Praga Milliy muzeyi
Praga shahrida joylashgan ushbu muzey eng yirik muzeylardan
biri hisoblanadi. U o ‘zining rivojlanish bos-qichi davomida bir qancha
davrlami bosib o‘tib, hozirgi kungacha yetib kelgan. Uning o‘ziga xos
boy
kolleksiyalari, doimo bu erga kelib turuvchi sayyohlaming qiziq-
ishiga sabab bo‘lib, hayratini yanada ortishiga turtki bo‘ladi.
Pragadagi Milliy muzeyning bunyodga kelishi 1818-yillarda mam
lakatning milliy uyg‘onish davriga to‘g ‘ri keladi. Muzeyning ilk tashki-
lotchilaridan biri graf Kashpar Shtemberg bo‘lgan. Muzeyning tarixiy
bo‘limini tarixchi va siyosatshunos Frantishek Palatskiy boshqargan.
Uning tashabbusiga ko‘ra, 1824-yilda birinchilarda bo‘lib, chex tilida
ilmiy maqolalar chop etila boshladi. Milliy muzeyning birinchi kutubx-
onachisi bo‘lib filolog va shoir Vatslov Ganka tayinlangan. U birmun-
cha taniqli va iqtidorli falsfaktor edi. Shu sababli uning “qo‘lyozmalari”
muzey eksponatlari orasidan alohida o ‘rin olgan. Muzey kolleksiyalari
tez o ‘sib bordi va haddan ziyod ko‘payib ketganligi
sababli binoda joy
borasida yetishmovchiliklar yuzaga kela boshladi. Shuning uchun ham
bino maydonini biroz kengaytirishga to‘g ‘ri keldi. Chexiyadagi Milliy
muzeyni qayta barpo etishga besh yil davomida vaqt sarflandi. Mil
liy muzey binosi-ning balandligi 70 metmi va fasadining uzunligi 100
metmi tashkil etadi. U 1885 — 1890-yillar oralig‘ida qurib bitkazilgan.
Muzey binosining loyihasini Yozef Shultes tuzgan. Bino orqali Vaslavs-
kiy maydoniga chiqiladi. Bu esa bino arxitekturasiga o ‘ziga xos chi-
roy bag‘ishlaydi. B o‘rtib chiqqan gumbazga ega bo‘lgan bu mahobatli
bino qadimgi “Konn darvozasi” o‘mida barpo etilgan bo‘lib, Chexi-
ya aholisi uchun alohida ramz m a’nosini bildiradi.
Binoning asosiy
fasadi haykallar bilan bezatilgan ramka tomoshabinlaming e’tiborini
tortadi. Taxtda o ‘tirgan “xudo” ning yonida yosh qiz ham joylashtiril-
gan bo‘lib, u Vltava daryosining timsoli, qariya esa Elba daryosining
timsoli hisoblanadi. Ona xudoning tepa qismida “ilm va san’at” xudol-
ari joylashgan. Gumbaz ostidagi binoda Panteon ham joylashtirilgan.
U yerda bundan tashqari, chex madaniyatida o ‘ziga
xos iz qoldirgan
buyuk allomalaming byusti va haykallarining to‘plami ham mavjud.
1912-yilda bino ro'parasiga Yozef Vasulav Mislbek tomonidan ish
langan “Avliyo Vaslav” haykali o ‘matilgan. Binoning bezatilishida
ko‘pgina iqtidorli va taniqli mo‘yqalam ustalari, haykaltaroshlar o ‘z
hissalarini qo‘shganlar77.
1901-yil may oyida ushbu muzeyning ochilish marosimi bo‘lib
o‘tdi. Chexiya Milliy muzeyining ajoyib maydoni taniqli haykaltarosh
Lyudvig Shvantxamer tomonidan ishlangan takrorlanmas haykallar
bilan bezatilgan.
Muzeyning asosiy zali, o ‘ziga xos Panteonda, chex
rassomlari, haykaltaroshlari va yozuvchilarining eng durdona asarlari,
haykallari, bir qancha polotnolari to‘plangan b o iib , unda Chexiya-
ning 16 ta qasri tasvirlangan suratlar bilan
bezatilgan zinapoya bilan
bog‘langan. XX asrda muzey kolleksiyalari birmuncha ko‘payib ket-
gan. Chexiya Milliy muzeyi bo‘limlarga bo‘lingan va ulaming har biri
uchun alohida zal tashkil etilgan.
Ikkinchi jahon urushi davrida Chexiya Milliy muzeyi binosiga
ikkita bomba tushib, asosiy zalga va yana bir qator bo‘limlarga bir
muncha talofat yetkazgan. Buning natijasida, ko‘pgina eksponatlarini
evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. 1968-yilda muzey fasadi yana bom-
bardiman qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: