Access MOBT darchasining ilovalarini sanab bering?
So‘rovlar ob‘yekti qanday vazilfalarni bajaradi?
Ma‘lumotlarni chop etish uchun qaysi ob‘yekt ishlatiladi?
Macros deganda nimani tushunasiz?
MUSTAQIL TOPSHIRIQ
MICROSOFT ACCESSDA MA’LUMOTLAR OMBORINI YARATISH.
Ishdan maqsad: Access MOBTda MOni yaratish usullari bilan tanishish.
Vazifa: 1. Dastur oynasidagi 3 ta buyruq, yani «Открыть», «Конструктор»,
«Создать» tugmachalarining vazifalari bilan tanishing.
Ma‘lumotlar ombori jadvalini MO yaratishning «Создание таблицы в режиме конструктора» usuli yordamida shakllantiring.
Ma‘lumotlar ombori jadvalini MO yaratishning «Создание таблицы с
помощью мастера» usuli yordamida shakllantiring.
Ma‘lumotlar ombori jadvalini MO yaratishning «Создание таблицы путем ввода данных» usuli yordamida shakllantiring.
Qisqacha ma’lumotlar
Ma‘lumotlar omborining dastlabki oynasida yuqorida sanab o‘tilgan oltita asosiy ob‘yektlarning ilovalardan tashqari yana uchta buyruq tugmachalari mavjud. Bular:
«Открыть» (ochish), «Конструктор» (tuzuvchi), «Создать» (yaratish). Ochish tugmachasi tanlangan ob‘yektni ochadi. Tuzuvchi ham tanlangan ob‘yektni ochadi, lekin
u ob‘yekrtning tuzilmasinigina ochib, uning mazmunini emas balki, tuzulishini to‘g‘irlash imkonini beradi. Agar ob‘yekt jadval bo‘lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o‘zgartirish mumkin.
Yaratish tugmachasi yangi ob‘yektlarni: jadvallar, so‘rovlar, shakllar va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
MS Accessda MOni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bo‘sh ba‘zani yaratib, so‘ngra unga jadvallar, shakllar, hisobotlar va boshqa ob‘yektlarni kiritishdan iborat. Ikkinchi usul ―Master‖ (usta) yordamida amalga oshirilib, uning yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va hisobotlar ega bo‘lgan ma‘lum turdagi MO birdaniga yaratiladi.
So‘ngra tegishli o‘zgartirishlarni bajarish mumkin. Access ishga tushurilgandan keyin paydo bo‘lgan oynada ―ustani ishga tushurish‖ parametrini tanlab, OK tugmasi bosiladi. Agar MO oldindan ochilgan bo‘lsa yoki dastlabki oynasi yopilgan bo‘lsa, uskunalar panelidagi «Создать базу данных» tugmasini bosish kerak. Kerakli MOning shabloni ustida sichqonch chap tugmasini ikki marta bosiladi. Ochilgan «Файл новой базы» muloqot oynasidagi «Папка» papkani tanlash «Имя файла» maydonida MOning nomini kiritsh va yaratish tugmasini bosish kerak. Keyingi muloqot oynasida usta yaratilayotgan MO qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma‘kumot chiqaradi. Muloqot oynasidagi ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. «Готово» parametri MO yaratish ustasini ishga tushiradi. Ochjiladigan muloqot oynasi ikkita ro‘yhatdan iborat bo‘ladi. Ulardan biri MO jadvallar ro‘yhati, ikkinchisi – tanlangan kjadvalning maydonlari ro‘yhati. Ushbu ro‘yhatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo‘ladi. Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jihozlashni tanlab olish va yana «Далее» tugmasini bosish kerak. Usta ishining keyingi bosqichida MO uchun yaratilayotgan hisbotlar ko‘inishini aniqlash mumkin. Oxirgi oynada «Готово» bosish ustani MOni tuzosh uchun ishga tushirib yuboradi va u avtomatik ravishda yuqorida belgilangan parametrli MOni yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |