1. Tabiiy unumdorlik tuproq hosil bo‘lish jarayonida tabiiy sharoitda
shakllangan unumdorlik hisoblanadi. U tabiiy sharoitlarga va tuproq paydo
bo‘lish jarayonida ishtirok etuvchi omillarga bog‘liq bo‘lib, ba’zan past,
ba’zan yuqori bo‘ladi. Tabiiy pichanzorlar, yaylovlar, qo‘riqxonalardagi
unumdorlik shular qatoriga kiradi.
2. Sun’iy unumdorlik inson mehnati va fan-texnika yutuqlarini
muntazam va sifatli ravishda amalga oshirish natijasida shakllanadi.
Sun’iy unumdorlikka ega bo‘lgan tuproqlarda ma’lum darajada tabiiy
unumdorlik ham mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |