Standartlar, format (bichim) lar va asosiy yozuv.
Standart O'zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi (O'z KHYT) 17.11.2003-yilda qabul qilingan va O'z DSt 2.001:2003 deb belgilanadi.
Format (bichim) loiincha so'z bo'lib, shakllantirish degan ma'noni anglatadi. O'z DSt 2301 -ko'rsatmasiga muvofiq, hamma chizmalar ma'lum bichimdagi standanda joriv etilgan o'lchamdagi qog'ozga chiziladi. Standartda asosiy beshta - A4, A3, A2, Al va АО (2.2-chizma, a) bichim tasdiqlangan. Barcha bichimlar uchun o'lcham birligi sifatida o'lchamlari 210x297 mm bo'lgan A4 bichim qabul qilingan. Qolgan bichimlar A4 ning bir tomonini ikkiga, ikkala tomonini ham ikkiga va hokazo ko'paytirishdan hosil qilinadi.
Chizma bichimi hoshiyasi va asosiy yozuvi. O'z DSt 2401:2003 ko'rsatmasiga muvofiq, mashinasozlik ishlab chiqarish chizmalarida asosiy yozuvlar chizma qog'oz hoshiyasining pastki o'ng tomoni burchagida joylashtiriladi. Asosiy yozuvga chizmada tasvirlangan jismning nomi, chizma kim tomonidan va qachon chizilganligi, kim tomonidan tekshi-rilgani va qabul qilingani, chizilgan jismning materiali, masshtabi kabilar yoziladi.
Chizmani albom yoki kitob qilib tikish maqsadida uning hoshiyasi chizma qog'ozlarning chap tomonidan 20 mm, qolgan uchala tomonidan 5 mm dan joy qoldirilib chiziladi (2.2-chizma, b). 2.3-chizma, a da , o'quv chizmasining asosiy yozuvining o'lchamlari va shakli, 2.3-chizma, b da esa uning grafalarini toidirish tartibi ko'rsatilgan.
Chizma masshtablari. Texnikada juda mayda detallar yoki juda katta, masalan, paxta terish kombaynining bunked, uylar, ko'prik kabilardan foydalaniladi. Ular juda katta o'lchamlarga ega. Lekin ularni chizmada haqiqiy kattaligida chizib bo'lmaydi. Chizma qog'oziga sig'dirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni esa kattalashtirib chizishga to'g'ri keladi. Buning uchun chizma masshtablaridan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik o'lchamlari bilan buyumning mos uzunlik o'lchamlari o'rtasidagi nisbat chizma masshtabi deb aytiladi.
Ko'pincha narsalarning chizmalarini o'zining haqiqiy o'lchami, ya'ni haqiqiy ko'rinishida 1:1 (birga bir) masshtabda chizishga harakat qilinadi.
Masshtabda yozilgan sonlarga qarab chizma qanday chizilgani bilinadi. Detal ikki marta kichiklashtirib chizilgan bo'lsa, 1:2 (birga ikki) deb belgilanadi.
Detal ikki marta kattalashtirilib chizilgan bo'lsa, 2:1 (ikkiga bir) deb yoziladi. Shunday qilib, masshtabda kichik son birinchi bo'lib, masalan: 1:2,. 1:5, 1:10 ko'rinishlarda yozilsa, kichraytirish masshtabi, katta son birinchi bo'lib, masalan: 2:1, 5:1, 10:1 ko'rinishlarda yozilsa, kattalashtirish masshtabi. 1:1 ko'rinishda yozilsa, haqiqiy kattalikdagi masshtab deyiladi.
Oz DSt 2302:2003 tomonidan chizmalar chizishda quyidagi masshtablar belgilangan.
Kichraytirish masshtablari: 1:2. 1:2.5. 1:4, 1:5, 1:10, 1:15, 1:20, 1:25, 1:40, 1:50. 1:75, 1:100. 1:200. 1:400. 1:500, 1:800, 1:1000.
Haqiqiy kattalik masshtabi: 1:1.
Kattalashtirish masshtablari: 2:1. 2.5:1. 4:1, 5:1, 10:1, 20:1, 40:1, 50:1, 100:1 va hokazo.
Asosiy yozuvda masshtab uchun alohida ajratilgan grafaga M belgi qo'yilmay 1:1 yoki 1:2, yoki 2:1 va hokazo ko'rinishida yoziladi. Boshqa joylarga M harfi qo'shib yoziladi. Masalan. Ml:l yoki M2:l, yoki Ml:2 va hokazo ko'rinishida yoziladi.
2.4-chizmada qistirma har xil masshtablarda chizilgan. O'rtada haqiqiy kattaligida, ya'ni Ml:l da, chap tomonda ikki marta kichik, ya'ni Ml:2 da, o'ng tomonda ikki marta. katta, ya'ni M2:l masshtablarda ko'rsatilgan. Qanday masshtabda chizilishiga qaramay, chizmada uning haqiqiy kattalikdagi o'lchamlari qo'yilgan.
4.Darsni yakunlash va baholash: Oquvchilarga yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar berib, savol va topshiriqlarga javob berishda faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish tariqasida baholab boraman.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Chizmadagi ortiqcha va xato chiziqlar qanday o'chiriladi?
2.Masshtab nima? Masshtablar chizmada qanday ko'rinishda yoziladi?
3.A4 bichim qanday o'lchamlarga ega?
4.Hoshiya chiziqlari bichim chegaralaridan qanday masofada chiziladi?
5.Asosiy yozuv chizmaning qaysi burchagiga chiziladi? Unga nimalar yoziladi?
4.Darsni yakunlash va baholash: Oquvchilarga yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar berib, savol va topshiriqlarga javob berishda faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish
5.Uyga vazifa: Ikkita A4 bichim formatni ishga tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |