Bir valentli kationlar qatorida vodorod mustasnodir. Tuproqning vodorodni singdirish darajasi kaltsiyning singdirish darajasiga qaraganda to’rt marta, natriyning singdirish energiyasiga qaraganda esa o’n yetti marta ortiqdir.
Kationlarning bir qismi zarra bilan mustaxkam aloqaga kirishib, almashinmaydigan shaklga o’tib oladi va uni boshqa kationlar siqib chiqara boshlaydi. Kaliyning ancha qismi almashinmaydigan shaklga o’tib oladi va tuproqda mustahkam o’rnashib qoladi. Magniy ham huddi shundaydir.
Singdirilgan asоslarning tarkibi tuproqlarning ko’pgina eng muhim kimyoviy va fizik xossalarini belgilaydi. Akademik K.K. Gedroyts tuproqlarni asоslarga to`yingan va to’yinmagan tuproqlarga ajratdi. Asоslarga to`yingan tuproqning singdiruvchi kompleksida Ca, Mg, K va Na bo’ladi, asоslarga tuyinmagan tuproqning singdiruvchi kompleksida esa vodorod bo’ladi. Qora tuproq, qashtan tuproq va qo’ng’ir tuproq, bo’z tuproq, sho’rtob, sho’rxoq, sur tusli qo’ng’ir tuproq, taqirlar hamda dasht va Cho’llardagi gidromorf o’tloq va botqoq tuproqlar asоslar bilan to`yingan tuproqlarga, podzol tuproq chimli-podzol tuproqlar, sur tusli o’rmon tuproqlari, podzollashgan qora tuproqlar, qizil tuproqlar va botqoqli tundra tuproqlari esa asоslarga to’yinmagan tuproqlarga kiradi.
Ikki valentli kaltsiy bilan to`yingan tuproqlar reaqtsiyasi kuchsiz ishqoriy yoki neytraldir. Tuproqning Ca bilan to`yingan kolloid-loyqa qismi elektrolitik potentsialining pastligi bilan xaraterlanadi. Kolloidlar elektrolitlar ta’sirida qaytarilma koagulyasiya holatiga o`tadi, shuning uchun ular tuproqqa mustxkam o’rnashib qoladi. Buning natijasida tuproqning maksimal gigroskopikligi past bo’ladi, suvning shimilishi hamda filtratsiyasi tezlashadi va suv kapillyarlardan sust ko`tariladi. Ca ga to`yingan tuproqning bo’kishi, plastikligi, yopishqoqligi va qovushqoqligi kichik bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu esa tuproqni anchagina ko’proq namligida xam ishlash imkonini beradi. Quriganda tuproqlarning qisilishi va bosilishiga ko’rsatgan qarshiligi kamayadi, natijada tuproq yaxshi uvalanadi.
Natriy tuproqlarga singdirilgan asоslar o’rtasida aloxida o’rin tutadi. Singdirilgan natriy sho’rtob hamda sho’rxok tuproqlarga xosdir. Dasht va Cho’llardagi qora tuproq, kashtan tuproq, qo’ng’ir tuproq va sur tusli qo’ng’ir tuproqlar, shuningdek taqir tuproq va ayrim o’tloq tuproqlarda ham singdirilgan natriy uchraydi. Singdiruvchi kompleksdagi natriy miqdori tuproq singdirish sig’imining 5 foyizidan oshmaydi va u tuproqlarning xossasiga ta’sir etmaydi, ayrim xollarda esa tuproq unumdorligi uchun foydali hamdir. Bordiyu singdirilgan natriy miqdori 5 % dan ortiq bo’lsa, tuproq unumdorligi pasayadi, bundan xam ortiq bo`lganda tuproq dehqonchilik uchun yaroqsiz bo’lib qoladi.
Natriy suv bilan reaksiyaga kirishganda uning bir qismi tuproqning singdiruvchi kompleksidan chiqadi va eritmaga o’tib, pH ning 9-10 gacha oshishiga sabab bo’ladi.
Ph bu qadar yuqori bo`lganda ba’zi bir sho’ralardan boshqa ko’pchilik o’simliklar nobud bo’ladi. Bundan tashqari, singdiruvchi kopleksdan siqib chiqarilgan natriy suvda erigan CO32- yoki HCO3- bilan reaksiyaga qirishib o’simlik xujayralarini yemiradigan natriy korbonat va natriy bikorbonatni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: