215-rasm. Tuxumdonning tuzilishi. Tuxum hujayraning yeti
lish bosqichlari:
1-fimbria ovarica; 2-sariq tana; 3-oqimtir tana; 4-tunica
albuginea; 5-cortex ovarii; 6-meddulla ovarii; 7-lig. ovarii proprium; 8-primor-
dial folikullalar; 9-birlamchi folikullalar; 10-ikkilamchi folikullalar; 11—
yetilgan
folikulla; 12-tuxum hujayra; 13-lig.suspensorium ovarii; 14-tuxum hujayraning
chiqishi.
Tuxum hujayra urugTanib,
homila hosil boTsa, sariq tana
kattalashib diametri 1 , 5 - 2 smga yetadi va
corpus luteum
graviditalis
deyiladi. U o ‘zidan sariq tana gormonini ishlab chiqarib,
homilaning o ‘sishida ishtirok etadi.
44
Yetilgan follikulaning ichida ayollar jinsiy hujayralari bo‘ladi.
Follikula pufakchalari tuxumdonning yuza qavatiga yaqinlashib
yoriladi va tuxum hujayra qorin bo ‘shlig‘iga
chiqib bachadon
nayi shokilalari yordamida bachadon nayining qorin bo ‘shlig‘iga
ochilgan teshigi orqali bachadon nayiga kiradi.
Yorilgan follikula o ‘m ida qon bilan toTa pufak qolib, sariq
tana
(corpus luteum )
hosil boTadi. Tuxum hujayra uru g ‘lanmasa
sariq tana kichrayib oqim tir tanaga
(corpus albicans)
aylanadi.
Follikulalar yorilib tuxum hujayra
chiqqan sari tuxumdon
kichrayib, yuzasi burishib qoladi.
Tuxumdon yangi tug‘ilgan qiz bolada silindr shaklida b o iad i.
Uning uzunligi 1,9 sm, kengligi 3 - 7 mm, qalinligi 2,5 mm va og‘ir-
ligi 0,16 g. Tuxumdon yuqori 5 - bel umurtqasi sohasida katta bel
mushagining oldingi yuzasida joylashgan. 3 - 5 yoshlarda tuxumdon
pastga tushib o ‘z o ‘qi atrofida aylanishi natijasida ko ‘ndalang holat-
ni oladi.
Bolalikning birinchi davri oxirida tuxumdon kichik chanoq
bo‘shlig‘iga tushib, doimiy joyini egallaydi.
Yangi tug‘ilgan va emizikli qiz bolalarda
tuxumdonning yuzasi
silliq, bir qavat pusht epiteliyi bilan qoplangan bo ‘ladi. Uning ostida
oqliq parda yotadi.
Yangi tug‘ilgan qiz bola tuxumdoni kesmasida tuxumdonning
po‘stloq moddasi keng, m ag‘iz moddasi yumshoq tuzilishga ega.
Unda qon tomirlar va biriktiruvchi to ‘qima ko‘p bo Tib, po‘stloq va
mag‘iz moddalari bir-biridan m a’lum bir chegara bilan ajralmagan
bo‘ladi.
Tuxumdonning po‘stloq moddasida 300 - 400
ming yetilmagan
follikulalar bor.
Emizikli davrda birlamchi follikulalar paydo b o iad i. Yoshga
qarab uning po ‘stloq moddasi yupqalashib, follikulalar soni
kamayadi va o ‘smirlik davrida har bir tuxumdonda
1 0
mingga yaqin
follikula qoladi.
Bu davrda tuxum hujayra birin-ketin yetila boshlaydi va birlamchi
follikulalar ikkilamchi - pufakli follikulalarga aylanadi.
Bu davrda
tuxumdon gormonlar ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormonlar
ta’sirida ayollaming jinsiy a ’zolari rivojlanadi va ikkilamchi jinsiy
belgilar paydo b o iad i.
0
‘smirlik davrida yetilgan follikulalaming shishishi va sariq
tananing hosil b o iish i bilan birga tuxumdon yuzasida g ‘adir-budurlik
paydo boiadi.
45