O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

Барсов Н.И. Реликвии//Христианство: Энциклопедический словар.
М., 1995. Т.2. 467. с.


G ‘arbiy Yevropa cherkovlaridagi to ‘plamlarda antik davr ustala- 
rining ijodiga mansub badiiy hunarmandchilik buyumlari sidqidildan 
asralgan, o ‘rta asr ustalari ulaming nusxalarini tayyorlashga layoqatli 
emas edi. 0 ‘rta asrlarda ularga nisbatan haqiqiy qiziqish mavjud edi, 
shu sababli ular bizgacha yetib kelgan.
Ibodatxonalardagi to ‘plam larda g ‘ayrioddiy m a’danlar, fil tish- 
lari, palma shoxlari, tuyaqush tuxumlari va dunyo tabiatining boshqa 
namunalari uchrardi. U lam i M uqaddas Yerdan “esdalik” sifatida 
asosan ziyoratchilar olib kelishgandi. Cherkovlar va rohibxonalar 
tarixiy arboblarga tegishli b o ‘lgan xotira ashyolarini ham asrardi. 
M asalan, m a’lumki, Kiyevdagi Muqaddas Sofiya ibodatxonasida, u 
1202-yilda qipchoqlar tom onidan talangunga qadar, birinchi knyaz- 
larning liboslari saqlanardi. Pskov yaqinidagi Pechora rohibxona- 
sidagi rizaxona rus shohlari Ivan IV va Boris Godunovlar shaxsan 
kundalik ishlatgan xotira ashyolaridan iborat to ‘plam bilan ajralib 
turardi. Reyms shahridagi kafedral sobor tarixiy yodgorliklam ing 
katta xazinasiga ega edi, bu yerda fransuz qirollarining toj. regali- 
yalari saqlanardi.
Cherkovlardagi 
xazinalarga 
ko‘pincha 
daydib 
yuruvchi 
xudojo'ylar tashrif buyurardi. Chunki ziyoratga borib turish o ‘rta 
asrlar madaniyatiga xos xususiyat edi. G ‘arb cherkovi mahalliy va 
xorijiy ziyoratgohlarga “qalbni tuzatish uchun” borib turishni shart 
qilib qo‘ygandi, XIII asrdan esa G ‘arbiy Yevropadagi dunyoviy sud- 
lar ham jinoyatchilam i kafforat sifatida ziyoratga borishga hukm qila 
boshladi. Yuqori martabali shaxslar uchun imtiyozlar berishga y o ‘l 
qo‘yilardi: ular o ‘z o ‘rinlariga xizmatchini yoki yollangan shaxsni yu- 
borishlari mumkin edi.
Sharqiy Yevropada, jum ladan, qadimgi Rusda ziyoratga borish 
odati nasroniylik qabul qilingan birinchi asrlardayoq urfga kirgan 
edi. Rus xudojo'ylari nafaqat o ‘z Vatanlaridagi “muqaddas joylar- 
ga” tashrif buyurishardi, balki Falastinga, Afonga, M o‘jizakor av- 
liyo N ikolayning qoq murdasi saqlanayotgan Italiyaning Bari shah- 
riga ziyoratga borishardi.


Tantanali ibodat kunlarida alohida e ’tiborga molik tabarruk ashyo- 
lar sajda qilish uchun namoyishga qo‘yilardi, xazinalardagi qimmatli 
diniy buyumlar ibodat marosimida ishlatilardi. San’at ahli qavm-ning 
ongi va tuyg‘ulariga katta ta’sir ko‘rsatardi. Ular yaratgan tasviriy 
timsoldan cherkov, shak-shubhasiz, badiiy ta’bni emas, balki nas- 
roniylik diyonatini tarbiyalash vositasi sifatida foydalanardi.
Tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlarining mafkuraviy va di- 
daktik funksiyasi uzoq vaqt ulaming estetik qiymatidan ustunlik qildi. 
Shunga qaramasdan, ibodatxonalar baribir xudojo‘y odamlarda este­
tik tuyg‘uning rivojlanishiga yordam berdi. Chunki diniy idishlar va 
interyerni bezatib turuvchi san’at asarlari, shak-shubhasiz, davming 
badiiy qarashlarini ifodalar edi.
Ibodatxonaning go‘zalligi va ichki pardozning uyg‘unligini qalb- 
dan o ‘tkazgan kishi ayni vaqtda “dunyoning tuzilishini” anglardi, 
chunki o ‘rta asrlar ibodatxonalarining arxitekturasi va tasviriy shakl- 
lari “savodsizlar uchun o ‘ziga xos bibliya” edi.
Gap shundaki, ramzlar bilan fikrlash o ‘rta asrlar mentalligining 
o ‘ziga xos qirralaridan biri edi. G ‘arb nasroniylik cherkovining ota- 
laridan biri Avgustin Blajenniy (354-430) dunyo belgi-ram zlardan 
va narsalardan iborat deb ta ’lim bergan edi. “Narsalar” - bu insonni 
o ‘rab turuvchi moddiy predmetlardir, ammo ular ayni vaqtda boshqa 
g‘ayritabiiy va muqaddas narsalami aks ettiruvchi belgilar hisobla- 
nadi. 0 ‘rta asrlardagi tushunchalarga ko‘ra, fikrlash - bu narsalaming 
pinhoniy sirini topish demakdir.
Ramziy fikrlash falsafani, teologiyani, tarixiy voqealami bayon 
qilishni va umuman, kelajak haqida fikrlashni ajratib turadi. Simvo- 
lika diniy va dunyoviy marosimlarga singib ketdi. Tabiat va san’atda, 
ayniqsa arxitekturada ramzlaming katta makoni ko‘rindi. Rang, y o i, 
shakl oliy ruhiy kategoriyalami anglatar va badiiy timsollaming mu- 
rakkab simvolikasini tashkil qilardi.
Ibodatxonaning har bir m e’moriy detali chuqur ramziy m a’noga 
yo‘g ‘rilgan edi. U olamning tuzilishi haqida, samoviy tartib haqida


tasavvur uyg‘otishi kerak edi. Soboming o ‘zi koinot, “Tangrining 
uyi”, gumbazlari esa osmon qubbasi, peshtoqi “samo darvozasi” sifa­
tida qabul qilinardi.
Ibodatxonada nasroniylik bilimlarining barcha tizimi mujassam- 
lashgandi, undagi haykaltaroshlik va rang-tasvir shukuhi inson o ‘z 
kundalik hayotida amal qilishi kerak bo‘lgan qarashlar va tushuncha- 
lami o ‘ziga qamrab olgandi. Shu bilan birga, ayrim haykallar, ikona- 
lar, kartinalar ularni o‘rab turgan muhit-makon bilan bog‘liq b o iib , 
ularni alohida holda tasavvur qilib bo‘lmasdi, aks holda ular chuqur 
ramziy m a’noni yo‘qotib qo‘yardi.
Muayyan konsepsiya asosida yaratilgan, m a’lum kodlashtiril- 
gan axborotni tashuvchi hamda inson ongi va tuyg‘ulariga ta’sir 
ko‘rsatuvchi bunday ibodatxonadagi makoniy-predmetli muhitni ay­
rim tadqiqotchilar muzey ekspozitsiyasining ilk ko‘rinishi (“prafor- 
masi”) deb hisoblashadi.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish