O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Millati 
norvegiya 
daniya 
ingliz 
nemis 
shved 
Rangi 
sariq 
havorang 
qizil 
yashil 
oq 
Hayvonlar 
mushuk 
ot 
qush 
baliq 
it 
Ichimliklar 
suv 
choy 
sut 
kofe 
pivo 
Shokolad nomlari 
KitKat 
Baunty 
TWIX 
AlpenGold 
Snikers 
MAXSUS TA‘LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI 
QO`LLASHNING AFZALLIKLARI 
Umurova M,
BuxDU musiqa ta‘limi fakulteti
… 
Pedagogik texnologiya o‘qitishning o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvidan iborat
bo‘lib, yangi pedagogik texnologiyalarni maxsus maktab ta‘limi tizimiga kiritish, tatbiq etish, 
qiziqarli o`yin usullaridan foydalanish va shu bilan birga, dars jarayoniga tatbiq etish muhim
ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hozirgi kunda maxsus maktab uchun
o‘quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda.
Yordamchi maktab boshlang‘ich ta‘limi maxsus ta‘lim maktablarning bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli 
ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e‘tibor berish lozim. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas‘uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam 
qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. 
Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarining vazifasi, mas‘uliyatli ekanligini ko‘rsatadi. O‘qituvchilarning asl maqsadi 
o‘quvchilarda o‘quv istagini va shaxsidagi ijodkorlikni shakllantirib, ularni barcha darslarda faol 
bo‘lishga jalb qilish, ta‘limga bo‘lgan qiziqish va mustaqillik tuyg‘usini uyg‘otishdir. Boshlang‘ich 
sinflarda o‘qituvchi ishlash jarayonida o‘ylashga, yangi o‘qish vositalarini o‘ylab topishga, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni maxsus boshlang‘ich ta‘lim tizimiga tatbiq etishga, ijod qilishga to‘g‘ri 
keladi. 
Muammo 
shundaki, yordamchi maktab boshlang‘ich ta‘lim jarayoniga innovatsion 
texnologiyalarning ayrimlarini tatbiq etishda qiyinchiliklar vujudga keladi. Ya‘ni yozish va malakalari 
to‘liq takomillashmagan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga mos tushadigan texnologiyalarni tanlab 
olish yoki muayyan o‘zgartirishlar kiritib, ta‘lim jarayoniga moslashtirish o‘qituvchilardan 
izlanuvchanlik va ijodkorlikni talab etadi. 
Pedagogik texnologniyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga 
ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. 
O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish 
asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki 
yaqinlashuvidir. O‘quv jarayonining samarali kechishida o‘quvchining mustaqil faoliyat yuritishi dars 
samaradorligini ta‘minlaydi. 
Quyidagi motivlar darsda o‘quvchi faolligini oshiradi:
- o‘z fikrini himoya etish; 
- munozara, muhokamada faol faol ishtirok etish; 
- o‘rtoqlari javoblariga tanqidiy qaray olish, o`z javoblariga tanqidiy qaray olish; 
- qoloq, o‘zlashtirishi qiyin, bo‘sh o‘quvchilarga yordam berish; 


259 
- o‘ziga ijodiy faoliyat nazoratidan topshiriqlarni tanlay olish; 
- o‘z qiziqishlari asosida mustaqil mashq, masalalar yechish. 
O‘qituvchining o‘z ishiga fidoyiligi, o‘quv materialida yangiliklarning mavjudligi, zamonaviy 
darslarni tashkil etishi, dars shakllarini yangilash, ommalashtirib borish, muammoli, evristik, kompyuterli 
darslarni tashkil etish, darslarda multimedia tizimidan foydalanish, o‘zaro bir-birini o‘qituvni yo‘lga 
qo‘yish, olgan bilim va ko‘nikmalari yuzasidan test-sinovlarini tashkil etish, musobaqalar tashkil etish, 
pedagogik takt va o‘qituvchining mahorati, o‘qituvchining o‘z o‘quv predmetiga munosabati, bolaga 
do‘stona munosabatda bo‘lish o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishdagi asosiy motivlardir. 
Ko`rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni dars jarayonida kuzatganimizda esa aksincha, ular fikrlari aniq, 
bilish faoliyati yaxshi ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Odatda, ko‘zi ojiz bolani o‘rgatish uning 
qo‘llarini harakatlantirish usulida olib boriladi. Masalan, uning qo‘llari ustiga ona yoki tarbiyachi o‘z 
qo‘lini qo‘yib, birgalikda maqsadli harakatlar qiladilar. Ya‘ni har bir harakat nima uchun, nega, qanday 
qilib amalga oshishi kerak kabi faoliyatlarni tushuntirgan holda olib boriladi. Ko‘zi ojizlar maktabida dars 
o‘tishning birdan-bir to‘g‘ri usuli mustaqil kuzatish hisoblanadi. Zotan, ko‘rishdan mahrum inson shu yo‘l 
bilangina bilim olishga poydevor bo‘luvchi asosiy tushunchalarga ega bo‘ladi. Mustaqil kuzatish orqaligina 
jismlar va ular orasidagi aloqa haqida to‘g‘ri xulosa chiqara oladi. Voqea hodisalar va predmetlar yuzasidan 
analiz, sintez qilish, taqqoslash kabi malakasi rivojlanadi. Dars jarayonida yigit-qizlarning aktivligini 
kuzatdik. An‘anaviy o‘qitish va noan‘anaviy o‘qitilish jarayonlarida qatnashdik. Darslarni turli metodika 
asosida tashkil qilish o‘quvchilarning qiziqishlari va faolligini oshiradi. Ko‘zi ojiz bolalarni fanlar tizimida 
o‘qitishda quyidagi maxsus metodlar dars jarayonini ancha samarali o‘tishiga va o‘quvchilar o‘tilgan 
mavzuni ancha mukammal o‘zlashtirishlariga erishish mumkinligiga amin bo‘ldik: 
I. Og‟zaki metodlar
a) Hikoya; 
b) Tushuntirish, Suhbat. 
II. Ko‟rgazmali metodlar
a) Tabiiy ko‘rgazmalar; 
b) Amaliy san‘at buyumlari ko‘rgazmasi. 
III. Amaliy metodlar.
IV. Noan‟anaviy metodlar
Bundan tashqari, ular bilan maxsus didaktik o‘yinlardan foydalanganimizda o‘quvchilar darslarga 
yanada qiziqib, ular faolligi oshadi. Shaklli o‘yin, zakovat o‘yini, tarozi, ha- yo‘q o‘yini kabilar. Bu 
o‘yinlar o‘quvchilarni tez va to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardagi 
hozirjavoblikni o‘sishiga yordam beradi.
Pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarning an‘anaviy usullardan sifat jihatidan farqi shundaki, bunda 
o‘quv jarayoni qatnashchilarining birgalikda bor muammoni yechishga kelishi natijasida kasbiy faoliyat 
qonuniyati hosil bo‘ladi, lekin bu kasbiy faoliyat va kasbiy tafakkur harakatlari didaktik asoslangan, 
uslubiy tomondan ta‘minlangan va hujjatlar bilan isbotlangan bo‘lishi kerak. Buni shunday amalga 
oshirish kerakki, pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlarda qatnashuvchilar shu davrgacha egallagan jami 
bilimlarini namoyon eta bilsin. Shunday qilib, pedagogik o‘yinli mashg‘ulotlar modeli o‘quvchilarning 
o‘quv jarayonida faoliyatni egallashga qaratilishi kerak. O‘yinlarni o‘tkazishda pedagogik vaziyatlar 
to‘liq tahlil etilib, ularni bajarish usullari to‘liq muhokama qilinadi. Ta‘lim oluvchilar oldiga aniq 
o‘yinning maqsadi qo‘yiladi. Baholash uchun ekspertlar qo‘yiladi. O‘yinlar guruh yoki jamoa asosida 
amalga oshiriladi. Fan o‘qituvchisi o‘yin tanlashda darsga ajratilgan vaqt, o‘quvchilarning tayyorgarligi, 
o‘quv materiallarining mazmuniga, o‘quvchilar imkoniyat darajasiga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Dars 
jarayonida o‘yinlarni amaliyotga tatbiq etishda suhbat, ko‘rgazmali, amaliy usullardan foydalanish 
mumkin. Mashg‘ulot yakunida o‘yin natijalari tahlil qilinadi. O‘quvchilarga kerakli tavsiyalar beriladi. 
Demak ta‘lim jarayonida pedagogik o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchidan ijodkorlik, tashabbus va 
kasbiy mahoratni talab qiladi, bu esa dars samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, har bir darsda o‘quvchining faol ishtiroki darsning samarali kechishiga 
yordam beradi. Maxsus ta‘lim jarayonida yoshlarni o‘qish va o‘qitishga bo‘lgan qiziqishlarini 
shakllantirishda ta‘lim texnologiyalaridan bo‘lgan o‘yin usullaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga 
egadir. Yuqoridagi omillar o‘quvchining o‘quv mehnatiga bo‘lgan ijobiy munosabatini shakllantiradi va 
o‘z navbatida, dars samaradorligini oshirib o‘zlashtirishni kafolatlaydi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish