O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN 
FOYDALANISH 
U.A.Masharipova, PhD, dotsent 
A.Abdualimov, magistrant, TDPU 
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv 
jarayoniga qoʻllashga boʻlgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Innovatsion pedagogik 
texnologiyalar ta‘lim jarayonida sifat-samaradorligini oshiradi, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash 
jarayonini shakllantiradi. Oʻquvchilarda mavzuni oʻrganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni 
mustahkamlash, oʻzlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish koʻnikma, malakalarini 
shakllantiradi. 
Lugʻaviy jihatdan ―innovatsiya‖ tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda ―yangilik kiritish‖ 
degan ma‘noni anglatadi. Innovatsion ta‘lim ‒ ta‘lim oluvchida yangi gʻoya, me‘yor, qoidalarni yaratish, 
oʻzga shaxslar tomonidan yaratilgan ilgʻor gʻoyalar, me‘yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, 
malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta‘limdir. Pedagogik texnologiya deganda, ta‘lim 
funksiyasini amalga oshirishdagi san‘at va mahorat tushunilib, u juda qulay usullar asosida 
oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga asos boʻladi. 
Barcha umumta‘lim maktablarda boshlangʻich ta‘lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy 
pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga tatbiq etish, ilgʻor ish tajribalarini 


91 
ommalashtirishni taqozo etadi. Boshlangʻich ta‘limda innovatsiya va axborot texnologiyalarning asosiy 
vazifalari: 
‒ ta‘lim-tarbiya jarayonini umumiy, yaxlit ishlab chiqish; 
‒ ta‘lim-tarbiya jarayonida hal etilishi lozim boʻlgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash; 
‒ ta‘lim-tarbiya jarayoni mazmunini ishlab chiqish; 
‒ ta‘lim-tarbiya jarayonida ta‘lim oluvchining erkin, mustaqil faoliyat koʻrsatish uchun muayyan 
shart-sharoitlarni yaratish hamda koʻnikma va malakalarni shakllantirish; 
‒ ta‘lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish; 
‒ kadrlar tayyorlash Milliy dasturi maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarish; 
‒ fan-texnika taraqqiyotidagi axborotlarni yoshlarga yetkazishni tezlashtirish. 
Boshlangʻich sinflarda innovatsiya va axborot texnologiyalardan foydalanish quyidagi 
imkoniyatlarni beradi: 
‒ oʻquvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtirish, oʻquv materialini oʻzlashtirish sifatini va 
ta‘lim samaradorligini oshirish; 
‒ tayyorgarlik darajasi turli boʻlgan oʻquvchilarga nisbatan differensial yondashish hamda darslarni 
yuqori estetik darajada tashkil qilish (musiqa, animatsiya) 
‒ oʻquvchilarning atrof-muhitdagi axborot oqimlarini tanlash qobiliyatlarini rivojlantirish, tasviriy 
ifodalash usulidan amaliy faoliyat koʻrsatish turiga oʻtish, bu tarzda oʻquvchi oʻquv jarayonining 
sub‘ektiga aylanadi. 
Boshlangʻich sinfni mazmunan modernizasiya qilish, ilgʻor tajribalar asosida oʻqitish jarayoniga 
innovasion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, bunda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e‘tiborni 
qaratgan holda boshlangʻich talimning sifat-samaradorligini tubdan yaxshilash xalq ta‘limi faoliyatining 
ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab olingan. 
Boshlangʻich ta‘lim samaradorligini oshirish uchun oʻquvchilarni oʻyin faoliyatidan oʻquv-biluv 
faoliyatiga oʻtishlarini ta‘minlashga xizmat qiladigan innovatsion metodlar majmuini yaratish talab 
etilmoqda. Didaktik oʻyinlar boshlangʻich ta‘limda oʻqitishning muhim metodi sifatida alohida mavqe 
egallashi kerak. Didaktik oʻyinlar oʻquvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, 
oʻlchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki 
jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob, nutq oʻstirish, til oʻrgatish, yangi bilimlar oʻrgatish va boshqa 
faoliyat turlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻyinlarga ajratiladi.
Darslarni didaktik oʻyinlar vositasida olib borish bolalarning aqliy faoliyatga tezroq kirishishlari va 
adaptatsiya hosil qilishlariga ham koʻmak beradi. Yangi dars boshlanishida yoki oʻtgan darsni 
mustahkamlash paytida didaktik oʻyinlardan foydalanib, oʻquvchilarning darsga boʻlgan qiziqishlarini 
oshirish mumkin. Quyida 2-sinf ona tili darsi ―Tovushlar va harflar‖ boʻlimida qoʻllash mumkin boʻlgan 
oʻyin namunalarini keltiramiz. 
1.―Soʻzni toping‖ ta‘limiy oʻyin. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish