O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


 Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/48
Sana17.11.2019
Hajmi1,51 Mb.
#26258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
uzbktarixi uzl


 

1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari 

 

Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish 



yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib 

bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo’jaligi 

va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo’g’ib, 

                               

1

 Karimov I.A. Asarlar, 7-tom, T. O’zbekiston, 1999 y., 139-bet. 



2

 Karimov I.A. Asarlar, 7-tom, T. O’zbekiston, 1999 y., 138-bet. 



 

38

to’g’onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. 



O’rgatilgan ishchi hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan erni 

haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko’proq mahsulotlar 

etishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini 

uzaytirdi, aholi son jihatdan ko’payib bordi. 

Urug’chilik munosabatlari ham o’zgarib boradi. Ikki urug’ a’zolaridan 

tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug’ 

jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug’ jamoalariga qarashli erlardan chek 

erlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug’ jamoasining umumiy xo’jaligi oilalar 

jamoasiga bo’linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham 

ataladi. 

 

 

«Avesto»da 

jamiyat 

tarkibining 

bo’linishi 

¾  «Nmana» - katta patriarxal oila 

¾  «Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo’lgan urug’ jamoasi 

¾  «Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan yirik 

qo’shni jamoa 

¾  «Zantu» - qabilalar uyushmasi 

¾  «Daxyu» - qabilalar ittifoqi  

  

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o’zida  oila jamoasi uchun 



diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo’lgan. Urug’ - qishloq 

oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig’i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi 

qo’lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo’lib, u jamoa faoliyatiga oid 

barcha masalalarni hal qilgan. Mo’’tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari 

jamoa a’zolari uchun majburiy hisoblangan. 

Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o’z xususiy 

mulkiga ega bo’lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab 

chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o’z navbatida mulkiy 

tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy 

boshliqlar, mo’’tabar shaxslar qo’lida to’plana bordi. Ular erning hosildor 

qismini egalladilar, ko’plab chorva mollariga ega bo’ldilar. Oqsoqollar oila 

jamoalari, urug’ va qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga 

etishtirgan hosillarining, chorva mollarining bir qismini berishga majbur etilgan. 

Oqsoqollar o’z iste’molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, 

kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. 

Qabilalar o’rtasida yaxshi er va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun 

urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik 

qilish uchun o’z harbiy yo’lboshchilarini saylaganlar. Urushda qo’lga kiritilgan 

o’ljaning ko’p qismi yo’lboshchiga hamda oqsoqolga berilgan. Shu tariqa, 

oqsoqollar va yo’lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo’lib, ularni 

zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik zodagonlar o’z o’g’illariga nafaqat 

boyligini, mulkini, shuningdek, o’z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. 

Zodagonlar jamoa, urug’ va qabilalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatganlar. 


 

39

Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishi asta-sekin ortiqcha 



mahsulotlarni ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib 

chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o’zlariga qulay sohasini tanlab 

oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik 

mustaqil xo’jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari 

dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan 

shug’ullanadilar. Ular o’rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik 

mahsulotlarini o’zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa o’z navbatida 

savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida 

bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar 

ayirboshlash yuz beradi, dastlabki shaharlar paydo bo’ladi. 



 

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari 

 

O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma 



tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, 

qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - 

qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, 

qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani 

oydinlashtirish, etarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, 

Rim mualliflaridan Gerodot, Gekatay, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning 

asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o’lkamizda keng 

ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G’ulomov,  S.Tolstov, V.Masson, 

A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida 

ahamiyatga molikdir.  

Arxeolog olimlarimizning so’ngggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan 

bo’lsak, O’zbekiston hududida bronza davridayoq, mil. avv. 2 minginchi yillik 

o’rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan. 

Yurtboshimiz I.Karimovning mana bu fikrlari ham o’zbek davlatchiligi 

tarixining o’q tomirlari olis davrlar qa’riga borib tutashishidan yaqqol dalolat 

beradi: «O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni 

Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, 

Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir 

qatorda turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va 

qadimiyligining tasdig’idir»

1



Barcha dalili ashyolar miloddan avvalgi so’nggi ming yillik boshlarida, 



aniqrog’i VIII-VII asrlarda Vatanimiz hududlarida 3 ta: Katta Xorazm, Baqtriya 

hamda saklar va massagetlar konfederatsiyasi shaklidagi dastlabki davlatlar 

shakllangan. Bu davlatlar o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tgan. Ayniqsa 

bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo’lganligi bilan ajralib turadi. 

«Katta Xorazm» «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo’lgan davlatlarning 

                               

1

 I.A.Karimov. Asarlar. T.6. T.: O’zbekiston, 1998, 375-bet. 



 

40

qadimgi sharq tipiga mansub edi. Saklar va massagetlarning konfederatsiyasi esa 



chorvador turlarning ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning 

harbiylashgan davlatidan iborat edi. 

 

Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Vatanimiz hududida shakllangan ilk 

davlat tuzilmalari 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Katta 



Xorazm 

 

 



Qadimgi 

Baqtriya 

 

 



 

 

 



 

 

 



Amudaryo quyi havzasidan 

Turkmaniston janubiga qadar; 

Shuningdek, O’rta Osiyoning 

Markaziy tumanlarini o’ziga 

birlashtirgan O’rta Osiyoning keng 

hududlarini o’z nazoratida tutgan 

qabilalar konfederatsiyasi  

O’zbekiston janubi. Janubiy-sharqiy 

O’rta Osiyoning katta hududlarini, 

jumladan, hozirgi Surxondaryo, 

Qashqadaryo, qisman Zarafshon, 

Amudaryo yuqori oqimi, shuningdek, 

Afg’oniston shimolini o’z nazoratida 

tutgan qabilalar konfederatsiyasi 

 

Xorazm davlati egallagan hududlar ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi 



Xorazm erlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya’ni Marv 

(Turkmaniston), Hirot (Afg’oniston shimoli) atroflariga qadar ham yoyilgan. 



Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli 

«Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga 

xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli 

bo’lgan shahar-qal’alar-Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar - 

bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Negaki, 

bu singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim 

o’zgarishlar davlat boshqaruvi yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin 

bo’lgan. Qadimshunos olim Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 

km uzunlikdagi, eni birnecha o’nlab metrdan iborat kanal o’zani, obod 

dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy 

maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da 

Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o’z hududiy chegaralariga ega bo’lgan 

o’lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. 

Gerodot ma’lumoticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod 

sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lli, sahroli erlarga suv 

chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot 

taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga 

ega bo’lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, suli, arpa, 

meva-sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l etishtirganligi qayd etib o’tiladi. 

Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan. 

Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning 



 

41

mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Bu ko’hna hudud bag’rida 



ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o’tib, saqlanib kelayotgan ko’plab 

asori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm 

vohasida hunarmandchilik, tog’-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu erdan qazib 

olingan qimmatbaho ma’danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatkichiga 

etganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.  

Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning 

tuya, ot, qo’y-echkilardan iborat ko’plab suruvlari bo’lgan. Savdo bozorlarida 

g’alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh 

qilingan. 

Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida 

ma’lumotlar hozirgacha etarli emas. Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy 

siyosiy sulolasi - Siyovushiylar bo’lganligi zikr etiladi. «Avesto»da 

ta’kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o’g’li bo’lgan. Siyovarshon o’limidan 

so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, hokimiyatni egallab 

Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos solgan deyiladi. 

O’rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati - Baqtriya podshohligi bo’lgan. 

Uning tarkibiga hozirgi O’zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, 

Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoli-sharqiy erlari kirgan.  

Baqtriyadagi ko’pdan-ko’p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo’lib, 

mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa 

devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan. 

Rim tarixchisi Kurtsiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra daryosi 

nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Umuman tarixiy 

ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, qadimgi davlatlar nomlari ko’pincha 

daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib chiqqan bo’ladi. 

Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qadimgi 

manbalarda tilga olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni 

birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi. 

«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan 

biri bo’lgan, baland bayroqli, go’zal o’lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr-

mulohazalar Baqtriya o’z davrining yirik davlatlaridan biri bo’lganligidan dalolat 

beradi. 


Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh vodiysi obi- hayotga 

mo’l-ko’lligi, unumdor erlari ko’p bo’lganligidan, bu hududda dehqonchilik 

madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog’dorchilik, mevachilik mahsulotlari 

etishtirishda omilkor bo’lgan. Qashqadaryo vohasining miloddan avvalgi VIII-

VII asrlarga oid Sangirtepa,  Yangitepa, Chiroqchitepa, Erqo’rg’on singari aholi 

manzilgohlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu joylarda o’troq turmush 

kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug’ullanganlar. Xuddi shunday 

fikrni So’g’diyona hududlariga nisbatan ham aytish mumkin. Qulay tabiiy-

jug’rofiy sharoitga ega bo’lgan Omonqo’ton, Gurdara, Qo’tirbuloq, Zirabuloq 

makonlarida yashagan aholining madaniy hayoti  ham ancha to’laqonli kechgan.  



 

42

Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko’plab miqdorda qazib 



olinib, ular tegishli ishlov berishdan so’ng yurt ehtiyoji uchun, qolaversa, xorijiy 

ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, 

Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-ehtiyoj katta bo’lgan. Baqtriyada 

qimmatbaho ma’danlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi bu yurtda maxsus 

hunarmandchilik turi - zargarlik, badiiy hunar tarmog’ining rivoj topishiga olib 

kelgan. Buni 1877 yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida 

topilgan  «Amudaryo xazinasi» topilmasi timsolida ham kuzatish mumkin. 

Topilmalar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi 

Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o’sganligidan dalolat beradi. Bu xazina 

aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti-Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga 

tegishli bo’lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan. 

 

 



Yurtimizdagi ilk davlat tuzilmalarida yashagan aholi mashg’uloti turlari 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Dehqonchilik va 

bog’dorchilik 

  Hunarmand-

chilik 

 

Chorvachilik 

 

Savdo-sotiq 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

   

 

   

 

   

 

   

 

 

 

Kulolchilik 

 

Metal ishlash 

 

Zargarlik 

 

To’qim

achilik 

 

Mo’ynado’zlik 

 

Yog’och ishlash 

 

Qadimgi Sharq va Old 

Osiyo mamlakatlari 

bilan uzviy aloqalar 

o’rnatiladi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur davlat tuzilmalarining taraqqiyoti ko’proq mahalliy aholining nisbatan 

yuksak rivojlangan qadimiy dehqonchilik madaniyatiga asoslangan edi. 

 

Shunday qilib, Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyosiy, ijtimoiy-



iqtisodiy, madaniy jarayonlar ajdodlarimizning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot 

yo’lidan ilgarilab borib, o’z davlatchilik tuzilmalarini vujudga keltirib, boshqaruv 

usullarini takomillashtirib borganligidan guvohlik beradi. Dehqonchilik, 

chorvachilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish 

qurollarining takomillashib borishi ulug’ bobokalonlarimiz o’lmas dahosi, 

salohiyatining yorqin ifodasidir. Bular O’zbekiston hududidagi dastlabki 

davlatchilik tarixiy tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida 

qimmatga egadir. 



 

 

43

3. «Avesto» - qadimgi tariximizni o’rganishda noyob manba 

 

O’z mazmuni, mohiyatiga ko’ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-



shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g’oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini 

bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning 

asl durdona asarlari sirasiga kiradi

1

. «Avesto» kitobi mil. av. so’nggi ming yillik 



boshlari va o’rtalarida yashagan hududimizdagi qadimgi xalqlarning o’ziga xos 

turmush tarzi, xo’jalik mashg’uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu, 

marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir.  

Yurtboshimiz uqtirganidek: «Eng mo’’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz 

«Avesto»ning yaratilganligiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan 30 asr 

muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan 

ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» 

ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk 

madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor 

eta olmaydi»

1

 . 


Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, 

bu noyob manba qachon, qaerda, kim tomonidan yaratilgan? Tarixiy manbalarni 

chuqur o’rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug’rofiy hududlar, 

yurtlar nomlarini, aholining mashg’ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn 

marosimlarini sinchiklab o’rganish bu buyuk ta’limotning haqiqiy Vatani O’rta 

Osiyo o’lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini tasdiqlamoqda. «Avesto»da tilga 

olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko’pchiligi ham O’rta Osiyoga 

taaluqlidir.  

«Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday 

deyiladi: «Men- Ahura Mazda – yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt – bu 

Doityo (Amu) daryosi xushmanzara Iyron Vij (hozirgi Xiva o’rnidagi qadimgi 

manzilgoh nomi) edi. Men -  Ahura Mazda – yaratgan ikkinchi sarzamin va 

go’zal yurt Sug’d diyori edi…. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin 

va go’zal yurt qudratli va pok Marv diyori edi…. Men - Ahura Mazda - yaratgan 

to’rtinchi sarzamin va go’zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi…. Men - Ahura 

Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go’zal yurt Balx va Marv oralig’idagi 

Nisoyadir»…

2

. Keltirilgan bu dalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz 



bo’lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta’limotining asoschisi, 

tarixga payg’ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, 

Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya 

etaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Zardusht o’z dini zardushtiylik g’oyalarini 

aholi o’rtasida tashviq-targ’ibot qilgan. Bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab 

kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo’lgan. Shu 

boisdan ham Zardusht Eronmi, Midiya, Mesopotomiyami yoxud O’rta Osiyo 

                               

1

 «Avesto» so’zi o’rnatilgan, qat’iy belgilangan qonun-qoidalar degan ma’noni bildiradi. 



1

 Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. 10-bet.  

2

 Avesto. T.: Sharq, 2001, 107-bet. 



 

44

o’lkasi bo’ylabmi, ishqilib ko’p yurtlar kezib, o’z ta’limotini yoyishga 



intilganligi shubhasiz. 

Bunda yana shu narsa e’tiborga molikki, Zardushtiylik (yunoncha 

zoroastrizm) dinini birinchilardan bo’lib qabul qilgan, uni o’z fuqarolari orasida 

yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir. 

Buyuk alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko’ra, Zardusht Baqtriya 

podshohi Gushtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta’limotining 

muqaddasligini isbot etish uchun xudoga iltijo qilib, o’z tanasiga qizdirilgan 

misni bosishlarini so’raydi. Olovli mis esa uning tanasini zararlamagach, 

Gushtasp va uning xotini, ulardan so’ng esa butun Baqtriya aholisi zardo’shtiylik 

e’tiqodini qabul qiladi.  

Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo’lgan. Abu Rayhon 

Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’kidlanishicha, 

Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to’liq holda 12 ming qora mol terisiga 

zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida 

uning buyrug’i bilan zardo’shtiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, 

muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq 

Parfiya podshohlari Vologez I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) 

«Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to’plangan. Sosoniylar davrida (III- IV 

asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga 

keltirilgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gohlar», «Yasna», 

«Vandidot», «Yashtlar», «Vispirad», «Kichik Avesto» nomli kitoblari etib 

kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u 

ilk bor o’zbek tiliga tarjima qilinib, 2001 yilda nashr etildi.   

«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya’ni mil. 

av. so’nggi ming yillik boshlarida o’lkamizning turli hududlarida yashagan 

elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqich sari o’tib 

borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona singari viloyatlarida 

urug’-qabilalarning o’troqlashuvi, sun’iy sug’orish tizimiga asoslangan 

dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, dehqonchilikdan 

chorvachilikning ajrab mustaqil xo’jalik tarmog’i sifatida o’sib borayotganligi, 

qishloqlardan shahar-qal’alar, so’ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining 

yuzaga kelishi yaqqol ko’zga tashlanmoqda edi.  

Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida shu turli urug’-qabila va 

elatlarni ma’nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg’or qarashlar, 

mushtaraklik tuyg’ularini, e’tiqod tamoyillarini singdirib borish g’oyatda muhim 

edi. 


 

 

45


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish