264
http://marifat.uz
– Ma‘rifat gazetasi sayti.
http://referat.uz
– Referat va kitoblar to‘plami.
Shuningdek, internetda , boshlang`ich ta‘lim bo`yicha interaktiv o`rgatuvchi animatsiyali
dasturlar; tabiiy fanlardan virtual laboratoriya ishlari; fanlardan videodarslar; darsliklarning
elektron versiyalari; qobiliyat va iqtidorni aniqlash uchun onlayn testlar va boshqalar ham o‘rin
olgan.
Boshlang‟ich ta‟limning asosiy maqsadi: bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatini, bugungi kunda
eng zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi, turli ma‘lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va
ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta
bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta‘limiy faoliyatni tashkil etish kabi
ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy salohiyati va ma‘lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi
zamon boshlang‘ich ta‘lim metodikasini bilishi boshlang‘ich ta‘lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, boshlang‘ich ta‘lim sifat-samaradorligini
yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarini amaliyotga joriy etish maqsadga
muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinflarda zamonaviy AKTdan foydalanish quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
– o‘quvchining shaxsiy intellektual va ma‘naviy jihatdan yuqori darajada rivojlantirishni ta‘minlaydi;
– ularning bilimlarni egallashi va shunga mos tarzda fikrlashini rivojlantiradi;
– o‘quvchilarning kompyuter savodxonligini oshiradi;
– darslarni yuqori estetik va emotsional darajada o‘tishni ta‘minlaydi;
– darsda bajariladigan ish hajmini 1,5-2 baravarga oshiradi;
– darsning samaradorligi oshadi;
– o‘quvchi faoliyatida izlanish, ijod qilish ko‘nikmasi shakllanadi.
– bilimni nazorat qilishni takomillashtiradi.
Barcha ishda bo‘lgani kabi kompyuterdan foydalanishning ham me‘yorlarini bilish
muhimdir.O‘quvchilar kompyuterdan 50-60 sm narida bo‘lishi,o‘quvchining ish joyiga tushayotgan yorug‘lik
tepadan va chapdan tushishi, display ekrani va tugmalar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi kerak.
Ulug‘ bobokalonimiz Ibn Sino aytganlaridek, ―O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo`y va bolalarni
tarbiyalash usullarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. Uztoz shogirdining
butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i darkor‖ .
Dars –muqaddas. Biz shu 45 daqiqali darsni chin yurakdan, mohirona, mazmunli o‘ta olsakkina
vijdonan ishlagan bo‘lamiz. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf oquvchilari yorqin rangli, chiroyli dizayn, quvnoq
ovozni yoqtirishadi. Biz ustozlarga saboq berishda bunday multimedia vositalari, slaydlar, multfilmlardan
foydalansak ta‘lim sifati yanada oshadi. O‘z ish tajribamda boshlang‘ich sinf darsliklariga ilova sifatida
berilgan multimedia vositalaridan tashqari, Flash Aifbo, ‖Kichkintoy bilasanmi?, ‖Oylaymizu,
o‘ynaymiz‖ kabi qiziqarli va mazmunli electron qo‘llanmalardan ham foydalanib kelmoqdaman. Bu
qo‘llanmalar orqali nafaqat o‘yinlar o‘ynash, matematikani, ona tilini, chet tillarini ham o‘rganib, bilimni
oshirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda boshlang‘ich ta‘lim sifat va samaradorligini oshirishda,
barkamol avlodni voyaga yetkazishda zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalardan
foydalanisn o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarining oshirishda samarali natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: