O` zbekis t onrespublikas I



Download 5,63 Mb.
bet66/151
Sana03.12.2022
Hajmi5,63 Mb.
#878393
TuriУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151
Bog'liq
HAKAMLIK QILISH

«A» guruh «B» guruh
I guruh 1- o’rin I guruhdagi 2- o’rin II guruh 2 - o’rin II guruhdagi 1- o’rin III guruh 1 –o’rin III guruhdagi 2- o’rin IV guruh 2- o’rin IV guruhdagi 1- o’rin
«A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin
o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va
«B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3-4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday jadval bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak.
Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni aniqlash mumkin.

    1. Musobaqa nizomi

Sovrinli o’rinlar, shuningdek, musobaqada qatnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo’yicha hisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o’rinlar aniqlanadigan biron-bir rasmiy musobaqa o’tkazishdan avval musobaqa haqidagi nizom tuzilgan bo’lishi kerak. Bu nizom Futbol Assotsiyatsiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi boshqa biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Musobaqa nizomi katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Nizom o’quv- mashg’ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki jamoalarning tashkiliy- uslubiy tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rish uchun yetarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak.
Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur yetadi va keraksiz nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, xolos.
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:

  1. O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.

  2. Musobaqani kim o’tkazishi (assotsiyatsiya, tashkiliy komitet va hokazolar).

  3. Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.

  4. Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori.

  5. Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davralari – bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim).

  6. Hisobga olish tizimi va jamoalarning hamda jismoniy tarbiya jamoalarining (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi.

  7. Musobaqalarning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda, g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilgandan tashqari nechta o’yinchi almashtirish mumkinligi va hokazolar).

  8. Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati.

  9. Musobaqalarni olib boradigan hakamlar jamoasining nomi.

  10. O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni ko’rib chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini qarab chiqish tartibi.

  11. O’yinchilar intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda stadion va klublar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi.

  12. Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar.

  13. G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.

    1. Futbol qoidalariga eslatmalar

O’smirlar jamoasi (16 yoshgacha bo’lgan o’yinchilar), ayollar jamoasi va faxriylar jamoalari (35 yoshdan kata bo’lgan o’yinchilar) ishtirokidagi o’yinlarda futbol qoidalariga quyida keltirilgan o’zgartirishlar kiritilishi mumkin:

  • futbol maydoni hajmiga;

  • to’p og’irligi va materialiga;

  • darvoza balandligi va kengligiga;

  • o’yin vaqtiga;

  • o’yinchi almashtirish soniga.

Qolgan o’zgartirishlar faqatgina Xalqaro Kengash roziligi bilan amalga oshiriladi.
Erkaklar va ayollar
Futbol qoidalari matnida keltirilgan tushuntirishlar va aniqlashtirishlar hakamlar borasidagi shuningdek o’yinchilar va jamoa rahbarlar borasida masalalar erkaklarga tegishli bo’laganidek shu o’rinda ayollarga ham tegishlidir.

    1. Futbol o`yin qoidalari

Bizgacha yetib kelgan dastlabki qoidalar 1863-yil 26-oktyabr Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o`yinning 13 moddadan iborat bo`lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o`yinining asosi bo`lib qoldi. 1863-yili, 8-dekabrda bu qoidalar e`lon qilingan. Ular quyidagilardir:

  1. Maydonning bo`yi 200 yard (183m)dan, eni 100 yard (91,5m)dan oshmaydi. Maydonning burchaklariga bayroqchalar o`rnatiladi. Ustiga to`sin yotqizilmagan darvoza 8 yard (7,32m) oraliqda o`rnatilgan bo`lib, ikkita ustundan iborat.

  2. Kim qay tomondan o`ynashi qur`a tashlab hal qilinadi. Qur`ada yutqazgan jamoada maydon markaziga qo`yilgan to`pni tepib, o`yinni boshlab beradi. Ikkinchi jamoa o`yinchilari to`p tepilgunga qadar unga 10 yard (9,1m)dan yaqin kela olmaydilar.

  3. Darvozaga to`p urilgandan keyin, jamoalar tomonlarini almashtiradilar.

  4. To`p qo`lda uloqtirmay, qo`lda zarba berilmay yoki qo`lda ko`tarib kirilmay, ikkita ustun oralig`idan o`tsa, darvoza zabt etilgan hisoblanadi.

  5. Agar to`p yon chiziqdan tashqariga chiqib ketsa, unda hammadan avval tega olgan o`yinchi to`pni chiziqni kesib o`tgan joydan, chiziqqa nisbatan to`g`ri burchak hosil qiladigan yo`nalishda to`pni qo`lda maydonga tashlab beradi. To`pni yerga tekkan zahoti o`yinga kirgan hisoblanadi.

  6. O`yinchi zarba berayotgan paytda uning jamoasining zarba beruvchidan ko`ra raqib darvozasiga yaqinroq turgan hamma o`yinchilari o`yindan tashqari holatda hisoblanadi va ular to`pga tega olmaydilar yoki raqiblarga xalaqit bera olmaydilar.

  7. To`p darvoza chizig`idan tashqariga chiqib ketib, chiziqning narigi betida himoyalanayotgan jamoa o`yinchisi birinchi bo`lib unga tegsa, shu jamoada darvoza chizig`ining o`yinchi to`pga tekkan joy ro`parasidagi nuqtasidan to`p tepish huquqini oladi: bordi-yu hujum qilayotgan jamoa o`yinchisi to`pni birinchi tekkan joy ro`parasidagi nuqtasidan erkin to`p tepish huquqini oladi. Erkin to`p tepish paytida himoyadagi jamoa to to`p tepilgunga qadar darvoza chizig`idan tashqarisida turadi.

  8. Agar o`yinchi boshqa o`yinchi zarbasidan uchib kelayotgan to`pni bevosita qo`li bilan ilib olsa, shu holat ro`y bergan joyni belgilab olib, o`sha joydan erkin zarba berishi mumkin.

  9. O`yinchilar to`pni qo`llariga olib yugura olmaydilar.

  10. O`yinchilarni chalish va urish man etiladi, shuningdek o`yinchini qo`l bilan ushlab to`xtatib qolish yoki turtish man etiladi.

  11. To`pni qo`l bilan uzatish man etiladi.

  12. Maydon ichida to`pga qo`l tekkizish man etiladi.

  13. Temir va guttaperchadan qilingan joylari turtib chiqqan poyafzallarda o`ynash man etiladi.

Ko`rinib turibdiki, 1863-yildagi qoidalar hozirgi qoidalardan anchagina farq qiladi. Bu hozirgi kungacha futbol qonun-qoidalarini yillar o`tishi bilan o`zgarganligini ko`rsatadi.


    1. Download 5,63 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish