1-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga g‘arbiy Evropa va Amerika qit’asida faoliyat yuritayotgan xristian ekstremistik tashkilotlari va ularning maqsadlarini tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
- xristian ekstremizmiga baho beradi;
- xristian ekstremistik tashkilotlari faoliyatini izohlaydi;
- Evropa va Amerikadagi ekstremistik tashkilotlarni sanaydi.
1-asosiy savolning bayoni:
1972-yilning may va sentabr oylarida sodir bo‘lgan voqealardan keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yana o‘z e’tiborini qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi huquqiy aktlar ishlab chiqildi. O‘nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Qurolli to‘qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo‘llash xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga, xususan, 1949-yilda imzolangan Urush paytida oddiy fuqarolarni himoya qilish haqidagi Jeneva Konventsiyasiga, 1977-yilda qabul qiiingan Qo‘shimcha protokollar qoidalariga ko‘ra man etilgan.
Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifat jihatidan o‘sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «SHtern», «Irgun» (Isroil), «YAhudiylarni himoya qilish ligasi» (AQSH), «Tamil Ilam»ni ozod qiluvchi yo‘lbarslar», «Baader-Maynxof», «Qora internatsional», «Butun dunyo natsional-sotsialistik ittifoqi», «Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi» kabi uyushmalar ko‘pchilikka ma’lum edi. SHuningdek, hozirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruhlar mavjud. Jumladan, Evropada ham «Qizil brigadalar» (Italiya), «Qizil Armiya fraktsiyasi», «Jangari kommunistik guruhlar» (Belgiya), «Akson direkt» (Frantsiya), «ETA» (Ispaniya) kabi ko‘p sonli terrorchilik uyushmalari faoliyat olib bormoqda.
Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki katta miqdorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda ham amalga oshirila boshlaganini ta’kidlash zarur. Natijada, nafaqat xalqaro muhofazadan foydalanuvchilar, balki oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ra boshladi, Ularga, aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar, metro bekatlari, restoran va ibodatxonalarda amalga oshirilgan portlatishlarni kiritish mumkin.
Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Jumladan, BMT huzurida xalqaro terrorizm bo‘yicha tashkil etilgan Maxsus qo‘mita terrorizm sabablarini o‘rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |