Kalsit va dolomitni ta’riflang.
Island shpati nima, uning xossasi va ishlatilishi?
Xlorid kislota qaysi mineralga ta’sir qiladi?
Misning karbonatlari qaysilar?
Qo‘rg‘oshinning karbonatiga ta’rif bering.
Siderit va uning ahamiyati.
Sulfatlar H2SO4 kislota tuzlari bo‘lib, ularning soni 250 dan ortiq. Ular yer po‘stining 0,61 %ini tashkil etadi. Bu sinfga natriy, kaliy, kaltsiy, magniy, bariy kabi elementlarning sulfatlari kiradi. Ular 10 foizli xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Sulfatlar ko‘l va dengizlarda, lagunalarda kimyoviy cho‘kindi sifatida hamda sulfidlarning oksidlanishi va gidrotatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Ba’zi sulfatlar gidrotermal jarayonda (barit, tselistin) paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |