O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


oMchovsizlik  haqida»  asarlarida  bayon  qilingan



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

oMchovsizlik  haqida»  asarlarida  bayon  qilingan.

89



Jordano  Brunoning  falsafiy  qarashlari  Renessans  dialektika- 

sining  asoschisi  Nikolay  Kuzanskiy  va  Renessans  davri  Yevropa 

falsafasiga  sezilarli  ta’sir  o'tkazgan  italiyalik  taniqli  faylasuf  Ber­

nardino  Telezio  ta’limotlari  asosida  shakllandi.  Shuningdek,  Bruno 

tabiiy-ilmiy  qarashlarining  shakllanishida  Nikolay  Kopernik  as- 

tronomik  kashfiyotlarining  ta’siri  beqiyos  bo‘ldi.  U  o'zining  falsafiy 

fikr-mulohazalarida,  zamonasining  naturfilosofik  muammolarini 

bartaraf  etishga  katta  kuch  sarfladi.  Shuning  uchun  ham  uning 

falsafasida  oxirlab  qolgan  Renessans  davri  mutafakkirlarining  eng 

ilg‘or  g‘oyalari  mujassam  bo‘ldi.  Brunoning  fikriga  ko‘ra,  falsa- 

faning  asosiy  vazifasi  tabiat  ustida  turgan  Xudoning  yoki  narigi 

dunyoning  sirlarini  emas,  balki  tabiatning  o‘zini  o'rganishdan 

iborat  bo‘lmog‘i  zarur.  Shuning  uchun  ham  Bruno  falsafasidagi 

eng  asosiy  g‘oya  ilohiylik  va  tabiiylik,  moddiylik  va  ideallik,  tana 

va  ruhiyat,  aqliylik  va  hissiylik,  koinotdagi  va  yerdagi  hayotning 

aloqadorligi  muammolarini  aniqlab  berishga  qaratilgan.

Olam,  xususan,  tabiat  va  Xudo  orasidagi  o‘zaro  aloqadorlik 

muammolarini  Bruno  panteistik  pozitsiyadan  turib  hal  qilmoq- 

chi  bo‘ldi.  Lekin  uning  panteistik  pozitsiyasi  o‘tmishdoshlarinikiga 

qaraganda  nisbatan  tugallangan  edi.  Chunki  u  birinchidan  Xu­

doni  olamdan  ajratish  kayfiyatini  to ‘la  bartaraf  etishga,  Xudo 

bilan  olam  birligini  tushuntirib  berishga  harakat  qildi.  Xudo 

olamdan  tashqarida  yoki  uning  ustida  emas,  olamda  mavjud 

bo‘lgan  barcha  narsalar  bilan  birga  bo‘ladi,  degan  g‘oyani  ilgari 

surdi.  Ikkinchidan,  Bruno  tabiatning  ham,  Xudoning  ham  o‘ziga 

xos,  o‘ziga  mos  ibtidosi  bor,  lekin  shunday  bo‘lishiga  qaramas- 

dan  Xudo  bilan  tabiat  orasida  o‘xshashlik,  uyqashlik  alomatlari 

mavjud,  deb  tushuntiradi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  hamisha  hozir- 

javob,  cheksiz-chegarasiz  imkoniyatlarga  ega  bo‘lgan  Xudoning 

bir  butun,  yaxlit  bo‘lib  tovlanib,  turlicha  jilolanib  turishini 

imkoniyati  chegaralanmagan  universumga  tenglashtirish  mumkin 

boMadi.  Xuddi  shuning  uchun  ham  Xudo  imkoniyatlari  chek- 

lanmagan  yaxlit  ko'rinishda  namoyon  bo'ladi.  Bunday  fikr-mu- 

lohazalar  Bruno  panteizmi  naturfilosofik  xarakterda  ekanligidan 

dalolat  beradi.  Uchinchidan,  qadimgi  zamon  Yevropa  falsafasi 

namoyandalarining  (Parmenid,  Empedokl,  Demokrit,  Epikur, 

Lukretsiy)  mulohazalari,  shuningdek,  tabiatshunoslik  sohasidagi 

yangi  kashfiyotlar  ta’sirida  Bruno  Xudoni  nafaqat  tabiatga,  balki 

materiyaga  tenglashtiradi.  Bunday  holat  uning  panteizmi  tabiat-

90



shunoslik  yutuqlari  bilan  uyg‘unlashib  ketganligidan  dalolat  be- 

radi.


Xudoning  tabiat  va  materiyaga  yaqinlashishi  nuqtayi  nazari- 

dan  fikr-mulohaza  yuritgan  Jordano  Bruno  falsafaning  eng  dol- 

zarb  muammolaridan  biri  —  substansiya  muammosini  hal  qilish­

ga  kirishadi.  Uning  e’tirof  etishicha,  substansiya  moddiylikni  ifo- 

dalaydi,  materiyaning  dastlabki  ko‘rinishi  sifatida  namoyon  bo‘ladi. 

Materiyani  aristotelcha  sxolastik  talqin  qilishdan  farqli  o‘laroq, 

Bruno  substansiyani  materiyaning  turli  shakllaridan  emas,  balki 

uning  mazmunidan  izlaydi.  U  materiyani  narsa  va  hodisalardagi 

ilohiy  borliqdan,  uning  ibtidosini  esa  o‘zining  yaxlitligini  ta’minlab 

turgan,  barcha  ishlab  chiqarishga  qodir  bo‘lgan  narsalarning 

o‘zidan  izlash  zarur,  deydi.  Shuningdek,  Brunoning  e ’tirof 

etishicha,  ma’naviy  substrakt,  ya’ni  «Dunyoviy  jon»  borlig‘i,  u 

olamdagi  barcha  mavjudotlarga  taalluqli  ekanligini  qayd  etadi. 

«Dunyoviy  jon»,  Brunoning  fikriga  ko‘ra,  butun  olamni  va  undagi 

barcha  narsalarni  harakatga  keltiruvchi  prinsipdir.  Xuddi  shu 

prinsip  olamning  yaxlitligini,  uning  bir  butunligini,  hodisalar 

va  voqealar  orasidagi  uyg‘unlikni  va  maqsadga  muvofiqlikni 

ta ’minlaydi.  Shunday  qilib,  Brunoning  tushuntirishicha,  mater- 

iya  harakatlarining  asoslari  «Dunyoviy  jon»ga  borib  taqaladi. 

Materiya  harakatining  turlarini  faqat  Xudoning  o‘zi  almashti- 

rishga  qodir,  xolos.

Jordano  Brunoning  substansiya  to‘g‘risidagi  fikr-mulohazala- 

riga  yuzakiroq  qaralsa,  u  hali  neoplotonizm  ta’siridan  chiqa 

olgani  yo‘q,  degan  xulosaga  kelish  mumkin.  Lekin  sinchiklab, 

chuqurroq  tahlil  qilinsa,  Bruno  hech  qachon  «Dunyoviy  jon»ni 

moddiy  tanadan  ajratmaganligiga  ishonch  hosil  qilamiz.  «Dunyoviy 

jon»  bilan  insonning  moddiy  jismi,  ya’ni  tanasi  yaxlit  bir 

butunni  tashkil  etadi.  Ularning  asosida  qandaydir  bir  yagona 

substansiya  yotadi.  Unda  jismoniylik  va  ma’naviylik,  moddiylik  va 

ideallik,  imkoniyat  va  voqelik  mujassam  bo‘ladi.  «Biz,  —  deb 

yozadi  J.  Bruno,  —  ikkita  substansiyani  aniqlaymiz  —  bittasi 

ma’naviy,  boshqasi  jismoniy,  oxir-oqibatda  unisi  ham,  bunisi 

ham  yagona  borliqqa  va  yagona  ildizga  borib  taqaladi»1.  Xuddi 

o‘sha  oxirgi  yagona  substansiya  universumning  eng  chuqurdagi 

ibtidosidir.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish