O` zbekis t onrespublikas I



Download 5,63 Mb.
bet57/151
Sana03.12.2022
Hajmi5,63 Mb.
#878393
TuriУчебник
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151
Bog'liq
HAKAMLIK QILISH

Qo`llar harakati. Yonboshlab suzishda qo`llar harakati hech qachon bir- biriga mos kelmaydi - biri bir xil harakat qilganida ikkinchisi ikkinchi xil harakatni bajaradi. Shu sababli ham bunda bir qo`l tayyorlanish harakatini boshlaganda, ikkinchi qo`l ishchi harakatni boshlaydi va h. k.
Yuqoridagi qo`lning tayyorlanish harakatini tasvirlaydigan bo`lsak, bunda uning dastlabki holati suvda, ya`ni tanadan songacha uzatilgan holatda bo`ladi. Tayyorlanish harakati esa quyidagicha kechadi: suvdan oldin yelka, bilak va keyin panja tirsakdan bukilgan holda chiqadi. So`ng qo`l tirsakdan yozilgan holda oldin panja, keyin bilak yelkadan oshib o`tarkan, to`g’rilanadi va oldinga iloji boricha uzatiladi. Shunday uzatiladiki, butun panja uchi, bilak, yelka kamari tana bilan oyoqlarning gorizontal holatiga to`ppa-to`g’ri bo`lib qoladi. Shundan keyin shu qo`l suvga botib borarkan, tirsakdan sal bukiladi. Qo`l holati bilan suv sathi oralig’ida taxminan 45° burchak hosil bo`lganida tayyorlanish harakati tugaydi.
Yuqoridagi qo`lning ishchi harakati boshlanish oldida hozir aytib o`tganimizdek, qo`l tanaga nisbatan perpendikulyar holatda turgan bo`ladi. Endi u tana bo`ylab oldindan orqaga harakat qilib ish bajarishi, ya`ni eshish harakatiga o`tishi lozim. Eshishning birinchi yarmidayoq tirsak burchagi sal yozilib taxminan 90° atrofida bo`ladi. Songa yaqinlashib qolganida esa u tamoman yozilib to`g’rilanib oladi. Binobarin, qo`l chanoq yonidan o`tayotganida bu bosqich ham tugaydi, demak, eshish harakati - ish bajarish oxiriga yetadi. Endi u tayyorlanish harakatiga ko`chadi va h. k.
Pastki qo`lning ishchi harakatida uning dastlabki holati suv ostida to`g’ri uzatilgan vaziyatda, kaft eshishga tayyorlanayotganday pastga qaragan bo`ladi. U harakatni, odatda, pastga-orqaga eshish bilan boshlaydi. Qo`l pastga harakat boshlaganida tirsakdan sal bukiladi. Ishchi harakatning o`rtalariga yetganida tirsak burchagi taxminan 100° atrofida bo`ladi. Qo`l yoy hosil qilib bo`lganida uning ishchi harakati tugagan bo`ladi.
Pastki qo`lning tayyorlanish harakatini mutaxassislar odatda ikki qismga bo`ladilar: qo`lning tanaga tomon harakati va oldinga tomon harakati. Qo`l tanaga tomon harakati boshlanganida u tirsak bo`g’imidan bukiladi, yelka tanaga olib kelinadi. Qo`l tirsakdan taxminan 40° atrofida bukilib, kaft tanaga qaragan paytda pastki qo`lning tayyorlanish harakatining birinchi qismi tugaydi. Keyin qo`l yozilarkan, oldinga uzatiladi va kaft pastga qaratiladi. Shu bilan uning ikkinchi qismi ham tugaydi.
Nafas olish. Suzishning bu usulida nafas olish va chiqarish ham o`ziga xos tarzda kechadi. Masalan, suzuvchi yuqoridagi qo`l bilan eshish harakatini tugallash oldida boshini suvdan chiqib turgan yelkasiga qaratadi, qo`li suvdan chiqib harakatining birinchi yarmiga kelganida nafas oladi. Keyin suzuvchi yuzini suvga botirib nafas chiqaradi va h. k. Keyingi nafas olish va chiqarishlar shu tariqa, davom etib boraveradi.

Download 5,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish