O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BAHOLASH TIZIMINING MAKTAB O‘QUVCHILARIGA PSIXOLOGIK TA‘SIRI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BAHOLASH TIZIMINING MAKTAB O‘QUVCHILARIGA PSIXOLOGIK TA‘SIRI 
Hayitboyeva Z. O. Nukus Davlat Pedagogika 
instituti 
,,Pedagogika 
va 
psixologiya‟‟ 
mutaxassisligi 1-bosqich magistranti 
Har bir inson bu dunyoda nimagadir erishish maqsadida harakat qiladi. O‘z harakatlari evaziga 
albatta munosib tarzda mukofot oladi. Rag‘batlantirishlar insonni yana harakatga, olg‘a yurishga undaydi. 
Shu tarzda inson yutuqqa erishaveradi, rivojlanaveradi. Hozirgi kunda mamlakatimiz rivojlanish yo‘lida 
borar ekan, juda ko‘plab islohotlarni amalga oshirmoqda. Yangidan-yangi qarorlar ishlab chiqib ularni 
amalga tadbiq etmoqda. Shu o‘rinda ta‘lim jarayonida ham misli ko‘rilmagan darajada rivojlanishlar 
ko‘zga tashlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida, 
davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta‘lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi 
xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalasini alohida ta‘kidlab o‘tdi. Shunga 
asoslanib yurtimizning juda ko‘plab joylarida ,,Xalqaro baholash dasturlari-ta‘lim sifatini oshirishning 
muhim omili‘‘ mavzularida seminar-treninglar tashkil qilina boshlandi. Bundan maqsad shuki, albatta 


44 
ta‘lim jarayonini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirish, o‘y-tafakkurini 
kengaytirish, bilish jarayonlarini mustahkamlash, shu bilan birgalikda barchani faollikka undash bo‘lib 
hisobolanadi. Biz bilamizki, o‘quvchilarning bilimiga, harakatiga qarab ularni baholash tizimi yo‘lga 
qo‘yilgan edi. Bu qaysidir ma‘noda o‘quvchilarni o‘qishga undash, ularni rag‘batlantirish, mukofotlash 
ham edi. Endilikda bu baholash tizimi yanada sayqallandi, kengaytirildi. Mamlakatimizda dunyoda ta‘lim 
sifatini baholash bo‘yicha yetakchilik qilib kelayotgan xalqaro baholash dasturlari, jumladan, PISA ( 15 
yoshli o‘quvchilarning savodxonligini baholash), PIRLS ( 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish 
darajasini baholash ) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi. Bugungi kunga qadar PISA va PIRLS 
doirasida tajriba-sinov o‘tkazish uchun 200 dan ortiq topshiriqlar guruhi tarjima qilinib, xalqaro 
lingvistika markazlari tasdig‘idan o‘tkazildi.
Bunday dasturlar: ,,Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash‘‘, 
,,Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini baholash‘‘, ,,Xalqaro tadqiqotlarda 
o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash‘‘ nomli metodik qo‘llanmalar xalqaro 
baholash dasturlari haqida umumiy tushunchalar, asosiy tamoyillar haqida ma‘lumotlar berish va 
o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan topshiriqlardan na‘munalarni hamda 
ularni baholash mezonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu qo‘llanmalarning ahamiyati shundaki, 
ulardagi topshiriqlar namunalari respublikadagi bir nechta maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazilib, 
takomillashtirilgan holda nashr etila boshlandi. Ulardan sinfdan tashqari va to‘garak mashg‘ulotlari 
davomida yoki mustaqil ravishda o‘quvchilarning savodxonligini oshirish, berilgan topshiriqlarni yechish 
orqali ularning ijodiy, mantiqiy fikrlash va hayotiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, 
shuningdek, 2021-yilda o‘tkaziladigan xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishga 
tavsiya etildi.
Bu dasturlarga alohida to‘xtalib o‘tadigan bo‘sak: PIRLS ( Progress in International Reading 
Literacy Study-xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish)- bu turli mamlakatlarda 
boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini 
baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda 1 marta o‘tkazishga 
mo‘ljallangan.
PISA-o‘quvchilarni ta‘limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi. ( Inglizcha –Programme for 
international Student Assesment ) turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini ( o‘qish, 
matematika, tabiiy fanlar ) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur bo‘lib 
bunda barcha fanlar bo‘yicha yoshiga mos tarzda baholanadi, savodxonligi o‘rganib chiqiladi. Bu dastur 3 
yilda 1 marta o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda 1-marta qo‘llanilgan. PISA 
da o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
Tadqiqot yo‘nalishlari: 
1. 
O‘qish savodxonligi 
2. 
Matematik savodxonlik 
3. 
Moliyaviy savodxonlik 
4. 
Komputer savodxonligi 
5. 
Tabiiy-ilmiy savodxonlik 
Qo‘shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston 2021-yilda 3 ta ( o‘qish savodxonligi, 
matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik ) yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
TIMSS-maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring. Bunda 
e‘tibor asosan matematika, aniq fanlarga qaratiladi.
ICILS-komputer va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro tadqiqot.
Bu dasturlar albatta O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lida ekanligidan dalolat beradi. Chunki biz o‘z 
bilimimiz, tafakkurimiz orqaligini butun jahonni zabt etishimiz mumkin. Ana shu bilim esa albatta 
oiladan, maktabdan boshlanadi. Shunday ekan, maktab davri o‘quvchilarini har tomonlama yetuk qilib 
tarbiyalash faqat o‘qituvchining emas, balki, butun jamiyatning asosiy vazifasidir. Ana shu masala 
yuzasidan biz har bir o‘quvchini, ularning har bir davridagi o‘zgarishlarini ko‘zdan qochirmasligimiz 
kerak. O‘quvchida yuz berayotgan ijobiy va salbiy jarayonlarni, psixologik o‘zgarishlarni e‘tibor bilan 
o‘rganishimiz kerak. Psixolog sifatida shuni aytib o‘tmoqchimanki, bolaning har bir davri o‘zgacha 
o‘tadi. Shulardan alohida ajralib turadigan davri bu o‘smirlik davridir. Bunda bola bola bo‘lib bola emas, 
katta bo‘lib katta emas hisoblanadi. Ya‘ni bu davr ,,o‘tish davri‘‘, ,,qiyin davr‘‘, krizis davr‘‘ deb ham 
ataladi. Bu davrda bolada asosiy o‘rinni muloqot, o‘qish va mehnat faoliyati egallaydi. Ularni o‘qishga 
yo‘naltirish ham muloqotga o‘tishi ham tezlik bilan ro‘y beradi. Yoki aksincha hech qaysisisni 
ishlamaslik holatlari ham kuzatilib turadi. Ayna shu davrda biz kattalar ularni bee‘tibor qoldirmasligimiz, 
ularni to‘g‘ri yo‘lga solishimiz lozim. O‘qishga undash ham albatta o‘smirlarning yonidagi kattalarga 


45 
bog‘liq. Biz yuqorida aytib o‘tgan dasturlar albatta bolaga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Bu 
dastur o‘z navbatida ijobiy bo‘lishi ham salbiy bo‘lishi ham mumkin. Agar bolaga salbiy ta‘sir etadigan 
bo‘lsa bola o‘qishdan tezda sovib keta boshlaydi. Bora-bora bolani o‘qishdan bezishiga olib keladi, stress 
holatiga ham solishi mumkin. Stress ga tushgan bola qiziqishi susayib, atrofdagilarga emotsiyalari 
o‘zgara boshlaydi. Bunday holning oldini olish uchun biz bolalar bilan ta‘limga yo‘naltiruvchi, maqsad 
qo‘yishga undovchi psixologik treninglar o‘tkazishimiz bola bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishimiz kerak 
bo‘ladi. Bu dasturlar to‘g‘risida bolalarga qiziqarliroq qilib ma‘lumotlar berishimiz, bosqichma-bosqich 
bu dasturlarga tayyorlab borishimiz kerak bo‘ladi. Chunki bola to‘satdan kelingan ma‘lumotni boshqacha 
qabul qiladi. Unda hayajonlanish, qo‘rqish hollari yuzaga keladi. Ma‘lumotlar unga og‘irlik qilishi yoki 
salbiy ta‘sir qilish ehtimollari ham mavjud. Albatta, biz bolada bo‘ladigan barcha jarayonlarni oldindan 
hisobga olib borishimiz lozim. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta‘limda bo‘layotgan o‘zgarishlar, rivojlanishlar barchani 
quvontiradi. Dasturlarning yo‘lga qo‘yilishi, xalqaro baholash tizimining targ‘ib qilinishi ham 
qadamimizni ildamroq bosishimizga turtki bo‘ladi. O‘smirlarning ham xalqaro baholash tizimida yuqori 
natijalar ko‘rsatishi uchun biz ulardek bo‘lishimiz, ularning o‘rniga o‘zimizni qo‘yib bilgan holda ularga 
yordam berishimiz lozim bo‘ladi. Zero, mamlakatimiz birdamlikni, ahillikni olg‘a suruvchi mamlakat 
ekan barchamiz bu yo‘lda birdek mas‘ul shaxslarmiz.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutqi 
2. 
Z.T.Nishanova, N‘G‘.Komilova, D.U. Abdullayeva, M.X.Xonnazarova- ,,Rivojlanish 
psixologiyasi pedagogik psixologiya‘‘ nashr Toshkent 2017-y. 243-247-bet 
3. 
www.Ziyonet.uz 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish