Taqrizchilar:
I.T.Turopov
– Tosh DAU Agrokimyo va
tuproqshunoslik kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi
fanlari doktori.
G.U.Yusupov - TIQXMMI Gidrologiya va
gidrogeologiya
kafedrasi
dotsenti,
geologiya-
mineralogiya fanlari nomzodi.
O.Ramazonov, S.S.Buriyev
/ MELIORATIV TUPROQSHUNOSLIK /
Darslik. –T.:
ТIQXMMI, 2019-137 bet.
©. TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO`JALIGINI
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI 2019
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qishloq
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi
strategiyasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat
xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab
chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli
darajada oshirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada
yaxshilash,
melioratsiya
va
irrigatsiya
ob’ektlari
tarmoqlarini
rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni,
eng avvalo, suv resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni
joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan
foydalanish, global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq
xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini
yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish ta’kidlangan.
Tuproqshunoslik – tuproq hosil bo‘lishi, rivojlanishi, tuzilishi, tarkibi,
xossalari, yer yuzida tarqalishi va ulardan samarali foydalanish tartibini
o‘rganadigan tabiiy-tarixiy fanlar turkumiga kiradi. Tuproqshunoslik
geologiya, mineralogiya, gidrogeologiya, fizika, kimyo, mikrobiologiya
bilan uzviy bog‘liq fandir. Jamiyat rivojlanishi talablari doirasida umumiy
tuproqshunoslik
agrotuproqshunoslik,
o‘rmon tuproqshunosligi va
meliorativ tuproqshunoslik shaklida amaliy tarmoqlarga ajratilgan.
Subarid va arid – qurg‘oqchil iqlim sharoitga mansub O‘zbekiston va
chegaradosh Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan tuproqlarda sodir
bo‘ladigan jarayonlarning davriy va hududiy o‘zgaruvchanligi nisbatan
jadaldir. Ularning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari yer kurrasining boshqa
tuproq-iqlim mintaqalaridan keskin farq qiladi.
Respublikaning dehqonchilik yuritiladigan tog‘ oldi va tekislik
qismida sun’iy sug‘orish asosida o‘simlik mahsulotlari yetishtirish mazkur
hududlarning tuproq-meliorativ holatiga salbiy ta’sir etishi tarixan qayd
qilingan. Jumladan, yer osti suvlari sathi ko‘tarilishi natijasida hududda
4
tarqalgan tuproqlarning namlanish tartibi, tabiiy, qayta sho‘rlanishi,
sho‘rtoblanishi, suv va shamol ta’sirida ularning yemirilishi kuzatiladi.
Ularning yo‘nalishi, jadallligi tabiiy va antropogen omillarning turi, tarkibi
hamda davriyligiga bog‘liq.
Bugungi kunda Respublikamiz sug’oriladigan yerlarining 49 foizi turli
darajada sho’rlangan bo’lib, uning qariyib 18 foizini kuchli va o’rta
darajada sho’rlangan yerlar, 23 foizdan ortig’ini esa bonitet balli past
yerlar tashkil qiladi. Meliorativ holati qoniqarsiz yerlarning katta qismi
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg’ona
viloyatlariga to’g’ri keladi.
Meliorativ tuproqshunoslik tuproq tarkibi, xossalarini meliorativ
tadbirlar ta’sirida o‘zgarishi, meliorativ holatini ifodalaydi. Ularni
maqbullashtirish talabi va qo‘llaniladigan tadbirlar turi, usuli, me’yori,
davrini belgilaydi, yangi tuproqlar shakllanishiga sharoit yaratadi, ya’ni
qishloq xo‘jaligi melioratsiyasining nazariy asosi hisoblanadi.
Meliorativ tuproqshunoslik umumiy tuproqshunoslik tavsiflariga
asoslangan holda meliorativ tadbirlar ta’sirida tuproq xossalarini
o‘zgarishining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlaydi va sodir bo‘layotgan
jarayonlarni bashorat qilishga imkoniyat yaratadi. Shu bois meliorativ
tuproqshunoslikda kimyoviy va biologik jarayonlar sodir bo‘lishi
nazariyasi asosida modda va energiyaning o‘zgarishi hamda qatlamlardagi
harakatini ifodalovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar uslubi qo‘llaniladi. Mazkur
jarayonlarning
o‘zgarishini ifodalashda hisoblash texnikasi va
modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |