Adabiyot
fa n i to'garak ish rejasi.
№
M A V ZU LA R
soat
O ’tilladi
gan sana
O ’tilgan
sana
1
Adabiyot so'z san'ati.
1
2
Ezop. “Yovvoyi echkilar bilan cho’pon”
1
3
Hamid Olimjon “Oygul bilan Baxtiyor”.
1
4
Maqsud Shayxzoda “ Iskandar Zulqarnayn”
1
5
Shukrullo “Umr haqida ertak”
1
6
Hans Kristian Adersin.
1
7
Abdulla Qodiriy “Uloqda”
1
8
G’afur Gulom. “Mening o ’g’rigina bolam”
1
9
Usmon Nosir “Bolaligimda”
1
1 0
O’tkir Xoshimov “Dunyoning ishlari”
1
11
Mirtemir. “Bulut”
1
12
Ibroyim Yusupov.
1
13
Alisher Navoiy.
1
14
Zahiriddin Muhammad Bobur.
1
1 5
Muqimiy
1
1 6
Sad’iy Sheroziy
1
1 7
Hamza Hakimzoda Niyoziy.
1
1 8
Erkin Vohidov
1
1 9
Abdulla Oripov
1
2 0
O’lmas Umarbekov.
1
21
Turob To’la
1
2 2
Janni Rodari.
1
2 3
Odil- Yoqubov
1
2 4
Said Ahmad
1
2 5
Musa Jalil.
1
2 6
Gulxaniy
1
2 7
Avaz O ’tar.
1
2 8
Abay
1
2 9
Zulfiya
1
3 0
Pirimqul Qodirov
1
31
Tog’ay Murod.
1
3 2
Jumaniyoz Jabborov.
1
3 3
Chingiz Aytmatov
1
3 4
Shulcur Xolmirzayev
1
I-Sana_________
Sinf-_____________
1
Tekshirdim _________
III-Darsning mavzusi:
A dabiyot so'z san'ati.
IV-Darsning m aqsadi:
Ta'lim iy m aqsad - A dabiyot so’z san'ati haqida ilmiy tu sh u n ch alar berish
Tarbiyaviy maqsad - O'quvchilarni
o'z
maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash. Bir-
birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani
bajarishda mahsuliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - O'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish, guruxlarda
ishlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrni aniq
ifodalashga o'rgatish, til madaniyatini o'stirish.
V-Dars
turi: Yangi tishuncha va qonunlarni o'rgatuvchi dars.
VI-Darsda foydalaniladigan metodlar: Hamkorlik texnologiyasi, "Aqliy hujum",
VII-Darsda foydalaniladigan jihozlar: ko'rgazmalar
VIII-Tashkiliy qism:
a)salomlashilsh
bjnavbatchi axboroti
c)davomatni aniqlash
d)uyga vazifani tekshirish
IX-Darsning rejasi:
a)o'tilgan mavzuni takrorlash
b) yangi mavzu bayoni
c)mustaxkamlash.
d) O'quvchilarni baxolash
X-O'tilganlarni takrorlash:
1. Hozirga qadar o‘qigan adabiy asarlardan qaysi bin Sizga eng kuchli
ta’sir qilgan? Bu ta’sirning sababi nimada, deb o‘ylaysiz?
2. Ko‘chalar, metro bekatlari, teatrlar, shahar va qishloqlar, turli
davlat mukofotlarining kocpchiligi shoir-yozuvchilar nomiga
qo‘yilishining sababi nimada ekan?
3. Adabiy asar bilan muallim darsi o‘rtasida qanday o‘xshash va
farqli tomonlar bor? Fikringizni aniq misollar bilan tushuntirishga
harakat qiling.
XI-Yangi mavzu bayoni:
*
Qimmatli farzand, o‘zingiznmg uch-to‘rt yasharlik paytingizni eslay-
sizmi? Yodingizda bo‘lsa, u paytlar televizorda beriladigan turli-tuman
ko£rsatuvlar Sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz,
ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko‘ra ertak
eshitishni ko£proq yaxshi ko£radi.
Shunday ham bo£ladiki, buva va buvilar, ota va onalar har kuni
aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o£nlab marotaba
qayta aytilsa ham bolajonlar jon qulog‘i bilan eshitaveradi. Ularga ertak
voqealari yod bo‘lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ko‘zlarini katta-
katta ochgancha, bir nuqtaga tikilib ertak eshitishdan zerikmaydi.
3
Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she’rlar
odamni bu qadar o£ziga tortadi, deb o£ylab ko£rganmisiz?
Keling, shu savolga birgalikda javob topaylik.
To‘rt yildan buyon maktabga qatnab bilib oldingizki, odarn bolasi
boshqa mavjudotlardan o‘zining fikrlay olishi bilan farq qiladi. U nafaqat
o‘ylaydi, fikrlaydi, balki bu fikr-o‘ylarini so‘ziar orqali boshqalarga
ham bildira oladi.
Odamlar fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Bunda
ular nafaqat oqni qoradan, yaxshini esa yomondan ajratadi, balki nar-
salar orasidagi o‘xshash, bir-birini takrorlovchi jihatlami ilg‘aydi. Mana
shu solishtirish jarayonida obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi yuzaga
keladi.
«Obrazli fikrlash» degan ibora Sizga sal og‘irlik qilayotgan bo£ Isa,
buni bir sodda misol bilan tushuntiramiz.
Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e’tibor bering. Ular
osmondagi bulutlarga qarab Sizga goh chopib borayotgan otni, goh
ulkan odam qiyofasini ko‘rsatadilar. Bir sinchkov bola barg ustida
sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlog‘ining chekkasidan o‘tadigan
poyezdga o'xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan
dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan
uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga o‘sha narsalaming surati —
timsolini keltiradi. Qo‘lidagini xayolidagiga o‘xshatib yasashga urinadi.
Ertaklarda esa mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang ko‘-
rinishlari aks etadi. Ertak qahramonlari so‘z va obrazli ifodalar yorda-
mida ko‘z oldingizda jonlanadi, turli sarguzashtlami boshdan kechiradi.
Voqealar shunday qiziqarli hikoya qilinadiki, o‘zingizni xuddi ulaming
ishtirokchisidek his qilasiz,
Demak, odamlaming tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga
qiyoslash, hamma narsani so‘z yordamida jonlantirishga moyillik, so‘z
san’atiga — adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak
bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi!
Ana endi ertak, she’r, hikoya ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan
adabiyot — so‘z san’atining o‘zi nima, u qanday ehtiyojdan paydo
bo‘ladi, degan savolga javob izlab ko‘raylik.
x