O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

 
Muloqot savollari: 
        1.Tuproq  tarkibidagi  tuzlarning  o‘simliklarga  zararli  ta’sirini 
izohlang. 
       2. Sho‘rlangan tuproqlar paydo bo‘lishining asosiy sabablari nimalar? 
        3.  Tuproqlarning  sho‘rlanish  darajasi  va  tasnifi  deganda  nima 
tushuniladi? 
       4. Tuproqlarning sho‘rlanish turi qanday aniqlanadi? 
       5. Tuproq sho‘rini yo‘qotish uchun qanday tadbirlar qo‘llaniladi? 
 
2.5.  Sho‘rtoblangan tuproqlar 
Sho‘rtoblangan  tuproqlar  deb,  singdirish  sig‘imida  nisbatan  ko‘p 
miqdorda  (>  5  %  Na)  singgan  holatdagi  almashinuvchi  natriy  va  magniy 
kationlari  mavjud  bo‘lgan  tuproqlarga  aytiladi.  Sho‘rlangan  tuproqlardan 
farqli  o‘laroq,  sho‘rtoblarda  suv  oson  eriydigan  tuzlar  eng  ustki qatlamda 
emas, balki chuqurroq qatlamda to‘plangan bo‘ladi.  
E’lon  qilingan  rasmiy  ma’lumotlarga  qaraganda  (S.A.Vladichenskiy, 
V.A.Kovda,  Ya.V.Peyve,  N.G.Minashina  va  b.q.)  respublika  hududida 
tarqalgan  bo‘z  tuproqlar  tarkibida  karbonatli  birikmalarning  mavjudligi 
sababli  sho‘rtoblanish  jarayoni  sodir  bo‘lmasligi  mumkin  degan  fikr-
mulohazalar 
mavjud. 
Shunga 
qaramasdan 
Mirzacho‘lning 
sug‘orilmaydigan  hududlarida  sho‘rtoblangan  tuproqlar  ham  tarqalganligi 
qayd qilingan (L.P.Rozov, V.A.Kovda, A.N.Rozanov). 
Sho‘rtoblanishni  o‘ziga  xos  fizikaviy  xossalari  shundan  iboratki, 
ularning donador qatlami nam holatda ko‘pchiydi, yopishqoq bo‘ladi, qor 
va  yomg‘ir  suvlari  tuproq  sathida  uzoq  vaqt  to‘xtab  qoladi,  tezda 
qurimaydi.  Qurigandan  so‘ng,  bu  qatlam  chatnab  tikka  yoriqlar  paydo 
bo‘ladi.  Sho‘rtoblangan  tuproqning  qattiqligi  va  hajmiy  zichligi  katta, 
g‘ovakligi esa kam bo‘ladi. 


57 
Tuproqlarning sho‘rtoblanish jarayonida singdiruvchi sig‘imiga natriy 
kationining kirishi natijasida ularning organik va mineral qismidagi sharoit 
o‘zgaradi, eritmada ishqoriy muhit paydo bo‘ladi. 
Tabiiy  sharoitda  sho‘rtoblarning  paydo  bo‘lishi  quyidagi  sabablarga 
bog‘liq: 
-  tuproqni  neytral  natriyli  tuzlar  bilan  sho‘rlanishi,  ularning  tarkibida 
kalsiy 
tuzlarining 
ko‘p 
miqdorda 
bo‘lmasligi, 
sho‘rxoklarni 
sho‘rsizlanishi; 
 -  tarkibida  soda  bo‘lgan  kam  minerallashgan  eritmaning  tuproqqa 
ta’sir etishi; 
 -  sho‘rlangan  ona  jinsli  tuproqlarda  biogen  jarayon  ta’sirida  natriyli 
tuzlarni  to‘planishi,  shu  jumladan  sodaning  kapillyar  naychalar  orqali 
yuqori qatlamlarga (yuzaga) ko‘tarilishi va kuchli qizishi; 
-  tuproqlarda  sho‘rtoblanish  xususiyatlarni  shakllanishiga  ko‘p 
miqdorda  turli  shakldagi  gidrofil  kolloidlarning  galmiroliz  jarayoniga 
uchrashi; 
 -  tuproqdagi  kalsiy  shakllarining  miqdoriga  nisbatan  karbonatli 
kalsiyning 
kamayib 
borishi 
ham 
sho‘rtoblanishga  olib  keladi. 
(O.Ramazonov, A.Axatov, M.Tashkuziev, 2007). 
Respublikaning  cho‘l  qismidagi  sug‘oriladigan  hududlardagi  tuproq 
singdiruvchi  kompleksida  natriy  kationi  bilan  bir  vaqtda  magniy  kationi 
ham  ortib  bormoqda.  Ayrim  hollarda  ular  miqdorining  vaqt  o‘tishi  bilan 
ko‘payishi  kuzatilmoqda.  Ya’ni,  sug‘oriladigan  hududlarda  tuproq 
sho‘rtoblanishi  natriy  va  magniy  kationlarini  singdiruvchi  kompleks 
tarkibiga kirishi  hisobiga shakllanmoqda.  
O‘tgan  asrning  60-yillarida  ishlab  chiqilgan  (M.Kimberg, 
N.Kochubey) 
tuproqlarning 
sho‘rtoblanish  darajasini  belgilovchi 
gradatsiya,  singdiruvchi  sig‘im  tarkibidagi  asoslar  yig‘indisiga  nisbatan 
natriy kationining  miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, so‘nggi 30–35 yil 
davomida  respublikaning  cho‘l  qismida  tarqalgan  sho‘rlangan  yoki  qayta 
sho‘rlanishga  moyil  tuproqlarning  sho‘rtoblanish  darajasini  belgilashga 
mos  kelmasligi  aniqlandi  (O.Ramazonov,  A.Axatov).  Mazkur  tasnifda 
sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqasida «tuproq-yer osti suvlari» tizimida 
sodir  bo‘lgan  gidrogeologo  –  meliorativ  jarayonlarning  keskin  o‘zgarishi, 


58 
tuproqning  namlanish  tartibi  avtomorf  tartibdan  yarim  gidromorf  yoki 
gidromorf  tartibga  o‘tishi  va  u  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  suv-fizik, 
kimyoviy,  biologik  jarayonlarning  o‘zgarishi  oqibatida  tuproq  singdirish 
sig‘imida  sodir  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  sifat  va  miqdoriy  ko‘rsatkichlar 
inobatga olinmagan. 
Hozirgi davrda bu gradatsiya gidromorf tuproqlar uchun o‘z qiymatini 
yo‘qotgan,  chunki  bu  gradatsiya  shu  davrgacha  namlanish  tartibi  har  xil 
bo‘lgan  tuproqlar  uchun  qo‘llanib  kelingan.  Vaholanki,  avtomorf  va 
gidromorf  tuproqlar  hosil  bo‘lish  jarayonining  yo‘nalishi  va  jadalligiga 
ko‘ra  bir–biridan  keskin  farq  qiladi.  Jumladan,  avtomorf  tuproq  hosil 
bo‘lish  sharoitida paydo  bo‘lgan  sho‘rtoblanish  gidromorf  sharoitda  hosil 
bo‘lgan  sho‘rtoblanishga  nisbatan  anchagina  chidamliroq.  Gidromorf 
tuproqlarda  esa  bu  jarayon  yumshoqroq  kechadi.  Chunki  yer  ostidan 
namlanish  yuqori,  sho‘r  yuvish,  sug‘orish  tadbirlari  o‘tkazilganda 
tuproqdagi tuzlar pastki qatlamidagi yer osti suviga qo‘shiladi va tuproqda 
vaqtinchalik tuzlarning konsentratsiyasi kamayadi. Suvli so‘rimning quruq 
qoldig‘i  tarkibidagi  tuzlar,  ayniqsa  NaCl  va  Na
2
SO

suvda  tez  erishi 
sababli  ularning  tuproqdagi  miqdori  kamayadi.  Natijada  tuproqning 
singdirish  sig‘imidagi  yuqori  konsentratsiyaga  ega  bo‘lgan  Na  kationi 
tuproq  eritmasiga  o‘tadi  va  sho‘rtoblanishni  ma’lum  darajada  maqbul 
holatga olib keladi. Bu holat quyidagi tarzda sodir bo‘ladi:  
 
4
2
  
4
SO
a
Na
K
M g
Ca
ТSК
aSO
K
M g
Ca
3Na
ТSК
N
C















 
 
)
(HCO
 
Na
2
Na
K
M g
Ca
ТSК
 
)
(HCO
 
a
Ca
K
M g
3Na
ТSК
3
3















C
 
                


59 
Laboratoriya  va  dala  tajribalarida  olingan  ma’lumotlar  asosida 
sho‘rlangan  (kam,  o‘rta  darajada)  tuproqlarning  sho‘rtoblanish  darajasini 
ifodalovchi  gradatsiyaning  miqdoriy  ko‘rsatkichlariga  aniqlik  kiritildi  va 
takomillashtirilgan tasnifi yaratildi (7-jadval). 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish