99
va yer berish, Abdullaxon II davrida ayniqsa rivojlanib, u o’zining pirlari Xoja Islom va uning
avlodlaridan Xoja Saa’dga hamda boshqa Jo’ybor xojalariga butun-butun bosib olingan
viloyatlarni darubast sifatida hadya qilgan.
Tadqiqotchilarning
fikricha, ushbu mulk merosiy suyurg’ol (hadya) bo’lib, u barcha
soliqlardan ozod qilish haqidagi imtiyozlar bilan birga vorislikka qoldirish huquqi bilan
berilgan yer va boshqa mulklardan iborat bo’lgan.
Jo’ybor xojalarining Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Marv va boshqa viloyatlarda
katta yer maydonlari bo’lib, bu mulklar meros tariqasida avloddan avlodga o’tgan va barcha
soliqlardan ozod etilgan. Xonlar va boshqa yirik amaldorlar tomonidan ularga hadya etilgan
yer mulklaridan tashqari ular Movarounnahr va Xurosonning serunum yaylovlariga, behisob
podalarga, katta shaharlarda joylashgan o’z hunarmandchilik do’konlariga, savdo rastalariga,
tegirmonlar, hammom va karvonsaroylardan keladigan daromadlarga ham ega bo’lganlar.
Kattadan-katta boyliklarga ega bo’lgan Jo’ybor shayxlari o’z xususiy yerlaridan
tashqari vaqf yerlardan keladigan daromadni ham nazorat qilganlar.
Xojalarning davlat
ishlaridagi mavqei shunchalik kuchli ediki, ular hatto, amaldorlarni yuqori mansablarga
tayinlash yoki chetlatishda ham katta ta’sirga ega bo’lganlar. Shayboniylar davrida yer
egaligining quyidagi asosiy turlari mavjud edi:
1. Mulki sultoniy yoki mulki mamlaka (manbalarda
mamlakai devon, mamlakai podshohiy,
zamini mamlaka, mamlakati sultoniy, mamlaka atamalarida ham uchraydi) davlatga qarashli
yerlar bo’lib, bu yerlarni sotish, hadya etish, vaqfga berish faqat xonning ixtiyorida bo’lgan.
2. Mulki xolis yoki mulki xurri xolis-mu’lum shaxslarga tegishli bo’lib, hukmdor tomonidan
davlat oldidagi xizmatlari uchun berilgan shaxsiy yerlar (suyurg’ol, iqto’, tarxon, tiul va
boshq.) Bunday yerlar va ularning egalari daftardor tomonidan
maxsus daftarga qayd etib
borilgan.
3. Vaqf yerlari-hukmdor yoki boshqa shahslar tomonidan diniy muassasalarga mulk qilib
berilgan yerlar va sug’orish inshootlari. Bunday yerlardan kelgan daromadning asosiy qismi
mutavallilar, qozilar va musulmon dindorlariga tushgan.
4. Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar. Shayboniylar davrida dehqonchilikka alohida
e’tibor qaratilgan bo’lib, avvolo, sug’orish tizimini tartibga keltirish uchun qator tadbirlar
amalga oshirilgan. Bu jarayonda mintaqadagi yirik suv manbalari-Zarafshon,
Chirchiq,
Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh, Murg’ob kabi yirik daryolar va ko’plab kichik daryolar hamda
ko’llar, tog’ suvlarining imkoniyatlaridan keng foydalanilgan. Shayboniyxon darida, siyosiy
beqarorlik yillarida, Abdullaxon II davrida sun’iy sug’orish ishlarining ahamiyati
yo’qolmagan. Undan tashqari shayboniylar davrida dehqonchilikning taraqqiyotini
ta’minlovchi islohotlar o’tkazilgan. Xususan, qarovsiz va lalmi yerlarni davlat mulkiga kiritib,
bunday yerlarda
dehqonchilikni rivojlantirish, dehqonchilik qilishni hohlaganlarga har
tomonlama yordam berish, ma’lum muddat soliqlardan ozod etish, yerdan olinadigan
soliqlarni yig’ishdan mahalliy amaldorlarning o’z mansablarini suiste’mol qilishlariga yo’l
qo’ymaslik uchun ham tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: