O` zbekis t onrespublikas I



Download 5,63 Mb.
bet55/151
Sana03.12.2022
Hajmi5,63 Mb.
#878393
TuriУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151
Bog'liq
HAKAMLIK QILISH

Qo`llar harakati. Dastlab qo`llar cho`ziladi va panjalar yoni bilan birlashtiriladi, kaftlar pastga qaragan bo`ladi (4-rasm). So`ng qo`llar pastga va ikki yon tomonga kerilib harakat qiladi. Shu vaqtning o`zida kaftlar tashqariga qaratiladi va suzuvchi harakatiga perpendikulyar qilib suvni torta boshlaydi. Qo`llar bilan suv sathi oralig’idagi burchak taxminan 15-20° ga etganida ishchi harakat eng samarali holatga kelgan bo`ladi. Ya`ni qo`llar tirsak bug’imidan xiyol bukilib orqaga - pastga va yon tomonga harakat qilarkan, zarb bilan suvni panjalar yordamida orqaga itaradi. Bunda ularning oxirgi harakat nuqtasi qo`llar vertikal holatga yetgan payti bo`ladi. Shu bilan ishchi harakat kam tugaydi. Endi tayyorlanish harakati boshlanadi. Bunda kaftlar tana tomonga, ya`ni ichkariga burilar ekan, shu bilan bir vaqtda qo`llar tirsak bo`g’imidan taxminan 95-100°ga bukiladi. Keyin ular bukilishda davom etib tirsak pastga tushadi, panjalar esa yuqoriga ko`tarilib, ular bilan bir chiziqqa yetadi va oldinga cho`zilib ko`krak ostiga keladi. Shundan keyin kaftlar oldinga-orqaga, yuqoriga harakatlanib, qo`llar tirsakdan yozib yuboriladi va dastlabki holatga - ishchi harakatiga tayyorgarlik ko`radi. Shu bilan tayyorlanish harakati ham tugaydi, ya`ni ko`llar bir harakat tsiklini bajargan bo`ladi.
Nafas olish. Suzuvchi sportchi nafas olish uchun dastlab yelka kamarishi yuqoriga ko`tarishi kerak. Bu holat qo`llar bilan eshishni tugatish paytiga to`g’ri keladi. Xuddi shunda u og’iz ochib nafas oladi. Keyin yuzni suvga botirib bir ozdan keyin og’iz-burundan nafas chiqaradi.
Nafas olish va chiqarish musobaqa oxiriga qadar bir maromda, shu zaylda davom etishi lozim.
Oyoqlar harakati. Dastlabki holatda oyoqlar uzatib yuborilgan, bir-biriga birlashtirilgan, oyoqlar uchi ham cho`zilgan bo`ladi. Harakat boshlanishi bilan ikkala oyoq tizzadan va chanoq-son bo`g’imlaridan bukiladi. Shu paytning o`zida oyoqlar tizzadan ikki yon tomonga yelka kengligida keriladi va sal pastga
tushiriladi, oyoqlar panjasi esa (kafti) suv sathiga yetar-yetmas vaziyatda tanaga
tomon harakatlanadi va tashqariga buriladi. Shu harakat oxirgi nuqtasiga yetganida tayyorlanish harakati tugaydi. Bunda son bilan tana oralig’idagi burchak taxminan 125° atrofida, son bilan boldir burchagi 45-50° atrofida bo`ladi. Bir so`z bilan aytganda, tizzalar suv sathiga perpendikulyar holatga kelgan bo`ladi. Uni juda tez bajarish kerak. Aks holda uning suzuvchi harakatiga qarshiligi yana ham ortib ketadi.

Download 5,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish