O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Savol va topshiriqlar: 
1.
Ashtarxoniylar sulolasining inqiroziga nimalar sabab bo’ldi? 
2.
Nima sababdan Mang’itlar suslolasi davrida davlat Buxoro amirligi deb atala 
boshlandi? 
3.
Amir Shohmurod davrida qanday islohotlar amalga oshirilgan? 
4.
Buxoro amirligining xronologoyasini tuzing. 
5.
Mang’itlar sulolasining shajarasini tuzing. 
 
 
Toifalash jadvali 
 
Buxoro xonligi(amirligi)da yer egaligi munosabatlari 
Ashtarxoniylar davrida
Mang’itlar davrida 
 
 
 
 
1
Аzаmаt Ziyo.
O’zbek dаvlаtchiligi tarixi... 283-284-betlar.


110 
 
11-mavzu. Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
hayoti. (2 soat) 
Reja: 
1.
 
Amirlikning hududi, ma’muriy tuzilishi va aholisi. 
2.
 
Amirlikning davlat boshqaruvi tizimi. 
3.
 
Mansablar, unvonlar va amallar 
4.
 
Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo.
5.
 
Madaniyat va din. Ta’lim, ilm-fan, adabiyot va tarixnavislik. 
Buxoro amirligi ba’zi manbalarda viloyat deb nomlanuvchi bir nechta bekliklarga 
bo’lingan edi. Har bir viloyat yoki beklik boshida hukmdor – hokim, mir yoki bek deb 
ataluvchi amaldor turardi. Shuning uchun rus ilmiy adabiyotlarida bu ma’muriy bo’linmalar 
ko’pincha bekliklar nomi bilan atalgan. 
Buxoro amirligi ma’muriy jihatdan Chordjo’y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, 
Xatirchi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Qorategin, Dehnov, 
Hisor, Darvoz, Baljuvon, Shug’non-Rushon, Qabadiyon, Ko’lob, Qo’rg’ontepa, Qarshi, 
Sherobod, Kalif, Karki, Burdaliq, Kabaliq, Sarijo’y kabi 28 ta beklik va Konimex, Karako’l, 
Vandanza, Pirmast, G’ijduvon, Varganza, Vobkent, Shofirkon, Yortepa kabi 9 ta tumanlikka 
bo’lingan.Amirlikdagi bekliklar soni ham, hududi ham doimo bir xil bo’lmagan va beklikning 
hajmi mahalliy sharoitga, aholining soniga, shuningdek amirning ixtiyoriga bog’liq bo’lgan. 
U xohlasa beklikning kattalashtirishi yoki kichikroq qilib qo’yishi mumkin edi.Ko’rib 
o’tilayotgan davrda eng yirik bekliklar Shahrisabz, Hisor va Qarshi bekliklari hisoblangan. 
Ularni amirning qarindoshi yoki to’la ishongan kishisi boshqarardi. Kichikroq bekliklarga 
Denov, Sherobod, Chiroqchi, Kitob va boshqa bekliklar kirar edi. Nihoyat ba’zilari, masalan, 
Kelif bekligi shaharcha va uning atrofidagi bir nechta qishloqlardan tashkil topgan edi.
Qarshi bekligini boshqarish odatda valiahdga topshirilar edi.
P. Shubinskiy “XIX asrning 90-yillari boshida barcha bekliklar ichida 11 tasi 
asosiylaridir, ulardan eng boyi bu Hisor bekligidir, u amir xazinasiga har yili yarim million 
so’m daromad keltirardi, eng kambag’allari-Kelif va Uch-o’chiq bekliklaridir, ular yiliga 
faqat 8000-10000 so’m to’lashardi xolos”, – deb yozgan edi.Bekliklar soni biz ko’rib 
chiqayotgan davrda yigirmatadan ortiq edi. Ba’zi manbalarda ularning soni 28 ta deb 
ko’rsatiladi. A. Gubarevich-Radobilskiy esa, XX asr boshida Buxoro amirligida 24 beklik, 7 
alohida amlokdorlik va 10 tuman bor deb hisoblaydi. 1920 yili, Buxoro amirligining mavjud 
bo’lgan oxirgi yilida, Buxorodagi RSFSRning muxtor vakilining bergan ma’lumotlariga 
qaraganda, deyarli rus boshqaruvida bo’lgan Shug’non va Rushon kabi Pomiroldi tumanlarini 
hisoblamaganda, amirlikda 28 ta beklik bo’lgan. 
Amirlik shimolida, Nurota tog’larida – Nurota; Zarafshon havzasi quyi oqimining 
o’ng sohilida-Xatirchi va Bog’ikalon, chap sohilida Ziyovuddin va Karmana, qo’yi oqimida – 
Buxoro; Amudaryo vodiysida (Surxon quyiladigan joydan qo’yiroqda) oqim bo’ylab – Kalif, 
Karki, Burdaliq, Chorjo’y, Usti; Qashqadaryo havzasi yuqorisida – Kitob, Shahrisabz, 
Yakkabog’; G’uzardaryoda-G’uzor; Qashqadaryo oqimi bo’ylab quyida – Chiroqchi va 
Qarshi; Sheroboddaryo havzasida – Sherobod va Boysun; Surxon va Kofirnixon havzasida – 
Hisor; Qabadiyon, Dehnov, Sarijo’y; Panj havzasida – Darvoz, Qorategin, Baljuvon, 
Qo’rg’ontepa, Qo’lob bekliklar joylashgan.Ko’pgina manbalarda ta’kidlanishicha, Hisor 
bekligi xonlikning ma’muriy boshqaruvida maxsus o’rinni egallagan bo’lib, u amirning 
Sharqiy Buxorodagi valiahdi qarorgohi sifatida ham muhim o’rin tutgan. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish