O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

2 Kiersten F.Latham. Foundations o f Museum studies: evolving system o f
knowledge. 2014. USA. 8 p.
3
Muzeums 101. Mark Walhimer. P rinted in the U nited States o f America.
2015. 7 p.
4
Kiersten F.Latham. Foundations o f Museum studies: evolving system o f
knowledge. 2014. USA. 12 p.


tashabbusi bilan Parijda asosan IKOM (International Council o f Muse­
ums) nomi bilan mashhur b o ig a n Muzeylar Xalqaro Tashkiloti tuzildi.
XX asr oxiriga kelib, IKOM imkoniyati chegaralangan odamlarga 
ko‘proq e ’tibor qarata boshladi. 1988-yilda Fransiyada YUNESKO 
fondi bilan hamkorlikda «Muzey va nogironlar» mavzusida birinchi 
xalqaro konferensiya uyushtirildi. Unda imkoniyatlari chegaralangan 
tomoshabinlar uchun alohida muzeyda nogironlar aravachasida be- 
malol yurish uchun zallar, yuqori qavatlarga ko‘tarilish uchun passa- 
jirlar lifti, maxsus tayyorlangan xodimlar turli nuqsonlari bor odam­
larga, y a’ni karlar va eshitish qobiliyati past b o ig a n tomoshabinlarga 
belgilar va harakatlar orqali ekskursiyalar o ‘tishi, ko‘rlar uchun pred- 
metlami his qilishni qo‘llash hamda Brayl shriftida axborotni taqdim 
etish va shunga o ‘xshash qator qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan.
1977-yilda Moskva shahrida o ‘tgan IKOM Bosh Assambleyasida 
Xalqaro muzeylar kunini nishonlash to ‘g ‘risida qaror qabul qilinadi. 
Qarorga muvofiq, 1977-yil 18-maydan buyon haryili Xalqaro muzey­
lar kuni nishonlanib, shu kuni butun jahonda muzey va galereyalarga 
kirish bepul b o ia d i5. Bayram tadbirlari bir kun yoki bir haftagacha 
davom etishi mumkin. Avvalambor, ulaming nuqtayi nazari quyidagi 
mohiyatga mos b o ‘lishi kerak: “Muzeylar insonlar o ‘rtasida tinchlik 
va hamkorlik, madaniyatni boyitish va hamjihatlikning rivojlanishida 
eng muhim madaniy aloqa vositasidir”.
Ushbu kunda barcha muzeylar bayramning bosh mavzusi bilan 
bog‘liq tadbirlami amalga oshiradilar. Xalqaro muzeylar kuni muzey 
xodimlarining doimiy tomoshabinlari bilan noana’naviy muhitda 
uchrashishlariga va yangi auditoriyani jalb qilish uchun ajoyib im- 
koniyatlami yaratadi. Buning natijasida muzeylar jam iyat hayotida 
o ‘z o ‘rinlariga ega bo‘ladilar.
1992-yilda ilk bor Xalqaro muzeylar kuniga “Muzeylar va atrof- 
muhit” nomli umumiy mavzu taklif etildi. 1997-yilda birinchi marta
5
Ключевые понятия музеологии / Сост. Andre Desvallees и Francois
Mairesse. - И К О М России, 2012. - 105 с.


Xalqaro muzeylar kunida madaniy merosni noqonuniy aylanmasiga 
qarshi kurashishga bag‘ishlangan rasmiy poster yaratildi6.
1997-yilda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademi- 
yasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy 
komissiyasi hamda muzey xodimlarining hamkorlikda olib borgan 
faoliyatlari natijasida 0 ‘zbekiston muzeylar Kengashi tuzildi va u 
1997- yil 17-iyunda YUNESKO tarkibida faoliyat yuritadigan Xalq­
aro muzeylar Kengashining Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Xalqaro 
muzeylar hamjamiyatining teng huquqli a ’zosiga aylandi.
Muzeylarni 
qoilab-quvvatlash 
Respublika 
“0 ‘zbekmuzey” 
jam g‘armasiga, 0 ‘zbekiston muzeylar Kengashining Xalqaro muzey­
lar Kengashi IKOMga a ’zo bo‘lganligi hisobga olinib, 0 ‘zbekiston 
muzeylari jamoatchilik Kengashiga har taraflama yordam ko‘rsatish 
vazifasi yuklatilgan7.
Asosan, muzey jamiyatga xizmat qilishi va uning rivojlanishiga 
yordam berishi kerak, degan m a’no qabul qilingan.
Xorijiy mutaxassislar fikricha, muzey - favqulodda ancha murak- 
kab tushuncha bo‘lib, unga tugal, munozarasiz va hammani qanoat- 
lantiradigan ta’rifni berish qiyin.
Ko‘pgina davlatlar qonunchilik yoki o ‘zlarining milliy tashkilot- 
lari doirasida muzey tushunchasini o ‘matishgan. 0 ‘zbekiston Res- 
publikasining “ Muzeylar to‘g ‘risida”gi Qonunida muzeyga quyi- 
dagicha ta’rif berilgan: “Muzey - muzey ashyolari va muzey kollek- 
siyalarini saqlash, o ‘rganish hamda ommaga namoyish etish uchun 
mulkdor tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi notijo- 
rat madaniyat muassasasi”8.
6
http://www.icom.museum/imd2012
10 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 1998-yil 5-martda
“M uzeylar faoliyatini qo'llab-quvvatlash masalalari t o ‘g ‘risid a ”gi Qarori. / /
Xalq so ‘zi, 1998-yil 6-mart.
8
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
“M uzeylar 
t o ‘g ‘risid a ”gi 
Qonuni,
O 'zbekiston Respublikasi qonurt hujjatlari to'plami, 2008-y., 37-38-son,
364-modda.


Bugungi kunda kengroq tan olingan professional muzey tushun- 
chasi M uzeylar Xalqaro kengashi (IKOM)ning 2007-yilda qabul 
qilingan Nizomiga binoan: “Muzey - bu inson va atrof-muhitning 
moddiy va nomoddiy dalillarini ta ’lim va m a’naviy hordiq chiqarish 
maqsadlarida to ‘plash, saqlash, tadqiqot va targ‘ibot qiluvchi ham- 
da omma uchun ochiq b o ig a n , jam iyat va uning taraqqiyoti uchun 
doimiy asosda faoliyat yurituvchi notijorat muassasa”. Bundan 30 yil 
oldin tasdiqlangan ta ’rifda esa: “Muzey - bu inson va atrof-muhitning 
moddiy dalillarini ta iim va m a’naviy xordiq chiqarish maqsadlarida 
to ‘plash, saqlash, tadqiqot va ta rg ib o t qiluvchi hamda omma uchun 
ochiq bo igan, jamiyat va uning taraqqiyoti uchun doimiy asosda faoli­
yat yurituvchi notijorat muassasa” (IKOM, Nizom, 1974)9.
Ushbu muzeyga berilgan ikki ta’rif o ‘rtasida bir qarashda farqini 
anglash qiyin. 2007-yilda tasdiqlangan Nizomdagi ta ’rifga “nomod­
diy meros” tushunchasi qo‘shilgan. Nomoddiy madaniy meros tus- 
hunchasi urf-odatlami, o ‘ziga xoslikni ifodalash shakllari, bilimlar 
va ko‘nikmalami, shuningdek, ular bilan b o g iiq jihozlar, predmetlar, 
artefaktlar va madaniy makonlami aks ettiradi, ular esa, o ‘z navba- 
tida, hamjamiyatlar, guruhlar, alohida holatlarda muayyan shaxs 
madaniy merosining bir qismi sifatida tan olinganligini anglatadi. 
Avloddan avlodga o ‘tib kelayotgan bunday nomoddiy madaniy me­
ros doimo muayyan hamjamiyatlar va guruhlar tomonidan ulaming 
atrof-muhitga, tabiatga va o ‘z tarixiga b o g iiq holda yaratiladi va bu 
ularda o ‘ziga xoslikni, vorislik tuyg‘usini shakllantiradi hamda shu 
bilan insoniyat ijodini va madaniy turli-tumanlikning hurmat qilini- 
shiga ko‘maklashadi10.
9
К лючевые понятия музеологии / Сост. Andre Desvallees и Francois
Mairesse.
-
ИК О М России. 2012. - 105 с.
1 0
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo ‘yicha xalqaro konvensiya
(15-oktyabr, 2003 yil). YUNESKO xalqaro m e ’yoriy hujjatlari./ О ‘zbekcha
nashrining m a ’sul muharriri L.Saidova./-Т.:
" .
A dolat”, 2004,298 b.



Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish