O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SOG`LIKNI MUHOFAZA QILUVCHI MUHITNI YARATISH



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SOG`LIKNI MUHOFAZA QILUVCHI MUHITNI YARATISH 
DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. 
Ochilova M.O, Raximova N.A,
BuxDU Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchilari 
Salomatlikni muhofaza qilish – bu XXI asr, yangi ming yillik timsoli sanalgan insonparvar 
pedagogikaning tarkibiy qismi bo`lib, bunda pedagogik jarayon insonga, uning bilish ehtiyojlari va 
qiziqishlarini qondirish, unga sog`lom, omadli, baхtli bo`lish imkonini beradigan shaxsiy va ijtimoiy 
qimmatli sifatlarni shakllantirishga qaratiladi. Ta‘lim muassasalariga bir qarashda unchalik pedagogik 
sohaga tegishli bo`lmagan, ya‘ni o`quvchilar salomatligini muhofaza qilishga g`amxo`rlik qilish 
vazifasining qo`yilishi quyidagi holatlar bilan belgilanadi. 
Birinchidan, kattalar hamisha o`z qaramog`ida bo`lgan bolalar uchun mas‘uliyatlidirlar. Bunga 
bolalar salomatligi ham kiradi. Aynan ta‘lim muassasalarida o`quvchilar anchagina vaqtlarini o`qituvchi-
pedagoglar rahbarligida o`tkazadilar. Shunday ekan, bu vaqt mobaynida ularning salomatligiga nisbatan 
e‘tiborsiz bo`lish zolimlik va noprofessionallik bo`lib hisoblanadi. Ikkinchidan, o`quvchilarning ta‘lim 
muassasasida o`tkazgan vaqti mobaynida uning salomatligiga ta‘sir etuvchi omillar ichida o`qituvchi-
pedagoglarning hissasi salomog`i kattaroq bo`lib, ular istalgan va istalmagan holatda amalga oshiriladi. 
Agar salomatlik bilan bog`liq barcha muammolarni tibbiyot hal etishi kerak degan nuqtai nazarni 
qo`llaydigan bo`lsak, hech bo`lmaganda har bir sinf uchun bitta shifokorni birkitib qo`yishga to`g`ri 
keladi. 
O`zbekiston Respublikasida yoshlar sog`ligini saqlash, uni muhofaza qilish hamda shu sohani 
rivojlantirish yo`nalishidagi qonunlar, farmonlar, qarorlar, boshqa huquqiy meyoriy hujjatlar va shularga 
asoslanib amalga oshirilgan ishlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni qayd etish mumkin bo`ladi: 
- yoshlar sog`ligini saqlash va uni muhofaza qilish davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan 
biridir; 
- yoshlar sog`ligini saqlash va muhofaza qilish jahon ilg`or standartlari hamda ko`p ming yillik 
milliy tajribalarni hisobga olgan holda tashkil etilgan; 
- yoshlar sog`ligini saqlash va muhofaza qilish hozirda respublikamizda diagnostika, profilaktika, 
patologiya yo`nalishlarida muvofiq tarzda yo`lga qo`yilgan; 
Agar ta‘lim logikasi ―Nima uchun o`qitamiz?‖ degan savolga, ta‘lim mazmuni ―Nimani 
o`rgatamiz?‖ degan savolga javob bersa, pedagogik texnologiyalar ―Qanday o`qitamiz?‖ degan savolga 
javob beradi. Salomatlikni muhofaza qilish nuqtai nazaridan esa: ta‘limni shunday tashkil etish kerakki, 
bunda o`qituvchi va o`quvchlarning salomatligiga ziyon etmasin, deymiz. Shunga ko`ra salomatlikni 
muhofaza qiluvchi texnologiyalarni istalgan ta‘limiy texnologiyalarning sifat ko`rsatkichi, ya‘ni 
―salomatlik uchun havfsiz ekanligini tasdiqlovchi sertifikat‖ deb ham, pedagogik faoliyatning 
salomatlikni muhofaza qilish vazifalari bilan to`ldirilgan prinsip, usul, metod va vositalar yig`indisi deb 
ham qarash mumkin.
Salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasining prinsiplari quyidagilardan iborat: zarar 
yetkazmaslik prinsipi; o`qituvchi va o`quvchilarning salomatligini asrashning ustivorligi prinsipi; 
salomatlik to`g`risida uchyoqlama yagona tasavvur hosil qilish prinsipi (jismoniy, ruhiy va ma‘naviy-
axloqiy salomatlikning yagonaligi); uzluksizlik va vorisiylik prinsipi (salomatlikni muhofaza qilish ishi 
ta‘lim muassasasida har kuni, har bir darsda muntazam ravishda amalga oshirilishi nazarda tutiladi).


276 
Boshlang‘ich sinflarda ta‘lim oluvchilarning salomatligin muhofaza qilish borasida o`qituvchi 
nimalarni bilishi va bajara olishi lozim? Bunga quyidagicha javob beramiz: 
1. Pedagogik vaziyatni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shart-sharoitlari nuqtai 
nazaridan tahlil qilish. 
2. Sog`lom turmush tarzi asoslarini egallagan bo`lish. 
3. O`quvchilar jamoasi bilan aloqa o`rnata olish. 
4. Verbal va noverbal hatti-harakatlarni kuzatish va izohlash. 
5. O`z o`quvchilari rivojlanishini prognoz qila olish. 
6. O`zaro munosabatlarni salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi shart-sharoitlariga moslab 
modellashtirish. 
7. Shaxsiy namunasi asosida o`quvchilarni o`zi va atrofidagilar salomatligiga g`amxo`rlik 
qilishga o`rgatish. 
Yuqorida sanab o`tilgan ko`nikmalarning barchasi o`zaro chambarchas bog`langan bo`lib, ular 
ta‘lim jarayonida salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasi metod, usul va vositalarini samarali 
qo`llashga yordam beradi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish