O z b e k is t o n r es p u b L i k a s I o liy


 ‘Q IT U V C H IN IN G   P E D A G O G IK   M A H O R A T I



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/158
Sana11.01.2022
Hajmi4,55 Mb.
#351125
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158
Bog'liq
hjacki 2119 pedagogika

0 ‘Q IT U V C H IN IN G   P E D A G O G IK   M A H O R A T I
Pedagogik  mahorat  -   bu  o ‘quv  jarayonining  barcha  shakllarini 
eng  qulay  va  samarali  holatda  tashkil  etish,  ularni  shaxs  kamoloti 
maqsadlari  tom on  y o ‘naltirish,  talabalarda  (o ‘quvchilarda)  dunyo­
qarash,  qobiliyatni  shakllantirish,  ularda jam iyat uchun zarur boMgan 
faoliyatga  moyillik  u y g ‘otishdir.
Pedagogik  m aqsadning  o ‘ziga  xosligini  quyidagilarda  bilish 
mumkin:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jam iy at tomonidan belgilanadi, 
y a ’ni  pedagog  faoliyatining  natijasi  jam iyat  manfaatlari  bilan 
bogMiqdir.  Uning  mehnati  yoshlar  shaxsini  har  tom onlam a  kamol 
toptirishga  y o ‘naltirilgan.  Pedagogik  faoliyat  avlodning  ijtimoiy 
uzviyligi (ketma-ketligi) ni ta ’minlaydi. Bir avlod tajribasini,  ikkinchi 
avlodga  o ‘tkazadi,  ijtimoiy  tajriba  orttirish  uchun  insondagi  tabiiy 
imkoniyatlami  ro ‘yobga  chiqaradi.
2.  Pedagog  faoliyati  doim o  shaxs  faoliyatini  boshqarish  bilan 
bogMiq.  B unda  pedagogik  maqsad  o ‘quvchi  maqsadiga  aylanishi 
muhimdir.  Pedagog  o ‘z  faoliyati  maqsadini  va  unga  erishish 
yoMlarini  aniq  tasavvur  qilishi  va  bu  maqsadga  erishish  o ‘quvchilar 
uchun  ham  ahamiyatli  ekanligini  ularga  anglata  olishi  zarur.  Gyote


ta ’kidlaganidek:  «Ishonch  bilan  gapir,  ana  shunda  so‘z  ham, 
tinglovchilarni  mahliyo  qilish  ham  o ‘z -o ‘zidan  kelaveradi».
3. 
Pedagogik t a ’lim-tarbiya jarayonida o ‘quvchi  faoliyatini  bosh­
qarish  shuning  uchun  ham  murakkabki,  pedagog  maqsadi  doimo 
o ‘quvchi  kelajagi tom on y o ‘naltirilgan  b o ‘ladi.  Buni  anglagan holda, 
mohir pedagoglar o ‘z faoliyatining mantiqini o ‘quvchilar ehtiyojlariga 
muvofiq  holda  loyihalaydilar.  Hamkorlik  pedagogikasining  tub 
mohiyati  ham  ana  shundan  iborat.
Shunday  qilib,  pedagogik  faoliyat  maqsadining  o ‘ziga  xosligi 
o ‘qituvchidan  quyidagilarni  talab  qiladi:
-   jam iyatning  ijtimoiy  vazifalarini  to ‘la  anglab,  o ‘z  shaxsiga 
qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining « o ‘sib», uning pedagogik 
nuqtayi  nazariga  aylanishi;
-   muayyan  harakat  va  vazifalarga  ijodiy  yondashishi;
-   o ‘quvchilar  qiziqishlarini  e ’tiborga  olish,  ularni  pedagogik 
faoliyatning  belgilangan  maqsadlariga  aylantirish.
Pedagogik  faoliyatning  o ‘ziga  xosligi  quyidagilarda  namoyon 
b o ‘ladi.
1.  Inson  o ‘zining  alohida  xususiyatlariga  ega  boMgan,  r o ‘y 
berayotgan  voqealarni  idrok  qila  oladigan  va  ularga  o ‘zicha  baho 
beradigan  takrorlanmaydigan 
faol 
mavjudotdir. 
Psixologiyada 
t a ’kidlanganidek,  har  bir  shaxs  takrorlanmasdir.  U  pedagogik 
jarayonning  o ‘z  maqsadi,  ishtiyoqi  va  shaxsiy  xulqqa  ega  b o ‘lgan 
ishtirokchisi  hamdir.
2. 
Pedagog  doimo  o ‘sib-o‘zgarib 
boradigan 
inson  bilan 
ishlaydi.  Ularga  yondashishda  bir  xil  qolip,  shakllanib  qolgan  xatti- 
harakatlardan  foydalanish  mumkin  emas.  Bu  esa pedagogdan  doimo 
ijodiy  izlanib  turishni  talab  qiladi.
3.  0 ‘quvchilarga  pedagogdan  tashqari,  atrof-muhit,  ota-ona, 
boshqa  fan  o ‘qituvchilari,  om maviy  axborot  vositalari,  ijtimoiy
35


hayot  ham  ta ’sir  etadi.  Shuning  uchun  ham  pedagog  mehnati  bir 
vaqtning  o ‘zida  jam iki  ta ’sirlarga  va  o ‘quvchilarning  o ‘zida  paydo 
boMgan  fikrlarga  tuzatishlar  kiritib  borishni  nazarda  tutadi.
0 ‘quvchi  shaxsiga  doimo  ijobiy-axloqiy  ta ’sir  ko‘rsata  oladigan 
kishigina  haqiqiy  tarbiyachidir.  Bunga  erishish  uchun  pedagog 
o ‘zining  axloqiy  sifatlarini  doimo  takomillashtirib  borishi  zarur.
0 ‘quvchilarni  mehnat,  muloqot,  o ‘yin,  o ‘qish  kabi  faoliyat 
turlarida  ishtirok  etishlari  tarbiyaning  asosiy  vositasi  hisoblanadi. 
Har  bir  mohir  pedagog  o ‘zining  individual  pedagogik  tizimiga  ega 
b o ‘lishi  kerak.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, a w a l o , 
t a ’lim-tarbiya  metodlarini  takomillashtirishga  intiladilar.  Bu  tabiiy 
hoi,  chunki  aynan  metodlar  yordam ida  pedagog  o ‘z  o ‘quvchilarini 
turli  o ‘quv  faoliyatiga  jalb  qiladi.  Shu  bilan  birga  o ‘quvchilarni 
bilim  olishga qiziqtirishda o ‘qituvchi  tomonidan  tanlangan  metodlar, 
usullar  va  topshiriqlardan  boshqa  sabablar  ham  t a ’sir  etadi.  Pedagog 
faoliyatining  muvaffaqiyatli 
kechishi  uning  shaxsi,  xarakteri, 
o ‘quvchilar  bilan  m uomalasiga  ham  k o ‘p  jihatdan  bogMiq  boMadi. 
Odatda,  bularning  t a ’lim-tarbiya  jarayoniga  ta ’siri  ahamiyatsizdek 
tuyuladi.  A m m o tajribali  pedagog,  uning  xatti-harakati  o ‘quvchilarga 
qanday  ta ’sir  k o ‘rsatayotganligiga  ahamiyat  berib,  unga  kerakli 
tuzatishlar  kiritib,  takomillashtirib  boradi.  Shuning  uchun  ham 
pedagogik  mahoratni  o ‘qituvchi  shaxsi  sifatlarining  majmuyi  sifatida 
qaralib,  uni  o ‘qituvchining  yuqori  darajada  psixologik-pedagogik 
tayyorgarlikka  ega  boMishi  bilan  bogMiq  boMishini  unutmaslik 
lozim.
Pedagogik  mahorat  yaxlit  tizim  sifatida  quyidagi  tarkibiy 
qismlardan  iborat  boMadi:
-   pedagog  shaxsini  insonparvarlik  y o ‘nalishiga  ega  boMishi, 
uning  qiziqishlari,  qadriyat  y o ‘nalishlari  va  ideallarining  oliy 
m a q s a d - b a r k a m o l  avlodni  tarbiyalab  yetishtirishga  y o ‘nal- 
tirilganligi;


-   mutaxassislik  fanlari,  o ‘qitish  metodikasi,  pedagogika-psixolo- 
giyadan  m ukam mal  bilimga  ega  b o ‘lish;
-   pedagogik  qobiliyatga  ega  b o ‘lish  (muloqotga  moyillik, 
ishchanlik,  kelajakni  tasavvur  qila  olish,  kasbiy  mustaqillik, 
sensor  axborotlarni  tezlik  bilan  anglash  (yuzidan  o ‘qib  olish);
-   pedagogik  texnikani  egallash,  y a ’ni  o ‘z -o ‘zini  boshqara  olish, 
o ‘zaro  ta ’sir  etish  va  hamkorlikda  ishlashni  uddalash.
Pedagogik  mahorat  o ‘ziga  bolalar  haqidagi,  ularning  psi- 
xologiyasi to'g'risidag i, maktab haqidagi, ta ’lim-tarbiyajarayonlarini 
tashkil  etish  va  uning  mazmuni,  metodlari  haqidagi  keng  bilimlarni 
qamrab  oladi.  Bu  bilimlar  umumiy  pedagogik  madaniyatni  tashkil 
etadi,  o ‘qituvchi,  tarbiyachi  bu  madaniyatni  egallamasa,  hech  vaqt 
o ‘z  ishining  chinakam  ustasi  b o ‘la olmaydi,  yomon,  eski  usuldan,  bir 
qolipdagi  tayyor  andozalarni  ishlatishdan  nariga  o ‘tmaydi.
Biroq,  zamonaviy  o ‘qituvchiga  birgina  umumiy  madaniyatning 
o ‘zi  kifoya  q ilm a y d i- m a x s u s   bilimlar  va  m alak alar-bo lalarn i 
kuzatish,  ularning  o ‘sishdagi  muhim  narsalarni  aniqlay  olish,  ularni 
rivojlantirish  y o ‘llari  hamda  usullarini  aniqlash,  o ‘zaro  ta ’sirini 
chuqur  tahlil  qilish,  pedagogik  izlanishlar  va  yutuqlarni  ilmiy 
jihatdan  bir  tizimga  solish  malakalari  zarur  boMadi.
Shunday  qilib,  pedagog-muallim  o ‘z  mahoratiga  quyidagi  bos- 
qichlarda  erishishi  mumkin:
1.  Pedagogika-psixologiya  fanlarini  chuqur  o ‘rganish.
2.  Maxsus  fanlar,  ularni  o ‘qitilish  metodikasini  chuqur  bilish.
3.  Pedagogik amaliyotda faol  ishtirok etish  va uni  samarali  o ‘tka- 
zish.
4.  0 ‘z  faoliyatini  doimo  tahlil  qilib,  unga  nisbatan  tanqidiy  m u­
nosabatda  b o ‘lish.
5.  0 ‘z  ustida  mustaqil  ishlash,  malaka  oshirish  kurslarida  o ‘qib 
borish.


0

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish