9
MA`RUZALAR MATNI: 3-SEMESTR
1-ma’ruza: Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi.
Reja:
1)
Amir Temur buyuk
sarkarda va davlat arbobi
2)
Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi;
3)
“Temur tuzuklari” tarixiy muhim manba
4)
Amir Temur shaxsini Yevropada o’rganilishi.
Amir Temur tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxs- ulkan bunyodkor, yirik davlat
arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan homiysi. Biz bugun bu haqiqatni yaxshi angladik. /arbda,
masalan,
Italiyada, Ispaniyada, Frantsiyada, Angliyada, Germaniyada
bu XVI-XVII asrdan
beri ma’lum. Misol keltiramiz, Amir Temur haqidagi birinchi kitob Italiyalik olim Perondini
qalamiga mansub bo‘lib 1553 yil Florentsiya (Italiya)da nashr qilingan.
Ikkinchidan: Davlatni boshqarish va idora qilish , barcha sohada adolat, insof, diyonat
va imon amriga quloq solib maslahat, moshvarat va kengash asosida ish yuritishda ulug‘
bobokalonimizdan o‘rgansak va ibrat olsak nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi.
Amir Temur o‘zining 35 yillik (1370-1405 yillar) hukumronligi davrida
Movarounnnahrdan tashqari 28 ta davlatni bosib olgan bo‘lsa, u
yerlarda adolat va tinchlik
o‘rnatdi. Buyuk davlat arbobi va yengilmas sarkarda sifatida jahonda nom qozondi.
O‘zbekistonda Prezidentimiz farmoni bilan 1996 yil “ Amir Temur” yili deb e’lon qilindi
1996 yilda ulug‘ bobomizning 660 yilligi nafaqat mamlakatimizda, balki Parijda YUNESKO
doirasida, jahon miqiyosida keng nishonlanishi ham fikrimizning isbotidir.
Temur Movarounnahrni 150 yillik mo‘g‘ullar hukumronligidan ozod qilib, kuchli va
qudratli markazlashgan feodal davlatga asos soldi.
Xududlar, viloyatlar o‘rtasidan o‘zaro
urushlarga, toju-taxt talashishlarga chek qo‘ydi. Mamlakatda osoyishtalik va barqarorlikni
ta’minladi. “Kuch adolatda” degan aqidaga qa’tiy amal qilib, adolatsizlik qilgan
hukumdorlarni jazoladi, xalq hurmat e’tiborini qozondi.
Amir Temur mo‘g‘ullar davrida toptalgan va vayron qilingan xalqimizni madaniyatini,
ma’naviyatini, tili va dinini, urf-odatlarini tiklashga homiylik qildi. Samarqand, SHahrisabz,
Turkiston va boshqa shaharlarda katta-katta qurilishlar qildi.
Masjid va madrasalarni
ko‘paytirdi. Oq Saroy, Bibixonim, SHohizinda komplekslari, Ahmad Yassaviy maqbarasi va
hokozolar shular jumlasidandir. Dunyoning turli burchaklaridan olimu-fozillarni,
hunarmandlarni Movarounnahrda, aniqrog‘i amarqandda to‘pladi. Ularga g‘amxo‘rlik va
mehr- muruvvat ko‘rsatdi.
Temur Samarqandni jahonning yetti mo‘jizasidan biriga aylantirdi. Uni dunyoning
poytaxtiga aylantirish maqsadida shahar atrofida ko‘plab qishloqlar
qurib ularga dunyodagi
shaharlar- Bog‘dod, Damashq, qohira, SHeroz, Sultoniya va hatto Parij (Forish) nomlarini
berdi. qadimiy Ko‘ksaroy qayta tiklandi. SHaharlar atrofida Bog‘i CHinor, Bog‘ibaland,
Bog‘ibixisht, Maysazorlar, soya-salqin yo‘laklar, ariqlar qurildi. Barcha binolar pishiq
g‘ishtdan qurilib, gumbazlar turli naqsh va bo‘yoqlar bilan bezatildi.
Umuman Samarqand
tubdan qayta qurilib yanada obod va go‘zal shaharga aylandi..
Temur To‘xtamishxonni tor-mor qilib, Botuxon asos solgan Oltin O‘rda davlati
inqirozini tezlashtirdiki, bu hol qadimiy rusning 200 yillik mo‘g‘ul
bosqinidan ozod
bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Afsuski Rossiya Amir Temurning bu xizmatini tan
olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: