O ’tilladi gan sana o ’tilgan



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/148
Sana01.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#286525
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   148
Bog'liq
Adabiyot-togarak

IX-Darsning  rejasi:

a)  o'tilgan  mavzuni  takrorlash 

b)  yangi  mavzu  bayoni 

c) 


mustaxkamlash. 

d) 


O'quvchilarni 

baxolash


X-O'tilganlarni  takrorlash:

1.  Usmon  Nosir  hayoti  va  ijodi  qaysi  jihatlari  bilan  Sizda  ko‘proq 

taassurot  qoldirdi?

2.  Aksariyat shoirlar ijodida tabiatga qayta-qayta murojaat etilishining 

sababi  nimada,  deb  o‘y!aysiz?

3.  Biz yashaydigan olamni  «ona yer»,  «ona tabiat»  deb atashimizning 

boisi  nimada?

XI-Yangi  mavzu  bayoni:

0 ‘tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning Do‘mbirobod mahdlasida 

tug‘ilgan.  Yoshligidan  ilmga,  adabiyotga,  san’atga  qiziqqan  bo‘lajak 

yoziivchi 5-sinfda o‘qib yurgan vaqtidayoq, demak, Siz tengi yoshlarida 

she’r mashq qila boshlagan edi. Dastlabki kitobi esa yozuvchining talabalik 

yillariga  to‘g‘ri  keladi.  Octkir  Hoshimov  hayot  qozonida  qaynagan, 

yozuvchi  sifatida  hayotdan  bir  qadam  ham  ajramay  qalam  tebratgan 

ijodkor.  U  amaliy  va  ijodiy  ishni  baqamti  olib  bordi.  Adibning  hayot 

yo‘liga  diqqat  qiladigan  bo‘lsak,  u  xat  tashuvchi,  musahhih,  muxbir, 

gazetada  bo‘lim  mudiri,  nashriyotda  va jurnalda  bosh  muharrir  kabi 

bosqichlami bosib o‘tganiga guvoh bo‘lamiz. Keyingi yillarda bir necha 

marta xalq deputatligiga saylangan adib Oiiy Majlisda qo‘mita raisi sifatida 

ham  faoliyat  ko‘rsatgan.  Biroq  bir  lahza  bo‘lsa-da,  adabiy  ijod  bilan

21



aloqani uzgani  yo‘q.  Keyingi  8— 10-yilda  ham  adibning  qator sermaz- 

mun  kitoblari,  publitsistik  maqolalari  chop  etildi.  Hozirda  adibning 

«Urushning  so‘nggi  qurboni»,  «Muhabbat»  kabi  ko‘plab  hikoyalari, 

«Nur borki,  soya  bor»,  «Ikki  eshik  orasi»,  «Tushda  kechgan  umrlar» 

nomli  romanlari,  «Odamlar  nima  derkin»,  «Shamol  esaveradi»,  «Ikki

karra  ikki  besh»,  «Bahor  qaytmaydi»,  «Dunyoning  ishlari»  nomli 

qissalari respublikamiz va xorijda sevib o‘qilmoqda. «Qatag‘on», «Inson 

sadoqati»,  «To‘ylar muborak» dramalari mamlakatimiz teatrlarida sah- 

nalashtirilgan.  Respublika radiosida efirga berilayotgan, televideniyasida 

ko‘rsatilayotgan bir qancha radio va telespektakllar ham hassos yozuv- 

chimiz  asarlari  asosida  yaratilgandir.  Bugun  xalqimiz  0 ‘tkir  Hoshi- 

movni ulkan adib,  o‘tkir nafasli jumalist, faol siyosatdon arbob sifatida 

taniydi,  hurmat  qiladi.  Bu  hurmatning  boisi  uning  biz  yuqorida  tilga 

olgan  asarlari,  jo‘shqin  ijtimoiy  faoliyatidir.

Bolalar,  bugun  Siz  bilan yozuvchining  «Dunyoning  ishlari»  qissasi 

haqida gaplashamiz va  Sizga bu  asarni to‘liq  o‘qib  chiqishni  maslahat 

beramiz.  Chunki mazkur asar eng ezgu,  eng samimiy tuyg‘ular haqida, 

eng e’zozli  zot — ona to‘g‘risida hikoya qiladi.  Onaning qanday inson 

ekanligini  yaxshi  bilamiz.  U  insonga  hayot  beradi,  yuvib-taraydi, 

tarbiyalaydi. Ona uchun eng to‘tiyo narsa, o‘g‘ilmi-qizmi, uning farzandi. 

Ona  o‘z farzandi uchun hamma narsaga,  hatto jonini  qurbon  qilishga 

ham tayyor.  Shuning uchun bo Isa kerak,  ona haqida behisob she’rlar 

to‘qilgan,  dostonlar,  katta-katta  asarlar  bitilgan.  Kichik  maqollardan 

tortib, muborak hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi. 0 ‘tkir 

Hoshimovning  bu  asari  har  biri  o‘ziga  mustaqil  sujetli  hikoyalardan 

tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», 

«Alla»,  «Oltin  baldoq»,  «0‘ris bolaning  oyisi»,  «Iltijo»  kabi  hikoyalar 

kishini befarq qoldirmaydi, ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga, 

jon fido qilishga tayyor, shaiqona axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam 

etgan Ona madh etiladi.  Barcha hikoyalar mazmuni  ona obrazi tofayli 

yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorliklardan 

xoli.  Shu tufayli ham katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi.  Bu qissa, 

oqsoqol  adibimiz,  0 ‘zbekiston  Qahramoni  Said  Ahmad  aytganidek, 

«...dostondek o‘qiladi.  Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz...»




Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish