1- MUSTAQIL TOPSHIRIQ
MATN MUHARRIRI MICROSOFT WORD IMKONIYATLARI.
Ishdan maqsad: WORD programmasi imkoniyatlari bilan tanishish.
Vazifa: 1. Programmani ishga tushiring;
Oyna elementlari bilan tanishing;
ВИД, ОКНО,СПРАВКА bo‘limlarini o‘rganing;
Klaviatura imkoniyatlaridan foydalaning;
Menyuning ФАЙЛ bo‘limi bilan tanishing.
Qisqacha ma’lumotlar
WORD-Windowsning amaliy programmalaridan hisoblanib, matnli hujjatlarni tuzish, ko‘zdan kechirish, tahrir qilish va chop etish uchun xizmat qiladi.
WORD- yordamida ixtiyoriy ko‘rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatli tayorlash mumkin. Programmaning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta hujjatlar bilan ishlash, ya‘ni ularni qo‘shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko‘chirich, matn yoniga tasvir tushirish, harflarni istalgan shaklda yetarlicha katta o‘lchamda chop etish mumkin.
Shunga qaramasdan, WORD ham ayrim « kamchiliklar» dan xoli emas.
Masalan, matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari juda murakkab tarkibli poligrafik
( atlaslar, albomlar, jurnal muqovalari) mahsulotlarni tayorlashda foydalanish o‘ng‘ay emas.
Word ni ishga tushirish quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
Windows ishchi stolida tugmasini sichqoncha orqali ikki marta bosgan holda.
ПУСК – Программы – Microsoft Word
Tez ishga tushirish paneli orqali tugmasini cishqonchani bir marta bosgan
holda
Program Files – Microsoft Office – Microsoft Word
Programmadan chiqish quyidagi ixtiyoriy yo‘llar orqali amalga oshiriladi:
1. Sistemali menyu – Закрыть 2. tugmasi orqali
Файл – Закрыть
Alt + F4
Word ni ishga tushirgandan so‘ng, uning oynasi ekranga chiqadi. Oyna elementlari quyidagilardan iborat:
sarlavha satri;
menyu satri (9 ta bo‘lim );
Standart asboblar paneli;
Formatlash asboblar paneli;
Gorizontal va vertikal lineykalar;
Gorizontal va vertikal o‘tkazgich chiziqlari;
Ishchi maydon;
Rasm solish asboblar paneli;
Holat satri.
Bu standart ko‘rinishdan tashqari Вид bo‘limi orqali oyna ko‘rinishini, boshqa kerakli asboblar panelini ishga tushirish, mashtabni o‘zgartirish, kolontitul qo‘yish va h.k. ishlarni amalga oshirish mumkin.
Menyuning Файл bo‘limi orqali yangi fayl, mavjud faylni ochish, saqlash, yuborish,
bosmaga berish, yopish va h.k. larni amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |