O z b e k is t o n r es p u b L i k a s I o liy


VI  bob.  T A ’LIM  MAZMUNI



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/158
Sana11.01.2022
Hajmi4,55 Mb.
#351125
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158
Bog'liq
hjacki 2119 pedagogika

VI  bob.  T A ’LIM  MAZMUNI
T A ’LIM   M A Z M U N I  H A Q ID A   T U S H U N C H A
T a ’limning 
mazmuni 
uning 
vazifalaridan 
kelib 
chiqadi. 
T a ’limning  mazmuni  ilmiy bilimlar, k o ‘nikma va malakalar tizimidir. 
0 ‘quvchi  ilmiy  bilim,  k o ‘nikma  va  malakalarni  egallash  jarayonida 
aqliy  va jism oniy  qobiliyatlarini  rivojlantiradi,  dunyoqarashi,  axloqi 
shakllanadi,  hayotga,  mehnatga  tayyorlanadi.  T a ’lim  mazmuniga 
insoniyat to ‘plagan  barcha  ijtimoiy tajribalar kiradi.  Uning  mazmuni, 
hajmi,  ijtimoiy  tuzumning  iqtisodiy  talab  va  ehtiyojlari,  fan-texnika 
taraqqiyoti  darajasi  bilan  belgilanadi.  Y a ’ni  uning  m azm uniga tabiat, 
jam iyat,  inson  va  uning  tafakkuri  haqidagi  bilimlar,  hozirgi  zamon 
fani, texnikasi,  madaniyati,  ishlab-chiqarishdagi  yangiliklar kiritiladi. 
T a ’limning  mazmuni  o ‘zgaruvchan,  u  doimo  yangilanib  turadi.
Bugungi  kunda  ta ’limning  mazmuni  0 ‘zbekiston  Respublika- 
sining  « T a ’lim  to ‘g ‘risida»gi  Qonuni  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi»da  belgilangan  vazifalardan  kelib  chiqadi.  T a ’lim  mazmuni 
jam iyat  umumiy  o ‘rta  t a ’lim  oldiga  q o ‘yayotgan  talab-buyurtma 
asosida  belgilanishi  kerak.  Y a ’ni  inson  nimani  bilishi,  o ‘rganishi, 
qanday  insoniy  fazilatlarga  ega  b o ‘lishi  haqidagi  savollarga  javob 
berishi  kerak.
T a ’lim  jarayoni  o ‘quvchilarda:  bilimdonlik,  mustaqil  fikrlash, 
ijodkorlik,  tirishqoqlik,  tashabbuskorlik,  ziyraklik,  intizomlilik, 
qiziquvchanlik  kabi  xislatlarni  shakllantiradi.  Tabiat, jam iyat,  inson 
va  uning  tafakkuriga  munosabati  ham  t a ’lim  mazmunini  belgilashga, 
t a ’lim  olishga  yordam  beradi.  0 ‘quvchi  o'z id a   shakllangan  muno-

57


sabatlarga  asoslanib  tevarak-atrofdagi  narsalarni,  voqealarni  baho- 
laydi;  oq-qorani  ajratadi,  ilmiy  va  g ‘ayriilmiy  hodisalaming  farqiga 
boradi.
T a ’lim  m azm unig a  kiritilgan  o ‘quv  materiali  yuqori  ilmiy  va 
amaliy a ham iyatga ega boMishi, t a ’lim jara y o n in in g  im koniyatlariga 
m os  boMishi  ( ta ’limni  tashkiliy  shakllari,  qonuniyatlar,  tamoyillari, 
usullari,  o ‘quvchilarning um u m iy   rivojlanishi  darajalariga,  m ak ta b ­
ning  o ‘quv-m eto d ik   ham da  moddiy  holati  hisobga  olinishi)  lozim.
Shuningdek,  t a ’lim  mazmunini  belgilashda  maktabda  o ‘qitila- 
digan  barcha  fanlarning  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  va  fanlararo  aloqa 
hisobga  olinishi  shart.
T a ’lim  m azm uni  ilmiy  asoslagan  DTS,  o ‘quv  rejalari,  dasturlari 
v a   darsliklarida  ifodalanadi.  Xususiy  metodika  nuqtayi  nazari 
b o ‘yicha  « ta’lim»  aynan  bir  o ‘quv  fani  asosida  o ‘qitish  va  o ‘qish 
faoliyatlarini  birgalikda  amalga  oshirishni  anglatadi.
Pedagogika  fani  nuqtayi  nazaridan  qaralganda  esa  « ta’lim» 
o ‘qituvchi  va  o ‘quvchi  t a ’sirining  majmuyi  boMib,  uning  natijasida 
o ‘quvchining  aqliy  salohiyati  (intellekti),  ruhiyatini  rivojlantirish 
m a ’nosini  bildiradi.
B ilim -ta b ia td a ,  jam iyatda,  inson  ongida  amal  qilinadigan 
qonuniyatlarning  turli  belgilar  (masalan,  yozuv)  vositasida  m oddiy- 
lashtirilgan k o ‘rinishidir. Bilimlar qarash, g ‘oya, t a ’rif, qoida, aniqlik, 
aksioma,  teorema,  omil  va  boshqa  shakllarda  beriladi.
T a ’lim  jarayoni  tarkibiga  k o ‘ra,  o ‘ta  murakkab  didaktik  ho- 
disadir.  A gar  bu  jaray o n ga  o ‘qituvchi  faoliyati  nuqtayi  nazaridan 
yondashsak,  « o ‘qitish  jarayoni»,  o ‘quvchilar  faoliyati  nuqtayi 
nazaridan,  esa  « o ‘quv jarayoni»  iboralari  ishlatiladi.
0 ‘qitish  eng  qadimiy  faoliyat  turlaridan  biridir.  U  mehnatning 
ijtimoiy taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. 
Kishilar  o ‘qituvchilik  kasbiga  m axsus  tayyorlanadi.
58


T a ’lim  m a ’lum  bosqichlar  asosida  amalga  oshiriladi:  o ‘rgani- 
ladigan  narsa-hodisalarni  bevosita  yoki  bilvosita  idrok  etish;  oldin 
o ‘rganilgan  bilimlarni  xotiraga,  y a ’ni  esga  tushirish;  bilimlarni 
amalda  q o ‘llash,  fikrlash,  ularning  umumiy  va  xususiy  alomatlarini 
ajratish.
Hozirgi  a n ’anaviy  m aktabda  asosiy  e ’tibor  bilimlarni  o ‘zlash- 
tirishga,  k o ‘nikma  va  malakalarni  shakllantirishga  qaratiladi.  Bu 
o ‘quv-tarbiyajarayonini tashkil etish tajribasining eng z a if tomonidir. 
M a ’lumot  m azm unining  barcha  elementlariga  rioya  qilib,  t a ’lim 
jarayonini  tashkil  etish  y o ‘li  bilangina  har  tom onlam a  rivojlangan 
yoshlarni yetishtirib chiqarish mumkin. T a ’limning asosiy mazmunini 
uning vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya 
bilan  b o g ‘liq  b o ‘lgan  vazifalar  kiradi.  Bu  vazifalar  ichiga  ilmiy  va 
texnikaviy  bilimlar,  ham da  ular  bilan  b o g ‘liq  boMgan  malaka  va 
k o ‘nikmalar  bilan  qurollantirish,  ajdodlarimiz  qoldirgan  tarixiy  va 
madaniy  qadriyatlarda  hayotning  m a ’nosi,  jam iyatda  insonning 
tugtan  o ‘mi,  t a ’lim-tarbiyasi,  odob-axloqi  haqidagi  hikmatli  fikrlar 
borki,  bular bugungi  xalq  ta ’limi  taraqqiyoti  uchun  va milliy  maktab 
yaratishi  borasida  yoshlarimizda  insonparvarlik,  poklik,  imon- 
e ’tiqod,  m u r u w a t,  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  millatlararo 
d o ‘stlik  munosabatlari,  qahramonlik,  mardlik  singari  tu y g ‘ularini 
tarbiyalaydi.
T a ’limni  standartlashtirish-insoniyatning  ijtimoiy  ongida  ro‘y 
bergan  tub  o ‘zgarishlar  tufayli  kelib  chiqqan  zaruratdir.  Chunki, 
axborotlar  almashinuvi  maksimal  chegaraga  yetgan  davrimizda 
dunyoning  bir  burchagida  yashayotgan  kishi  ikkinchi  qutbda  sodir 
b o ‘layotgan  voqealami  bilibgina  qolmay,  ularning  ne  boisdan 
aynan  shu  tarzda  ro ‘y  berganini  anglashi  va  his  qilishi  zarurdir.  Bir 
sayyorada  bir  vaqtda  yashab  turib,  bir-birini  tushunmaslik  b a ’zan 
insonlar  o ‘rtasidagi  munosabatlami  boshi  berk  k o ‘chaga  kiritib
59


q o ‘yishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  iqtisodiy  ahvoli  va  taraqqiyot 
darajasi  turlicha  boMgan  davlatlarda  yashovchi  barcha  kishilarning 
fikrlash  darajasini  iloji  boricha  bir  xil  holatga  keltirish  ehtiyoji 
paydo  b o ‘ldi.  Bu  holat  t a ’lim  standartlari  deb  atalmish  tushunchani 
yuzaga  chiqardi.
S t a n d a r t - t a ’limda  yaratilgan  m e ’yoriy  reja,  dastur,  darsliklarni 
o ‘zlashtirish  ekvivalenti,  y a ’ni  t a ’lim  mazmunini  o ‘zlashtirish 
darajasidir.  Standartni  ishlab  chiqishda  o ‘quvchini  haddan  tashqari 
z o ‘riqtirib  yubormaslik  talablariga  rioya  qilish,  y a ’ni  u  o ‘quvchi 
yoshiga  mos,  o ‘zlashtira  oladigan  darajada  boMishi  kerak.  Bunda 
albatta, ta ’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji  hisobga olinishi 
lozim.  T a ’lim  standartlarini  o ‘zlashtirishda shaxsga muhim  ahamiyat 
berilishi,  unga  yakka  tartibda  yondashilishi  m aqsadga  muvofiqdir. 
Standartlarni  o ‘quv  jarayoniga  tatbiq  etishdan  oldin  o ‘ta  puxtalik 
bilan  tajriba-sinovdan  o ‘tkaziladi  va  shu  asnoda  bosqichma-bosqich 
o ‘quv jarayoniga  kiritib  boriladi.
Davlat  va  ja m iy a t  t a ’lim  muassasalari  oldiga  m uayy an  ijti­
moiy  buyurtm alar  q o ‘yar  ekan,  o ‘sha  m uassasalar  tom onidan 
tayyorlanadigan  kadr  egallashi  lozim  boMgan  ijtimoiy  sifatlarining 
m inimal chegarasini ham k o ‘rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi 
yoki  t a ’lim  oluvchilar  egallashi  lozim  boMgan  bilim,  k o ‘nikma, 
m alaka  yoxud  m a ’naviy  sifatlarning  eng  quyi  miqdori  ilmiy 
asoslarda  belgilab  berilgan  rasm iy  pedagogik  h u j j a t - d a v l a t  
t a ’lim  standarti  hisoblanadi.  Standartlarda  belgilangan  natijalarga 
erishilmasa,  yoki  o ‘sha  k o ‘rsatkichlarni  egallay  olm agan  bola, 
y oxud  yoshlarda  m uayyan  bilim,  k o ‘nikma,  m alaka  va  m a ’naviy 
sifatlarni  shakllantira  olm agan  pedagogikani  m ukam m al  deb 
boMmaydi.
Bundan  ko^rinib  turibdiki,  davlat  ta ’lim  standarti  (DTS) 
nazorat  vositasi,  ayni  vaqtda,  ta ’lim  muassasalarida  k o ‘zlangan
60


ko‘rsatkichlarni qoMgakiritish uchun zarur b o ‘lgan sharoitni belgilash 
o ‘lchovi  hamdir.  Davlat  t a ’lim  standartlarining  k o ‘rsatkichlari 
amaldagi  mavjud  ta ’lim  mazmunidan  emas,  balki  o ‘quvchiga 
singdirilishi  lozim  boMgan  sifatlarning jahon  standarti  b o ‘yicha zarur 
deb  hisoblangan  miqdoridan  kelib  chiqadi.
Davlat  t a ’lim  standartlarining  ikki  asosiy  vazifasini  alohida 
ta ’kidlab koMsatish lozim. Bunday standartlar umumiy o ‘rta maktabda 
o ‘quvchilarga beriladigan t a ’lim  mazmunining majburiy minimumini 
hamda  bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga q o ‘yiladigan talablar 
majmuasini belgilab beradi. T a ’lim m azmunining majburiy minimumi 
o ‘quv  dasturlari  va  darsliklarda  t o ‘ 1 iq  o ‘z  ifodasini  topishi  shart. 
Bitiruvchilarning  tayyorgarlik  darajasiga  k o ‘ra  o ‘quvchi  muayyan 
bosqichda egallashi  lozim  boMgan  bilim,  k o ‘nikma  va  malakalarning 
minimal  miqdori  belgilanadi.
T a ’lim-tarbiya jarayoniga  DTS  ni joriy  etish  talablari  rivojlangan 
g'a rb   mamlakatlari  tajribasiga  asoslanadi.  Am m o,  shuni  ham  aytish 
kerakki,  hali  dunyodagi  birorta jam iyatda  ta ’limni  standartlashtirish 
keng  koMamda  amalga  oshirilayotgani  y o ‘q.  Chunonchi,  mazkur 
masalaga  birinchi  boMib  qoM  urgan  Fransiyada  bu  ish  hanuzgacha 
sinov darajasida, A Q Shda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda. 
Yaponiya  va  Germaniya  t a ’lim  muassasalarida  mazkur  muammoni 
hal  etish  rejalashtirish  bosqichida  turibdi.  M amlakatimizda  ta ’lim 
standartlari  masalasiga  davlat  miqyosida  yondashildi  va  uni  ilmiy 
y o ‘sinda  hal  etishdan  tashqari,  taMim-tarbiya amaliyotiga joriy  qilish 
maqsadida  uzoq  vaqt  izlanishlar  olib  borildi,  tajriba-sinovlar  amalga 
oshirildi.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish