari er yuzidagi butun zahiralarning taxminan 2,7 foizini, gaz zahiralari esa 7 foizini tashkil etar ekan. Turkmanistonda gazning ulkan zahiralari aniqlangan2. O‘zbekistonda 1 trln. AQSH dollari miqdorida neft va gaz zahiralari mavjudligi aniqlangan3.

O‘zbekiston oltin zahiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan davlat hisoblanadi, ishlab chiqarish bo‘yicha esa 7 o‘rinni egallaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda boshqa nodir metallarning yirik zahiralari mavjud4.

Yer qa’ridagi temir rudasi zahiralarining 8% Qozog‘iston hududiga to‘g‘ri keladi5.

O‘zbekiston va Tojikistonda yirik uran rudasi konlari mavjud. Masalan O‘zbekiston uran qazib chiqarish bo‘yicha er yuzida 7 o‘rinda turadi6.

Paxta ham Markaziy Osiyoning katta boyligi hisoblanadi. Masalan, mintaqa bo‘yicha 1995 yilda terib olingan 5,9 mln. tonna paxta butun MDH hududida terilgan paxtaning 96%ni tashkil etadi. O‘zbekiston paxta etishtirish bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni, uni eskport qilish bo‘yicha esa 2-o‘rinni egallaydi7.

Ana shunday ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining jo‘g‘rofiy jihatdan noqulay shart-sharoiti, aniqrog‘i, energetik zahiralarning iste’mol bozoridan uzoqda joylashgani hamda ushbu bozorga chiqish yo‘llarining murakkab geosiyosiy xarakteri tufayli mavjud geostrategik salohiyatdan foydalanish imkoniyatlari cheklangan. Markaziy Osiyodagi davlatlarning birortasi ham ochiq dengizga chiqish yo‘llariga ega emas.

Boshqacha aytganda, hozirgacha Markaziy Osiyoga asosan havo yo‘llari orqaligina bemalol kirish mumkin. Mintaqaning Xitoy, Hindiston, Eron va Rossiya o‘rtasida joylashgani etakchi davlatlarning ushbu hudud markaziga yo‘nalish uchun o‘ziga xos murakkabliklar tug‘diradi. Chunki tabiiy zahiralardan foydalanish, neft va gaz quvurlarini biror bir yo‘nalish orqali ochiq dengiz portlariga olib chiqish uchun bir nechta davlat hududidan o‘tish va buning uchun etakchi transmilliy kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, bunday loyihalar etakchi davlatlar manfaatlarining to‘qnashuviga olib kelmagan taqdirdagina kutilgan samara berishi mumkin.

Ma’lumki, dunyodagi eng yirik neft va gaz zahiralari Kaspiy dengizi tubi va atrofida, ayniqsa, Tengiz va Qorachig‘anoq konlarida joylashgan. Shu bois dunyodagi etakchi davlatlar bir necha yillardan buyon Kaspiy dengizi ostidagi neft zahiralarini o‘zlashtirish uchun keskin kurash olib borayotgani mintaqa atrofida turli “siyosiy o‘yin”lar uyushtirayotgani bu hududdagi vaziyatni izdan chiqarmoqda. Avval boshda Kaspiyning xalqaro mavqei muammosi paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq uning “dengiz” yoki “ko‘l” ekanligini qaytadan belgilab olish masalasi ko‘tarildi. Undan keyin Kaspiy neft zahiralaridan o‘zaro foydalanish bo‘yicha Qozog‘iston, Rossiya, Eron, Ozarbayjon va Turkmaniston o‘rtasida vujudga kelgan keskin vaziyat haligacha o‘z echimini topgani yo‘q. 2002 yil may oyida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan va muvaffaqiyatsiz yakun topgan Kaspiy bo‘yidagi to‘rt davlat rahbarlarining uchrashuvini misol tariqasida keltirish mumkin. Ma’lumki, Eron prezidenti tadbirlar tugamasidanoq Ozarbayjonni tark etgan, Rossiya prezidenti esa jurnalistlarga bergan intervyusida boshqa ishtirokchilarni “zaif muzokarachi”lar (“slabie peregovorshiki”), deya ta’riflagan edi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish