O 'z b e k is t o n r e s p u r L ik a s L o L iy va o 'r t a m a X s u s t a 'l I m V a z ir L ig I



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/193
Sana20.06.2022
Hajmi7,14 Mb.
#678743
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193
Bog'liq
fayl 1020 20210520

Ikkinchi yo'nalish.
Ijtimoiy-falsafiy yo'nalish bo'lib. bunda falsafa. tarix, 
mantiq, fiqh, ruhshunoslik, notiqlik kabilar kiritlgan.
Uchinchi yo'nalish.
Ta'limiy-axloqiy yo'nalish bo'lib. qomusiy olimlarni 
asarlaridagi didaktik va axloqiy fikr asosiy o'rinni egallagan.
M ovarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma'naviy ko'tarilish Sharq 
Renessansi - U yg‘onish davrining boshlanishga olib keldi. M ovarounnahrda ilm- 
fan va m a'rifat sohasida o ‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo'lgan faylasuf va 
munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot. pedagogika sohasida 
ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy, A hm ad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi 
qomusiy olim lar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olim lar o 'z ilmiy merosida ta'limiy- 
axloqiy asarlar yaratishga ham katta e'tibor berdilar. M azkur 
asarlarda ilgari 
surilgan g 'oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jism oniy jihatdan 
kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo'ldi. 
Shuningdek, Sharq uyg'onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta'lim- 
tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o 'lm as ta'limoti 
bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olim lar ham maydonga chiqdi.
A b u A bdulloh M u h a m m a d ibn M uso al-Xorazm iy
(783-850)ning riyoziyot 
va falakiyot ilm iga asos solgani o 'z zamonida ham, hozir ham tan olingan. U turk,
219


arab, fors, sanskrit, yahudiy tillarini m ukammal egallagan. Olim ning ijodi va hayoti 
haqida ju d a kam ma'Ium otlar yetib kelgan, bo ‘lib bugungi kunda uning qalam iga 
m ansub 10 dan ortiq asarlari ma'lum:
1. A rifm etik asar, lotincha Algoritm i de numero indarum , ("Hind arifmetikasi 
haqida kitob” arabcha nusxasi saqlanmagan);
2. “A l-ja b r-a l m uqobila hisobi haqidagi qisqacha kitob”;
3. “Ziji al-X orazm iy”;
4. "U sturlab yordam ida azimutni aniqlash” ;
5. 
“M arm ar soat haqida kitob";
6
. "T arix kitobi
7. "Y ahudiylarning eralari va bayramlari haqida risola";
8
. X orazm iy "G cograliya"si:
9. "U sturlab bilan amal tutish haqida kitob“.
A l-Xorazm iy insonning kam olga yetishi va insoniy munosabatlarni yoMga 
q o ’yishda ilm -fanning muhim aham iyatiga ega ekanligi to ‘g ‘risidagi g ‘oyani ilgari 
surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o 'rin egallaydi. Uning 
m atem atika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi ham da pedagog-uslubiyotchi 
olim sifatida olib borgan ishlari yuksak bahoianadi. Xorazm iy o 'z davrigacha 
b o ‘lgan qadim iy m atem atika fani rivojlangan mam lakatlar Vavilion (Bobil). 
Y unoniston, 
H indiston, 
Xitoy. 
M isrdagi 
deyarli 
barcha 
matem atiklarning 
kashfiyotlarini o'rgandi va o‘zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi 
yangi kashfiyot yaratdi. M uhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish 
nazariyasiga o'zining ulkan hissasini qo‘shdi. Uning “Al-kitob al-m uxtasar fi-hisob 
al-jabr va-l m uqobala” asari uch qismdan iborat b o iib : birinchisi algebraik qism; 
ikkinchsi 
geom etrik qism; uchinchisi esa vasiyatlar haqida bo'lib, m uallif uni 
''V asiyatlar kitobi’' deb ataydi. M azkur asar matem atika fanini rivojlantirib, "A l- 
ja b r” keyinchalik m atem atika fanining alohida bo'lim iga aylandi va “algebra’' deb 
ataladigan bo’ldi. M azkur am allar yordam ida har qanday tenglamani kononlik 
shakliga, ya'ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin yechiladi. Bu usul fan olam ida 
muhim aham iyatga ega edi. Shu asar tufayli “ A l-X orazm iy'’ nomi lotincha
220


transkripsiyada “A lgoritmi" shaklini oldi, kevin ''Algoritm us” va nihovat hozirgi 
zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” (“algorifm") ga 
aylandi.
Al-Xorazmiy matematikaning 
nazariy 
rivojlanishi 
bilan birga, 
undan 
turmushda foydalanish vo'llarini ham ilmiy asoslab, meros taqsim qilish
vasiyatnomalarni tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo'lgan hisoblarni 
ta’lif etdi. Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi "Hind 
arifmetikasi haqida kitob” ("H isob al-hind")dir. Asar o'nlik tizim raqamlari 
(l,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag'ishlangan. Asarda Hindistonda kashf etilgan raqamlar 
soddalashtirildi va birinchi marta arab tilida bayon etildi. Ungacha ancha qo'pol 
sanoq usuilaridan foydalanib kelingan. O 'nlik tizimining kashf etilishi fan olamida 
sanoq tizim ida inqilobiy o ’zgarish deb ta'riflanadi. yevropaga 1,2.3.4.5.6,7.8,9 
raqamlaridan foydalanish va nol vordamida eng katta sonlarni yozish va jovlarni 
aniq ko'rsatish X -X l asrlarda arablardan kirib kelgan. Muhammad al-Xorazmiy 
o'zining falakiyotga doir ishlarida hindlarning falakiyot jadvallarini taxlil etib, 
“'Xorazmiy ziji” nomi bilan mashhur astronomik jadvallar tuzdi. Allomaning bu 
asari XII asrda lotin tiliga tarjima etilib, bir necha 
a s r
davomida 
un d a n
foydalanib 
kelindi. Bundan tashqari “Kitob surati-l-ard" ( “Yevropa surati kitobi") birinchi 
yozilgan geografiyaga oid kitob sanaladi. Bu asar xaritani tavsiflagan asardir. Asar 
M uhammad al-Xorazmiyning ko'p yillik olib borgan tekshirish-kuzatish ishlarining 
natijasi edi. Allom a sharq mamiakatlari ustida kuzatishlar olib borib. mamlakat va 
shaharlarning xaritalarini chizadi, nomlar ro'parasiga uzunlik va kenglik darajalarini 
ko'rsatadi. U geografiyaga oid asarlarida yerni yetti iqlimga bo'lib, yerning 
xaritasini chizadi. Olimning to 'rt xaritasi (Azov dengizi, Nil daryosi, Yaqin va o 'rta
Sharq xalqlari xaritasi) saqlanib qolgan. Uning yuqoridagi asari ham Sharq va 
g 'arbda katta ahamiyatga egadir. 827 yilda Xorazmiy rahbarligida yer kurrasining 
kattaligini aniqlash maqsadida yer meridianining bir gradusi o'ichab chiqildi. 
B ag'dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli 
bo'lib, unda sinus, tangeneslarning o'zgarish qonuniyati ko'rsatiladi. Uning 
trigonom etrik jadvali o 'sh a davr jadvalaridan farq qilgan. Muhammad al-
221


X orazm iyning tarix va m usiqaga oid, quyosh soatlari to ‘g ‘risida ham asarlari boMib, 
“Tarix kitobi” (“K itob at-tarix” ) xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi 
tarixchilaridan sanaladi. Shuni ta'kidlash joizki, allom a o ‘zigacha boMgan ilmiy 
bilim larning asosiy g ‘oyalari, prinsip va m etodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy 
bilim larni o ‘rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e'tiborni qaratdi. Xorazmiy 
bilim olishda talabaning 
kasbiy 
kuzatishlariga ham da olgan 
bilimlaridan 
foydalanishga katta e'tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni 
to ‘plash. ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malaka va ko‘nikmalarini 
hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, “A l-kitob al-m uxtasar fi hisob al-jabr va-1 
m uqobala" asarida olim larni uch guruhga bo ‘lib shunday yozadi: “Ulardan biri 
o ‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o ‘zib ketadi va 
uni o ‘zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. 
Boshqasi o‘zidan 
avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, 
yopiqni ochadi, y o ‘lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda 
nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to ‘playdigan odam bo‘lib. u o ‘zidan 
avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilm aydi va o ‘zi qilgan ishidan 
m ag'rurlanm aydi” . M uham m ad al-Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olim lar 
faoliyatining ezgulikka xizm at qilishini yoritsa, ikkinchi tomondan, o ‘sha davrda 
ilm iy tadqiqot ishlari va o ‘qitishning metod va vositalaridan qay darajada 
foydalanganligini ko‘rsatadi.
Barcha m utafakkirlar kabi M uhammad al-Xorazmiy ham ko‘rgazmali - tajriba 
metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, m alaka va k o ‘nikmalarni 
shakllantirish m etodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning 
arifm etikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon 
etishga e'tibor berganligini ko‘rsatadi. “ Men arifmetikaning oddiy va murakkab 
m asalalarini o ‘z ichiga oluvchi “Aljabr val-m uqobala hisobi haqida qisqacha 
kitob”ni ta 'lif qildim , chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnom a tuzishda, mol 
taqsim lashda va adliya ishlarida. savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer 
oMchashda, kanallar o ‘tkazishda, geom etriyada va boshqa shunga o'xshash turlicha 
ishlarda kishilar uchun zarurdir". M uhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan
222


mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida filer bayon etib, shunday yozadi: “ Sezgi 
orqali bilish bu qisman bilish bo‘lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim 
tomonini namoyon etadi” .
Xorazmiyning faoliyatida inson sifatida ham, olim sifatida ham bag'rikengligi 
unga katta obro‘ keltirgan. Al-Xorazmiy Bag‘doddagi ilm markazini uzoq yillar 
boshqargan. Al-Xorazmiy arifmetika, algebra, falakiyot, handasa, jug'rofiya, larix 
va boshqa fanlar bo‘yicha jiddiy ilmiy kuzatishlar olib borgan. Olim insonning 
kamolga yetishi va insoniy munosabatlarda ilm fanning muhim ahamiyatini 
g‘oyasini ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqivotida ham muhim o'rin 
egallaydi. Xorazmiy matematika. geodeziya. geografiya, falakkiyot sohalarida yirik 
tadqiqotlar olib borgan. Lekin u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi 
ham da pedagog uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan.

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish