O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

kengliklar  bo‘yicha  tarqalish  qonuniyatiga  ko‘ra  sahro  mintaqasining 
janubiy  qismi  bilan  chegaralanadi.  Qolgan  qismi  esa  och  tusli  bo‘z 
tuproqlardan  boshlab  balandliklar  bo‘yicha  tarqalish  tartibiga  mansub 
bo‘lgan,  jadal  sug‘oriladigan  voha  tuproqlari  o‘ziga  xos  xususiyatlarga 
mansubligi bilan ajralib turadi. 
O‘rta  Osiyoning  sug‘oriladigan  dehqonchilik  olib  boriladigan 
mintaqasida tarqalgan tuproqlar qo‘riq va dasht tuproqlardan turlicha xossa 
va xususiyatlari bilan farqlanishi sababli alohida tavsiflanadi. Ularga cho‘l 
mintaqasida tarqalgan taqir-voha, o‘tloqi-voha, botqoq-voha, bo‘z-voha va 
bo‘z  tuproqlar  kiradi.  Bo‘z-voha  sug‘oriladigan  tuproqlari  och  tusli,  tipik 
va to‘q tusli tarzida ajratiladi.  
Sug‘oriladigan  bo‘z  tuproqlar  surunkasiga  dehqonchilik  olib 
borilganligi  sababli  kam  o‘zgargan.  Tuproq  qoplamining  yuqori  qismida 



madaniylashgan  qatlam  shakllangan,  tuzlar  va  ayrim  hududlarda  gips 
yig‘ilgan. Ularda cho‘l tuproqlariga xos bo‘lgan xususiyatlar kuzatilmaydi. 
Sug‘oriladigan  bo‘z  tuproqlar  har  xil  miqdorda  gumus  moddasi  bo‘lgan 
agroirrigatsion qatlamlardan iborat. 
Daryolar  o‘zaniga  yondashgan hududlarda  tarqalgan  bo‘z  va  saz  (yer 
osti  suvi  bilan  muntazam  namlanadigan)  o‘tloqi-voha  va  botqoq-o‘tloqi 
tuproqlar ham cho‘l tuproqlari tarzida tavsiflanadi. 
Ko‘p  yillar  davomida  olib  borilgan  fundamental,  ilmiy-amaliy 
tadqiqotlar, izlanishlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida shakllangan 
nazariy  yondashishlar  doirasida  mustaqil  O‘rta  Osiyo  davlatlari,  shu 
jumladan O‘zbekiston hududidagi tuproqlarning turli miqyosdagi xaritalari 
ishlab  chiqilgan.  Ularga  ilova  qilingan  tushuntirish  matnlarida  mazkur 
hududlarda  yetishtiriladigan  ekinlar  agrotexnikasi,  tuproqlar  holatini 
maqbullashtirishga oid agromeliorativ tadbirlar tarkibi, me’yori va qo‘llash 
davrlari keltirilgan.
1
 
Tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonida  moddalar  hosil  bo‘lishi,  tarqalishiga 
bog‘liq  holda  o‘ziga  xos  tarkibli,  xususiyat  va  tashqi  morfologik 
ko‘rinishga  ega  genetik  qatlamlar  shakllanadi.  Shu  bois  yerdan 
foydalanishni  loyihalash,  ishlab  chiqarish  amaliyotida  tashkil  etish  tabiiy 
sharoitda va dehqonchilik yuritish jarayonida shakllangan qoplamni buzish 
natijasida  tuproqlarning  yemirilishi  jadallashadi,  sho‘rlanish,  qayta 
sho‘rlanish,  sho‘rtoblanish,  botqoqlanish  jarayonlari  vujudga  keladi. 
Mazkur  salbiy  asoratlarning  yo‘nalishi,  miqdoriy  ko‘rsatkichlari,  ularning 
oldini  olishga  yo‘naltirilgan  tadbirlarning  turi,  tarkibi  va  me’yorlarini 
belgilashda  meliorativ  tuproqshunoslik  fanining  nazariy  yondashishlari 
inobatga olinadi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish