Oksitosin - bachadon va sut bezlarining silliq muskul tolalarini qisqartirish xususiyatiga ega.
Gipofizning keyingi qismidan ajraladigan gormonlarning kimyoviy tarkibi o’rganilgan. Jumladan, oksitosin va vazopressin 8 ta aminokislota va uch molekula ammiakdan tuzilgan Bu gormonlarning 6 ta aminokislotasi bir xil bo’lib, ikkitasi bir-biridan farq qiladi (oksitoinda - leysin va izoleysin, vazopressinda esa fenilalanin va arginin bor). Bu gormonlar sun’iy yo’l bilan sintezlanib olingan.
Gipofizning sekretsiyasi, ya’ni undan gormonlar ajralishi organizmning holatiga, tashqi muhitning o’zgarishiga ko’p bog’liq. Ekstero va interoreseptorning turli yo’l bilan ta’sirlanib qo’zg’alishi gipotalamus orqali gipofizga uzatiladi. Gipofizning barcha qismlari bilan gipotalamus o’rtasida chambarchas bog’lanish mavjud. Yuqorida aytilganidek, gipotalamusning suprooptik va paraventrikulyar yadrolarida hosil bo’ladigan sekretlar alohida yo’llar orqali gipofizning keyingi qismiga o’tadi va u yerdagi maxsus terining tanachalarida yig’iladi. So’nqra keladigan nerv impulslarining soni va kuchiga yarasha qonga chiqarilib turiladi. Shuningdek gipofizning oldingi va oraliq qismlari ham nerv va qon orqali gipotalamus bilan bog’langandir. Gipofizning oyoqchasini kesib gipotalamus bilan aloqasini uzsak, gipofizdan follikulalarni stimullovchi, lyuteinlovchi, somatrop, tireotrop, adrenokortikotrop gormonlar ishlanib chiqishi ma’lum vaqt to’xtab, melanofor gormoni sekretsiyasi kuchayadi. Gipotalamusning turli yadrolari gipofiz faoliyatiga turlicha ta’sir ko’rsatadi, ya’ni alohida olingan gormonning gipofizdan ishlanib chiqishi gipotalamusning muayyan, neyrosekretiga bog’liq. Keyingi paytlarda adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, somatotrop gormonlarining gipofizdan ishlanib, qonga chiqarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi moddalar - omillar gipotalamus to’qimasidan olindi.Organizmdagi boshqa endokrin bezlarning gormonlari ham gipofizning faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri va nerv faoliyati vazifasi bilan ta’sir qiladi.
Jinsiy bezlar urug’ yoki tuxum hujayralarini etkazib berishdan tashqari, bir qator gormonlarni ishlab qonga chiqarib turadi. Jinsiy gormonlar jinsiy apparat funksiyasini hamma tomonlariga, organizmning umumiy holatiga, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo’lishi va boshqa bir qator jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi. Urug’donlarda erkaklik, tuxumdonlarda urg’ochilik jinsiy gormonlari hosil bo’ladi.
Erkaklik jinsiy gormonlari yoki androgenlar jumlasiga testosteron, androsteron, izoandrosteron, degidroandrosteron va boshqalar kiradi. Bu gormonlarning ichida eng faoli testosterondir. U urug’donlardagi Leydig hujayralarida ishlanadi. Erkaklik jinsiy gormonlarining ishlanishida Sertoli hujayralari ham ishtirok esa kerak. Urug’donlarning ichki sekretorlik faoliyati ulardagi spermatogenez jarayoni bilan chambarchas bog’liq. A.V.Nemlonning fikricha, erkaklik jinsiy gormonlarining hosil bo’lishi Sertoli simplastida spermatozoidlar ishlanib chiqishiga aloqador. Spermatozoidlarning hosil bo’lishi qancha tez kechsa, Sertoli hujayralarining protoplazmasi ham shuncha tez parchalanadi va shuncha ko’p jinsiy gormonlar hosil bo’lib, qonga chiqariladi. Testosterondan tashqari barcha androgenlar shu gormon organizmda almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlardir.
Plasenta juda mihim ichki sekretor organ bo’lib hisoblanadi. Plasentada bo’g’ozlikning mutadil kechishi uchun zarur gormonlar, jumladan, progesteron gormoni hosil bo’lib turadi. Plasentaning xorionida esa gonadotropin gormoni ishlanib chiqiladi. Plasentada shuningdek, estrogenlar, androgenlar, glyukokortikoidlar, oksitosin, melanofor va o’zining fiziologok ta’siri jihatidan somatotrop, tireotrop, andrenokortikotrop gormonlariga o’xshab ketadigan gormonlar sintezlanishi keyingi paytlarda aniqlandi. Relaksin tug’ish aktida, bachadon muskulining qisqarishida katta ahamiyatga egadir
Bu bez bosh miyada to’rt do’mboqchasining yuqori domboqchalari orasida joylashgan bo’lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal qismiga tutashgandir. Bu bezning organizm uchun ahamiyati yaqin vaqtgacha ham noma’lum edi. Hozir bu bezdan uch xil gormon: serotonin, melatonin va adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan.
Serotonin yoki S - oksitriptamin epifizdan tashqari bosh miya, ichaklarning devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko’ra epifizda ko’proq ishlanadi. Organizmda serotonin triptofan aminokislotasidan hosil bo’ladi. Serotonin arteriolalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon tomirlarining o’zi torayib, qon bosimi oshgan bo’lsa, serotonin ichak peristaltikasini, gipofizning keyingi qismidan qonga vazopressin chiqarilishini tezlashtiradi, antidiuretik xususiyati ham bor. Bir neyrondan ikkinchi neyronga impuslarni o’tkazish - mediator vazifasini ham o’taydi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan hosil bo’ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlar va odamning terisida bo’ladigan maxsus pigment hujayralariga faol ta’sir etadi. U o’zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi bo’lgani uchun terini oqartiradi. Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish jihatidan melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatining koptokchali zonasiga ta’sir etib, aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi.
Bu bezning mag’iz va po’stloq qavatlari bor. Po’stloq qavati retikulyar hujayralardan tashkil topgan bo’lsa, mag’iz qavati limfoid to’qimadan tashkil topgandir. Ayrisimon bez yosh bola va hayvonlarda kattaroq bo’ladi, organizmlar jinsiy yetilishi bilan bu bez rivojlanishdan to’xtaydi, atrofiyaga uchrab kichrayadi. Keyingi paytlarda bu bez, ayniqsa, spesifik immunitet hosil bo’lishida, ba’zi allergik reaksiyalarning yuzaga chiqishida katta ahamiyatga ega deb xisoblanmoqda. Gap shundaki, allergik reaksiyada, ya’ni oqsil va oqsilmas tabiatli yot moddalarga (allergenlarga) organizm sezuvchaligini kuchayishida ikki xil limfositlarning roli aniqlandi. Bu limfositlardan bir xilining ("B" limfositlarning) tovuqlar fabrisiy xalqasidagi limfoid to’qimada, shuningdek, odamlarning bachadon bezlarida, ichaklardagi limfoid to’qimalarda hosil bo’lishi aniqlandi. Ikkinchi xil limfositlar Timusda hosil bo’ladi. Bu limfositlar "T" limfositlar deb yuritiladi ("T"-timus so’zidan kelib chiqib, "T" limfositlar uch xil farqlanadi. "TK" killerlar fagositoz vazifani bajaradi. "TX"- xilperlar-killerlarga yordam beruvchilar va "TS" - supressorlar - killerlarga qarshi ko’rashuvchlar). "B" - limfositlar alergen bilan uchrashganida o’zidan antitanalar ajratadi va o’ta tez avj oladigan allergik reaksiyalarning yuzaga chiqishida hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi. "T" - limfositlar esa alergen bilan uchrashganida o’zidan antitana ajratmasdan, tegishli suyuqliklarni - omillarni ajratadi va bu omillar sekin avj oladigan allergik reaksiyalarning ro’yobga chiqishini ta’minlaydi.
GEP - tizimining inkretor funksiyasi. GEP - tizim deb gastro-entero-pankreotik tizimiga yoki ovqat hazm qilish tizimi organlariga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |