O. X. Xamidov universitet rektori, rais


ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ – УСТУВОР ВАЗИФА



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ – УСТУВОР ВАЗИФА 
Ҳалимов Суннат Сафарович,
Турдиев Ёрқин Очилович 
Бухоро муҳандислик технология институти академик лицейи
математика кафедраси ўқитувчилари 
Bugungi iqtisodiy globallashuv sharoitida ta‘lim tizimida o‗quvchi-yoshlarning intellektual 
qobiliyati, bilimi, salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish kabi masalalar o‗tkir muammoga 
aylanmoqda.
Daraxtning ildizi qanchalik chuqur va tarmoqlangan bo‗lsa, u shunchalik mustahkam, uning umri 
shunchalik davomli, hosili esa mo‗l-ko‗l bo‗ladi. Insoniyat ko‗p ming yillik taraqqiyoti davomida 
jamiyatni rivojlantirishning ta‘lim, ilm va hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas. Shu 
sababli ham ta‘lim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning 
taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omildir. Ta‘lim o‗z ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy 
turmush, bir so‗z bilan aytganda, hayot bilan bog‗lay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har 
tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina o‗z oldiga qo‗ygan natijalarga erisha oladi, fan, ta‘lim-
tarbiya va iqtisodiyotning o‗zaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini ta‘minlay olgan va jamiyat 
hayotining barcha sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi. Bu borada mamlakatimiz 
ta‘lim sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor 
vazifalar to‗g‗risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham dolzarb masalalar qatorida ilm-fan va ta‘lim, 
ta‘lim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urg‗u berilganligi bejiz emas. Modomiki, 
ta‘lim tizimining markazida inson kapitali, uni to‗g‗ri taqsimlash, undan samarali foydalanish va maqsadli 
yo‗naltirish turar ekan, bunda maktabgacha, umumiy o‗rta va oliy ta‘lim tizimini jamiyatning barcha 
manfaatdor tomonlari, ta‘lim jarayonining barcha sub‘ektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun 
talablari asosida tashkil etish hamda ta‘limning to‗liq uzluksizligiga erishish oldimizda turgan muhim 
vazifalardandir. 
Keyingi yillarda yuz berayotgan tub o‗zgarishlar jamiyat hayotining barcha sohalariga yangicha 
innovatsion yondashuvlar, mavjud qarashlar, tushunchalar va munosabatlarni taraqqiyot ko‗zgusi va 
samaradorlik mezonlari bilan qayta ko‗zdan kechirishni taqozo etmoqda. 
Boshqaruv faoliyatining mohiyati to‗g‗risida g‗oyalar, tushunchalar, mulohazalar, uni madaniy 
tarzda amalga oshirish tamoyillari, shakllari va usullari haqida tizim mavjuddir. Insoniyat tomonidan fan-
texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi muvaffaqqiyatlar toborayotganligidan kelib chiqqan holda, 
boshqaruv faoliyatining ilmga bo‗lgan talabi ham to‗xtovsiz o‗sib boradi. Bir tomondan, fan boshqaruv 
faoliyatini konseptual boyitishdan manfaatdor bo‗lsa, ikkinchi tomondan amaliyotchi boshqaruvchilar o‗z 
faoliyatini ilmiy idrok etish, uni nazariy asoslashga intiladilar. 
Iqtisodiy rivojlanishni innovatsion yo‗naltirilganligi, texnologik yangilanishning o‗sib borayotgan 
zaruriyatini innovatsion faoliyatda tashkil qilish tamoyillari va tarkibiy-tashkiliy o‗zaro aloqalarga aniq va 
mos kelishning mumkinligini ta‘kidlaydi. Innovatsiyalarni tashkil qilish o‗z ichiga uchta asosiy jihatlarni 
oladi: 
 
innovatsion faoliyatning yangiliklarini ishlab chiqish, tatbiq etish va ta‘lim-tarbiya 
sohasini birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo‗lgan sub‘ektni; 
 
ta‘lim muassasasi innovatsion faoliyatidagi zaruriy vazifalarni bajarishga qaratilgan 
jarayonlari xarakatlarining majmuasini; 


210 
 
tizimni ichki tartibga solinganligi va uning elementlari (metodbirlashma, o‗quv-ishlab 
chiqarish majmualari, o‗qituvchilar jamoasi) o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarni takomillashuvini ta‘minlovchi 
tuzilmalarini. 
Ushbu nuqtai nazardan innovatsiyalarni tashkil qilish innovatsion faoliyatni tartibga solish jarayoni 
sifatida, sub‘ekt, o‗quv-ishlab chiqarish majmualari, ta‘lim muassasalari hamda innovatsion faoliyatda 
amalga oshiriladigan shakllar, usullar, jarayonlar tadbirlarini tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar sifatida 
tushunish kerak.
Yuqoridagi qisqacha fikrlardan kelib chiqib ta‘lim jarayoni sifatini oshirishda innovatsion 
faoliyatni samarali boshqarishda quyidagi takliflarni kiritishni lozim topdik:
1.Har qanday sharoitda ta‘limdagi sifat va samaradorlik o‗quv jarayonining qanday tashkil 
etilishiga bog‗liq. Shuning uchun ham o‗quv jarayoni belgilangan sifat mezonlariga mos kelishi 
maqsadga muvofiq.
2. fan o‗qituvchilarining kasbiy komponentlik darajasini yanada rivojlantirishga alohida e‘tibor 
talab etiladi. Ta‘lim sohasidagi kadrlarni (ta‘lim-tarbiya beruvchilarni) innovatsion faoliyatga doimiy 
yo‗naltirib borish va bu jarayonda nazoratni kuchaytirib, natijalarni amaliyotga uzluksiz tadbiq etib borish 
lozim.
3. Imkoniyat darajasida ilg‗or xorijiy tajribalarni o‗zlashtirish, amaliyotga joriy etish, o‗zaro 
manfaatli bo‗lgan xorijiy tajriba almashuvini maqsadli yo‗naltirish hamda bu tizimda mablag‗larni 
ayamaslik maqsadga muvvofiq. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati 
1. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatimizni 
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‗g‗risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018. 
Toshkent. Xalq so‗zi gazetasi. 
2. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish