O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

Prado muzeyi xronologiyasi
1809-yil — rassomlik muzeyini ta ’sis 
etish bo‘yicha Jozef 
Bonapard qirollik farmonini chiqaradi.
1810-yil — Bonapard o ‘z farmoni bilan Plasio Bulnaviste sar- 
oyi-da rangtasvir galereyasini ta’sis etadi.
1811-yil — Prado deyarli bitkaziladi, ammo Xuan de V vafot 
etadi. Fransuz qo‘shini M adridni qo‘lga oladi va binoni otxonaga 
aylantiradi.
1818-yil — qirollik muzeyi tashkil topadi.
1819-yil — muzeyning rasman ochilishi marosimi Ferdinand 
VII tomonidan o ‘tkaziladi.
1838-yi — jang harakatlari tufayli Pradoga Madrid atrofidagi sa- 
roylardan kartinalar keltiriladi.
1869-yil — qirolicha Izabella II ning taxtdan tushirilishi bilan 
muzey xalq ixtiyoriga o ‘tgan.
1883— 1889-yillari — bino oxirigacha quriladi, yangi zallar 
qo‘shiladi.
1889-yil - gersoginya Pastranda muzeyga 200 ta kartina sovg‘a 
qiladi.
1915-yil — Pablo Bosx vafot etadi va vasiyatiga ko‘ra asarlari 
Pradoga o ‘tadi.
1980-yil — havo konditsionerlari qilingan birinchi zal ochildi.
1988-yil — qirolicha Sofiya san’at markazi ochildi, unga Pra- 
dodan ko‘plab ishlar berildi.
1990-yil - 3 tomli kartinalar nashri chiqdi.
1999-yil — muzeyni kengaytirish uchun birinchi bosqich prezen- 
tatsiyasi 5 ta binodan tashkil topdi.
2007-yil — muzeyning asosiy binosi qayta ta’mirlandi.
Prado muzeyi tarixi va durdonalari bilan tanishib, butun davr 
bilan to ‘qnashish mumkin. Filip V muzeyga 1500 ta polotno sovg‘a 
qilgan. Uning o ‘limidan so‘ng, Izabella o ‘z opasidan merosni sotib 
oladi va kartinalar ispan toji mulkiga aylanadi. Muzeyning 100 yilligi


nishonlanishi arafasida Dofin Kladdan 11 ta kubok o ‘g ‘rilangan, 
ular Filip V ga meros qolgan edi. Fuqarolik urushi davrida 
esa kolleksiya 1-qavatga ko‘chirilib, qum qoplar bilan yopib 
qo‘yilgan. Ayrim buyumlar Zenevaga olib ketilgan. Ikkinchi jahon 
urushi vaqtida ko‘p suratlar Madridga qaytgan. Urushdan so‘nggi 
inqiroz tugashi bilan muzey yana ochildi. XX asrda muzey fondin- 
ing ko‘payishi, uning ko‘rgazma zallarini kengayishiga olib keldi. 
Binoni orqa tomoniga hovlilar qilinib, tomi yopildi. 1971-yilda 
maydonni kengaytirish uchun Cansondel Buen Retiro uyi muzey hi- 
sobiga o ‘tdi. Shunday qo‘shimcha binolarga qaramay, muzey fon- 
dining bir qismi doimiy ekspozitsiyaga kirmaydi. Shuning uchun 
qo‘shimcha bino qurilgan. Shunday qilib, vaqtincha ekspozitsiyaga 
jo y ajratildi: restavratsiya ustaxonasi, auditoriyalar, kafe va ofis 
xonalari.
Prado muzeyining ispan rangtasviri kolleksiyasini dunyoning 
boshqa muzey kolleksiyalari bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Umu- 
man olganda, muzeyning 16ta zali italyan asarlari bilan to‘la. Prado 
bugun ham, avvalambor, badiiy maktablar, in’omlar bilan to‘la — ular 
ispan monaxlari injiqliklarini ifoda etadi.
Muzeyda Titsianning “Veneraga ta’zim” asari kishini o ‘ziga jalb 
qiladi. Rafaelning “Madonna baliq bilan” asari ham juda go‘zal ishlar- 
dan. El Greko asarlarini esa so‘z bilan ifodalash qiyin. Masalan, uning 
“Qo‘li ko‘ksidagi ritsar portreti” asari. Hech kim unda kim tasvirlan- 
ganligini bilmaydi. Balki bu rassomning avtoportreti degan taxminlar 
ham bor.
Velaskesning 50 ta kartinasi orasida eng ommabopi “Menini” kar- 
tinasidir, unda rangni va yorug‘likning ajoyib xususiyatlarini ko‘rish 
mumkin.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish