O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti


O ‘zbekiston-Chexiya m unosabatlari



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

O ‘zbekiston-Chexiya m unosabatlari. 
1993-yil imzolangan 
“Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy ham korlik to ‘g ‘risida” gi bi- 
tim ikki tomonlama savdo-iqtisodiy m unosabatlam i rivojlantirish 
uchun huquqiy asos yaratdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Pre- 
zidenti I.Karimovning 1997-yil yanvarda Chexiyaga qilgan tashri- 
fi ikki tomonlama m unosabatlam i rivojlantirishda muhim voqea 
b o id i. Tashrif c h o g id a bir qancha hujjatlar imzolandi. Bu hujjatlar 
orasida sarmoyalami o ‘zaro himoyalash va rag ‘batlantirish, tashqi 
iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi m uassasalar va milliy banklam ing 
hamkorligi to ‘g ‘risidagi hujjatlar alohida o ‘rin oldi. Chexiya Re­
spublikasi industrial mamlakat hisoblanadi. M amlakatdagi yetak- 
chi tarm oqlar — y o n ilg i, energetika, metallurgiya, mashinasozlik, 
kimyoviy, yengil va oziq-ovqat sanoati hisoblanadi.


Praga Milliy muzeyi
Praga shahrida joylashgan ushbu muzey eng yirik muzeylardan 
biri hisoblanadi. U o ‘zining rivojlanish bos-qichi davomida bir qancha 
davrlami bosib o‘tib, hozirgi kungacha yetib kelgan. Uning o‘ziga xos 
boy kolleksiyalari, doimo bu erga kelib turuvchi sayyohlaming qiziq- 
ishiga sabab bo‘lib, hayratini yanada ortishiga turtki bo‘ladi.
Pragadagi Milliy muzeyning bunyodga kelishi 1818-yillarda mam­
lakatning milliy uyg‘onish davriga to‘g ‘ri keladi. Muzeyning ilk tashki- 
lotchilaridan biri graf Kashpar Shtemberg bo‘lgan. Muzeyning tarixiy 
bo‘limini tarixchi va siyosatshunos Frantishek Palatskiy boshqargan. 
Uning tashabbusiga ko‘ra, 1824-yilda birinchilarda bo‘lib, chex tilida 
ilmiy maqolalar chop etila boshladi. Milliy muzeyning birinchi kutubx- 
onachisi bo‘lib filolog va shoir Vatslov Ganka tayinlangan. U birmun- 
cha taniqli va iqtidorli falsfaktor edi. Shu sababli uning “qo‘lyozmalari” 
muzey eksponatlari orasidan alohida o ‘rin olgan. Muzey kolleksiyalari 
tez o ‘sib bordi va haddan ziyod ko‘payib ketganligi sababli binoda joy 
borasida yetishmovchiliklar yuzaga kela boshladi. Shuning uchun ham 
bino maydonini biroz kengaytirishga to‘g ‘ri keldi. Chexiyadagi Milliy 
muzeyni qayta barpo etishga besh yil davomida vaqt sarflandi. Mil­
liy muzey binosi-ning balandligi 70 metmi va fasadining uzunligi 100 
metmi tashkil etadi. U 1885 — 1890-yillar oralig‘ida qurib bitkazilgan. 
Muzey binosining loyihasini Yozef Shultes tuzgan. Bino orqali Vaslavs- 
kiy maydoniga chiqiladi. Bu esa bino arxitekturasiga o ‘ziga xos chi- 
roy bag‘ishlaydi. B o‘rtib chiqqan gumbazga ega bo‘lgan bu mahobatli 
bino qadimgi “Konn darvozasi” o‘mida barpo etilgan bo‘lib, Chexi- 
ya aholisi uchun alohida ramz m a’nosini bildiradi. Binoning asosiy 
fasadi haykallar bilan bezatilgan ramka tomoshabinlaming e’tiborini 
tortadi. Taxtda o ‘tirgan “xudo” ning yonida yosh qiz ham joylashtiril- 
gan bo‘lib, u Vltava daryosining timsoli, qariya esa Elba daryosining 
timsoli hisoblanadi. Ona xudoning tepa qismida “ilm va san’at” xudol- 
ari joylashgan. Gumbaz ostidagi binoda Panteon ham joylashtirilgan.


U yerda bundan tashqari, chex madaniyatida o ‘ziga xos iz qoldirgan 
buyuk allomalaming byusti va haykallarining to‘plami ham mavjud. 
1912-yilda bino ro'parasiga Yozef Vasulav Mislbek tomonidan ish­
langan “Avliyo Vaslav” haykali o ‘matilgan. Binoning bezatilishida 
ko‘pgina iqtidorli va taniqli mo‘yqalam ustalari, haykaltaroshlar o ‘z 
hissalarini qo‘shganlar77.
1901-yil may oyida ushbu muzeyning ochilish marosimi bo‘lib 
o‘tdi. Chexiya Milliy muzeyining ajoyib maydoni taniqli haykaltarosh 
Lyudvig Shvantxamer tomonidan ishlangan takrorlanmas haykallar 
bilan bezatilgan. Muzeyning asosiy zali, o ‘ziga xos Panteonda, chex 
rassomlari, haykaltaroshlari va yozuvchilarining eng durdona asarlari, 
haykallari, bir qancha polotnolari to‘plangan b o iib , unda Chexiya- 
ning 16 ta qasri tasvirlangan suratlar bilan bezatilgan zinapoya bilan 
bog‘langan. XX asrda muzey kolleksiyalari birmuncha ko‘payib ket- 
gan. Chexiya Milliy muzeyi bo‘limlarga bo‘lingan va ulaming har biri 
uchun alohida zal tashkil etilgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Chexiya Milliy muzeyi binosiga 
ikkita bomba tushib, asosiy zalga va yana bir qator bo‘limlarga bir­
muncha talofat yetkazgan. Buning natijasida, ko‘pgina eksponatlarini 
evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. 1968-yilda muzey fasadi yana bom- 
bardiman qilindi.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish