d) Inson manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish,
huquqlarini himoyalash yo‘llari va vositalarini izlab topish
harakatining avj olishi
Renessans davri Yevropa falsafasining inson tomon keskin
burilishi, odamlarning ezgulik, yaxshilik haqidagi azaliy orzu-
umidlarini ushalishi uchun zamin yaratdi. Inson manfaatlari va
ehtiyojlarini, insoniy haq-huquqlarini ulug‘lash avj oldi. 0 ‘sha
davrda yashagan va ijod etgan mutafakkirlar inson manfaatlari
va ehtiyojlarini qondirishning, haq-huquqlarini himoya qilishning
eng muhim sharti — markazlashgan qudratli davlat bunyod
etishdir, degan g‘oyani olg‘a sura boshladilar. Davlatning mohi-
Do'stlaringiz bilan baham: |