9.1.3. Kolloid zarrachalarning holatlarini ta’riflab bera oladi.
9.1.4. Peptizatsiya, kaogulyatsiya jarayonlarini tushuntirib bera oladi.
1-asоsiy savolning bayoni.
Tuproq turli katta-kichik zarralardan iboratdir. Ana shu zarralar O’rtasida bo’shliqlar yoki kovaklar bo’lib, ular suv va havo to`ladi. Tuproqning qattiq, suyuq va gaz fazalari o’zaro kimyoviy, fizik hamda kimyoviy-fizik ta’sirda bo’ladi Bundan tashqari, tuproq atmosfera,gruntlar hamda grunt suvlari bilan xam o’zaro ta’sirda bo’ladi. Bundan tashqari, tuproq atmosfera, gruntlar hamda grunt suvlari bilan xam o’zaro ta’sirida buladi.
V.I. Vernadskiyning aniqlashicha, tuproq yerning maxsus termodinamik qobig’i sifatida o’simliklar tomonidan quyosh nurining assimilyasiya qilinishi tufayli to’plangan energiya kondensator xisоblanib, u yuqori energetik potentsialga egadir. Tuproqlarda kechadigan kimyoviy, fizik va kimyoviy-fizik protsesslarning xilma-xilligi hamda murakkabligi ana shunga bog’liqdir. Tuproqda to’planadigan energiya zapasi litosfera, atmosfera va gidrosfera qobiqlariga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Tuproq bilan geosfera o’rtasida energiya almashinuvi bo`lgani kabi ular orasida modda almashinuvi ham bo’ladi.
Masalan, atmosfera suv va gazlar manbai, litosfera esa moddalar manbai bo’lib, bu moddalar tuproqqa litosferadan eritma shaklida tushadi.
Shuning uchun ham tuproqdagi qattiq, suyuq va gaz moddalarning tarkibi hamda miqdori doimo o’zgarib turadi. Tuproqning suyuq va gaz fazalari ayniqsa ko’p o’zgarib turadi. Tuproqning qattiq qismi kimyoviy nuqtai nazardan passivroqdir.
Kolloidlar dispers faza deb atalgan mayda dispers moddalardan tashkil topgan va bularni saqlagan suyuq moddadan iborat aloxida sistemadir.
Zarralarning betidagi ionlarning zaryadiga ko’ra xar qanday zarra musbat, yoki manfiy zaryadli bo’ladi. Bu erkin kuchlar tevarak-atrofdagi suyuqliqlardan teskari ishora bilan zaryadlangan ionlarni tortib olishi va ularni maxkam tutib turishi mumkin. Kolloid zarra-mitsella-qristall yoki amorf modda xoldagi yadrodan iboratdir.
Yadro sirti ichki qoplam hosil qiluvchi musbat yoki manfiy ionlar bilan qoplangan bo’ladi. Bu ionogen qatlam yadro sirtidagi molekulalarning dissоtsiatsiyasi yoki tevarak-atrofdagi muxitdan ionlarning qo’shilishi natijasida hosil bo’ladi.
Zarraning manfiy yoki musbat zaryadli bo’lishi ichki qobiqqa bog’liq. Ichki qobiqning tortish kuchi tufayli tutib turilgan dissоtsiyalashgan ionlar teskari zaryadli ionlardan tashkil topgan ikkinchi qatlamni vujudga keltiradi. Ichki qoplam bilan yopishib turgan pardaning tashqi ionlari mustaxkam birikkan bo’lib, harakatchan emas.
Qoplamning tashqi qismidagi ionlar harakatchan bo’lib diffuziv qatlamini hosil qiladi.
Yadro potentsial chegaralovchi qatlam bilan birga granula deb ataladi. Granula va ularga qo’zg’olmaydigan bo’lib birikkan kompentsiyalovchi ionlar zarra deb ataladi. Zarralar diffuziv qatlam bilan birga tuproq mitsellasi deyiladi. Mitsellaning atrofidagi suyuqlik intermitsellyar suyuqlik deb ataladi.
Eritmadagi tuzlar kontsentratsiyasi oshganda zaryadlar kamayadi. Diffuziv qatlamdagi ionlar sоni yadro tarkibiga, molekulalarining dissоtsiatsiyalanish darajasiga, tuproq reaksiyasi va namligiga bog’liqdir. Masalan, ishqorli muxitda nordon muxitdagiga qaraganda ionlar ko’proq bo’ladi.
Bir xil zaryadli qolloid zarralar bir-birini itaradi, xar xil zaryadli kolloid zarralar esa bir-birini tortadi. Kolloid moddalar ikki holatda bo’ladi. Kolloid zarralar esa bir-birini tortadi.
Kolloid moddalar ikki holatda bo’ladi. Kolloid zarralar suyuqlikda barqaror suspenziya hosil qilib ajralsa, u xolda bunday sistema kolloid eritma yoki zol deb ataladi. Kolloid zarralar bir-biri bilan to’qnashib birlashsa, ikkilamchi zarralar-agrelar hosil qilsa, bu agregatlar parcha-parcha bo’lib yoki poroshok tarzida cho’ksa, kolloidlarning bunday holati gel deyiladi. Qolloidlarning qoagulyatsiya protsessi elektrolitlar ta’sirida zaryadlari yo’qolganda yoki muayyan nisbatlardagi teskari zaryadli kolloidlarning o’zaro ta’siri, shuningdek ularning qurishi, yuqori hamda past haroratning ta’siri va kolloidlarning eskirishi natijasida sоdir bo’ladi. Koagulyatsiyaga teskari protsess ya’ni muxit ishqorlanganda kolloidlarning gel holatidan zol holatiga o’tishi peptizatsiya deyiladi. Tuproq kolloidlarining ko’pgina qismi agregatlar yoki tuproqdagi yirikroq zarrachalarning sirtlarini o’rab olgan pardalar shaklida uchraydi. Kolloidlar yopishtirish qobiliyatiga ega bo’lib, koagulyatsiya tuproq zarralarini bir-biriga yopishtirib biror shakldagi va turli katta-kichiklikdagi strukturali bo’laklar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |