Buxoro amirligi aholisining etnik tarkibi:
Turkiy xalqlar 85.0 %,ya’ni 1.830.254:
Eroniy xalqlar 12.0%,ya’ni 258.389:Boshqa elatlar 3.0 %,ya’ni 64.597 Jami 100.0
%,ya’ni 2.153.240 nafarni tashkil etgan.
Amirlikning davlat boshqaruvi tizimi.
Mansablar, unvonlar va amallar
V.V. Krestovskiyning yozishicha, Buxoro amirligidagi beklar rus gubernatorlariga
teng bo’lishgan, faqat beklarning huquqlari ko’proq bo’lgan. Amir bekka o’lim jazosi
tayinlashdan boshqa barcha huquqlarni berardi. Bek amirga har hafta o’z ishlari haqida yozma
hisobot jo’natardi. U faqat fuqaroviy emas, balki harbiy hokimiyatga ham ega bo’lib, soliqlar
yig’ar, shuningdek urush paytida qo’shinga odam to’plardi.O’z hududi va aholisi soniga,
hamda o’zining ahamiyatiga ko’ra barcha bekliklar bir xil emas edi. Yirik bekliklarda, odatda
hukmdor amirga qarindosh yoki yaqin kishi bo’lgani uchun, ba’zi bir dabdababozlik bor edi
va mahalliy hukmdor barcha narsada amirdan o’rnak olishga harakat qilardi. Poytaxtdan uzoq
bo’lgan va kambag’alroq hisoblangan bekliklarda ko’p narsalar oddiy bo’lib, ortiqcha
dabdaba bo’lmagan, bek a’yonlari kamroq va kichik unvonlarda bo’lgan. Ammo shunga
qaramasdan, deyarli barcha bekliklarda boshqaruv tizimi aytarli bir xil edi.Viloyatdagi
beklarni o’z qarorgohlari – qo’rg’on, qal’a, hokimnishin degan joylari bo’lgan. Ko’p hollarda
ular arofi mudofia devori bilan o’ralgan joy edi.
Amirlikdagi bek mahkamasi ta’rifiga kelganda shuni ko’rsatmoq zarurki, bekning
huzurida doimo yasovulboshi bo’lardi. Bu kishi bekning eng yaqin, ishonchli odami
hisoblangan. Yasovulboshi bekning axborotchisi bo’lib, bu amal o’z ichiga qisman
mirshablik, qisman bek yordamchisi vazifalarini, bekka ariza topshirish va bek buyruqlarini
bajarishni o’z ichiga olgan. Har bir bekda ikkita yasovulboshi bo’lgan. Yasovulboshi bekning
shaxsiy qo’riqchilari boshlig’i ham bo’lib, u ko’pincha bek qarorlarini amalga oshirishga
bevosita rahbarlik qilgan. Odatda yasovulboshiga qorovulbegi yoki miroxur kabi kichik amal
va unvon ham berilgan.
Bekliklardagi muhim amaldorlardan biri
qozi
hisoblanardi. Qozi amali bekdan
mustaqil bo’lgan. Qozi to’g’ridan-to’g’ri Buxorodan tayinlanar va o’sha yerdan kelgan
buyruq bilan almashtirilardi. Qozi odatda bekning harakatlarini kuzatar va maxfiy ravishda
Buxoroga xabar berib turar edi. Qozi beklikdagi fuqaro ishlarini hal qilardi. Qoziga maosh
tayinlanmas, odatda u tortishayotgan taraflardan olgan yig’imlar va notarial tusdagi har xil
bitimlar, pora va hadiyalar hisobiga kun ko’rar edi.Buxoro amirligidagi har bir beklik kichik
ma’muriy birliklarga-amlokdorliklarga bo’lingan. Bu so’z bilan aslida amirga yoki davlatga
qarashli, lekin dehqonlar ixtiyorida bo’lgan alohida yerlar nazarda tutilardi. Amlokning o’zi
ma’muriy-soliq oladigan birlik edi. Amlok boshqaruvchisi bo’lgan ma’muriy shaxsning, ya’ni
amlokdorning eng muhim vazifasi amlok yerlaridagi dehqonlardan soliq yig’ib olish edi.
Amloklar xuddi bekliklar kabi, hududlari bilan bir-biridan farqlangan bo’lib, ularning
beklikdagi soni esa doimiy bo’lmagan va tez-tez o’zgarib turgan.
Buxoro amirligidagi eng katta Hisor bekligi ma’lumotlarga ko’ra 23 ta amloklikka
bo’lingan bo’lgan. Ba’zi manbalarda ko’rsatilishicha esa u yerda 27 amlokdorlik bo’lgan. Rus
zobiti kapitan Liliental Hisor bekligi 21 amlokdorlikka bo’lingan deb qo’yidagilarni: Romit,
Varzob, Fayzobod, Cho’rtan, Kofirnihon, Dushanbe, Hisor, Shurion, Xonaqo, ikkinchi
Xonaqo, Ali begi, Qoratog’, Regar, Sarjo’y, Sariosiyo, ikkinchi Sariosiyo, Nurek, Yavon,
Laqay, Sultan-Rovot va G’ozi Maliklarni ko’rsatib o’tadi. Shu paytning o’zida, huddi shu
tadqiqotchi so’zlariga ko’ra, ancha kichik bo’lgan Qabodiyon bekligi atigi ikki amlokdorlik-
Beshkent va Bosh-Charvonga bo’lingan. Qo’rg’ontepa bekligi uchta amlokdorlikdan
Qo’rg’ontepa, Jiliko’l va Saroydan iborat edi. Sherobod bekligi olti amlokdorlik-Talashkon,
Saliobod, Jar-Qo’rg’on, Gilam-Bog’, Talimoron, Saidobodga bo’lingan.
Boysun bekligi to’rtta amlokdorlik – Boysun, Yavmchi, Bosht-Hurd va Darbantdan
tashkil topgan. Qarshi bekligida XX asr boshlarida 15 ta amlokdorlik-Qamashi, Jeynov,
Kasbi, Maymanak, Koson, Po’lati, Parvoza, Fayzobod, Beshkent, Potron, Fazli, Jumabozor,
Xonobod, Chim, Qorabog’ bo’lgan.Ko’lob bekligining ma’muriy bo’linishi o’ziga xos edi. Bu
113
yerda 8 ta Mo’minobod, Ko’l, Sari-Chashma, Quvray, Chubek, Sayot, Girdi-Qo’rg’oni Bolo
va Girdi-Qo’rg’oni Poyon kabi amlokdorliklar bo’lgan. Sanab o’tilgan amlokdorliklardan
tashqari yana alohida to’qqizta ma’muriy birlik Davlatobod, Tog’nov, Kishti, Poyondaryo,
Bolodaryo, Rog’i, Sari-Ko’l, Vari, Du-Oba bor edi. Ularni badaxshonliklar egallagan bo’lib
ular yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, Buxoro hukumati tomonidan berilgan imtiyozlar va
yengilliklardan foydalanar edilar. Bu ma’muriy birliklar boshida merosxo’r hukmdorlar-sho
(shoh)lar turardi. Bu so’z ilgari odatda Qorategin, Darvoz va Tog’li Badaxshondagi mayda
mustaqil hukmdorlarga nisbatan ishlatilgan.Bevosita bekliklarga tobe amlokdorlardan tashqari
amirga to’g’ridan-to’g’ri bo’ysinuvchi amlokdorliklar ham bo’lgan. Lekin ushbu holat doimiy
emas, balki vaqtincha bo’lgan.
Amirlikdagi amlokdorliklar o’z navbatida bir necha kichik ma’muriy-hududiy
bo’g’inlarga bo’lingan. G’arbiy Buxoroda u
Do'stlaringiz bilan baham: |