O. X. Xamidov universitet rektori, rais


  XALQARO TADQIQOTLARDA O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 


105 
XALQARO TADQIQOTLARDA O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI 
BAHOLASH‖ MAVZUSIDA NOAN‘ANAVIY MASHG‘ULOT O‘TKAZISH 
Narzullayeva G. Q.,
Kogon tuman 1-IDUM 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
Mashg‘ulot tashkiliy qism bilan boshlandi. O‘quvchi soni 12 ta . 
1.Har bir o‘quvchi maxsus bosh kiyimlarga o‘zi ardoqlagan fazilatlardan birini yozib boshiga kiyib 
oladi.Masalan, samimiylik,diyonat, ahillik, rostgo‘ylik… 
O‘quvchilarga nega aynan shu fazilatni ardoqlaysiz?degan savol bilan murojajat qilinadi. 
2.Har bir o‘quvchi partasida uch xil rangdagi doirachalar bor.Qizil rang –ko‘tarinki kayfiyat 
ifodasi, ko‘k rang –yaxshi kayfiyatni ifoda etsa, sariq rang- u qadar yaxshi bo‘lmagan kayfiyatni 
ifodalaydi.Har bir o‘quvchi o‘z kayfiyatiga mos rangni tanlaydi va yuqoriga ko‘taradi. 
3.Mashg‘ulot o‘qish savodxonligiga qaratilgani bois, dastlab she‘riy satrlar tinglanadi.(Maktab, 
ilm,kitob haqida). 
4.Bugungi kun qanday tarixiy ahamiayatga ega? 
5.Kun yangiliklari eslab o‘tiladi 
6.Kun 
hikmati-Ilmdan bir 
shu‘la dilga tushgan on, Shundan bilursanki, ilm 
bepoyon.(o‘quvchilat izohi tinglanadi)Ilm olishning ahamiyati haqida gapirib o‘tiladi. 
Ilm olish uchun eng asosiy vosita nima?—muammoli vaziyat 
7.Kitob o‘qish va kitobxonlikka da‘vat qilinadi. 
8.Dastlabki topshirig‘imiz. 
‖Ot kishnagan oqshom‖o‘zbek adabiyotining zabardast vakili Tog‘ay Murod qalamiga 
mansub Marhamat matn bilan tanishing 
―Ot kishnagan oqshom‖qissasidan parcha 
Men ikki kun ot sayladim.Oboqli dashti gala-gala ot!Dasht changitib chopib yuribdi! Bir yashar 
qulunlar,uch yashar toylar, to‘rt yashar g‘o‘nonlar,besh yashar do‘nonlar!Sag‘risiga uy tashisa bo‘ladigan 
baytallar!Haybatli ayg‘irlar!.. 
Birovini ushlab old tuyoqlarini juftladim.Tuyo qlari orasidan musht urdim.Mushtim 
o‘tmadi.Bordi-yu o‘tsa,yaxshi ot bo‘ladi.Qo‘yib yubordim.Yana birovini ko‘rdim.Durustgina-yu faqat 
qorni yo‘q,bor bo‘lsa juda tor.Buniyam qo‘yib yubordim, bo‘lmaydi. 
Birodarlar, ot olsang,ho‘kiz qorindan ol, ho‘kiz olsang ot qorindan ol! 
Galani aylanib yurdim.bir bo‘zga ko‘zim tushdi.Shuni ushladim.tishlarini ko‘rdim.yoshi yettida 
bo‘lsa-da ,hali oziq tishi chiqmabdi.Aslida besh yoshida chiqadi.Demak, endi chiqmaydi.Oziq tishsiz ot 
xosiyatli bo‘ladi! 
Birodarlar, shu bo‘zga dil ketdi! 
Uch mingni naqd sanab berdim. Bo‘zni minib keldim. Omborxona oldidagi ustaxonaga olib 
bordim.Bo‘zga burov soldim:ipga tayoqcha bog‘ladim, tumshug‘idan o‘rab buradim.Burov tayoq bo‘z 
tumshug‘iga botdi.Bo‘zni qimirlatmay qo‘ydi. 
Usta bo‘z oyoqlariga nag‘al qoqdi. 
Birodarlar, asov otni taqa to‘xtatadi! 
Onamiz norozi bo‘ldi.Beti burishib-burishib og‘rindi.Labini burib ming‘irladi: 
-Otim nimam…otdan mashina yaxshi…-dedi. 
-Mashinam nimam? Oti borning- qanoti bor, - dedim. 
-Otga yemish qani? 
-Yemish?Xudo har jonivorni o‘z rizqi ro‘zi bilan yaratadi.Ot bitdi-qanot bitdi.Yemish topiladi. 
Birodarlar,mashina deganlari temir!Joni yo‘q!Joni yo‘q temir odamga el bo‘lmaydi!Temirning 
yuragi yo‘q-da!Ot odamga el bo‘ladi.Boisi,otning joni bor,yuragi bor-da! 
Birodarlar, ot azzancha xosiyatli bo‘ldsa-da, azzancha fahm-farosatli bo‘lsa-da, azzancha 
xushsuvrat bo‘lsa-da,baribir ot o‘z oti bilan ot! To‘rt oyoqli jonivor!Dumli hayvon! 
Dunyoda nima mo‘l, to‘rt oyoqli jonivor mo‘l!Duch kelmish to‘rt oyoqli jonivor qanday bo‘lsa 
shundayligicha el orasida olib kirib bo‘ladimi?Bo‘lmaydi!Avvalambor, to‘rt oyoqli jonivorni ot qilmoq 
lozim! 
To‘rt oyoqli jonivorni ot qilmishning o‘zi bo‘lmaydi.Dumli hayvonni o‘ziga el qilish barchaning 
ham qo‘lidan kelmaydi! 
Birodarlar bo‘z ot qanday bo‘ladi?Surpday oppoq bo‘ladi!bordi-yu ajdodida bo‘lsa to‘qqizga 
to‘lganda tarlon bo‘ladi.To‘;qqiz yoshda bo‘zning badanida xolday-xolday qora donalar paydo 


106 
bo‘ladi.Tarlon xol-xol ot!Tarlon otlar sarasi!Birodarlar to‘riq otning yuzdan biri yaxshi bo‘ladi,tarlon 
otning yuzdan biri yomon bo‘ladi! 
Birodarlar ot tanimasang tarlon ol!
I.Matn topshiriqlari 1-darajali savollar 50 balli (yakka tartibda) 
1.Chavandoz qayerga borib ot saylaydi? 
A.Oboqli dashtiga B.Oboqli tog‘iga C.Oboqli bozoriga D.Oboqli adiriga 
2.Chavandozning dili ketgan ot necha yoshda edi va u otning yoshini qanday aniqlaydi? 
A.5 yoshda tuyoqlaridan B.7 yoshda tishidan C.6 yoshda qornidan D.7 yoshda yollaridan 
3.Chavandozga ot saqlashi uchun kim qarshilik qiladi? 
A.Onasi B.Xotini C.Do‘sti D.Otasi 
4.Chavandoz otni sotib olgach,dastlab nima qiladi? 
_______________________________________________________________________ 
II matn topshiriqlari(2 balli-juftlikda) 
1.Oti borning……..bor. Ot bitdi-…bitdi.Matnda keltirilgan maqollarda nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. 
2. Otning odamga el bo‘lishini chavandoz qanday isbotlaydi? 
_______________________________________________________________________________
______________________________________________________________ 
3.Bo‘z ot qanday ot?Ikkita dalil keltiring. 
_______________________________________________________________________________
_______________________________________________________________ 
4.Otlar insoniyatning qanday ehtiyojlari uchun zarur?Uchtagacha misol keltiring. 
_______________________________________________________________________________
____________________________________________________________ 
5.Ot obrazi tasvirlangan qanday kino,badiiy asarlarni bilasiz? 
_______________________________________________________________________________
_______________________________________________________________
III Matn topshiriqlari(3 balli guruhda ishlash) 
1.Moslikni toping 
1.Bir yashar ot 
A)do‘non 
2.Uch yashar ot 
B)qulun 
3.To‘rt yashar ot 
C)g‘o‘non 
4.Besh yashar 
D)toy 
2.Otga burov solish tartibi qanday?Ketma –ketlikda yozing. 
1.______________________________________________________________________ 
2._____________________________________________________________________ 
3._____________________________________________________________________ 
3.Tasavvur qiling qo‘lingizga pul berib ot bozoriga kirgizib yuborishdi qanday otni tanlagan bo‘lar 
edingiz?__________________________________________ 
4.Chavandozning ―Tarlon ot otlar sarasi‖ degan qarorga kelishiga nima sabab bo‘ldi? 
_______________________________________________________________________ 
5.Matndan kelib chiqib chavandoz qanday inson ekanligi haqida o‘z fikringizni bildiring. 
____________________________________________________________________________
______________________________________________________________ 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish