Agroximservis xizmati – qishloq xo‘jalik korxonalariga shartnoma asosida organik va mineral o‘g‘itlar, biologik va kimyoviy vositalarni yetkazib berish, qo‘llash, ishlov berish, sepish, shuningdek agrokimyo kartogrammalari asosida solish va kimyoviy vositalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan maslahatlar berish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan turli tadbirlarni o‘z ichiga olgan holda barcha agrokimyoviy xizmatlar majmuyidir.
«O‘zkimyosanoat» DAKning tashkiliy huquqiy asoslari.Kimyo sanoat korxonalari va tashkilotlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda
ular faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish tarmoq korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish; texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 2001-yil 13-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini «Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313
son Farmoyishi bilan tuzilgan kimyo tarmog‘ini boshqarish tizimini va qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlashni takomillashtirib, ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O‘zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari uyushmasi o‘rniga «O‘zkimyo- sanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyat yuritadi. «O‘zkimyosanoat» DAKning asosiy vazifasi:
kimyo sanoati korxonalarini chuqur isloh qilish va xususiylashtirish, ushbu maqsadlar uchun chet el va mamlakatimiz investorlarini keng jalb etish;
tarmoqni rivojlantirishning kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga, respublikaning mineral o‘g‘itlariga hamda kimyo mahsulotlarining boshqa turlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kimyo mahsulotlari tashqi bozorining marketing tadqiqotlarini amalga oshirish hamda shu asosda eksport salohiyatini kengaytirishni ta’minlash, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ularni eksportga yetkazib berish;
kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan yagona texnika siyosatini o‘tkazish, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni va butlovchi buyumlar tayyorlashni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
menejmentning zamonaviy usullarini egallagan va bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir bo‘lgan muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash kabi vazifalar yuqoridagi Qarorda belgilab berildi.
Kompaniya korxonalarini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi va «O‘zkimyosanoat» DAKga kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish uchun xorijiy konsalting va baholash kompaniyalari, moliyaviy agentliklarni jalb etishib, buning uchun zarur mablag‘lar ajratildi.
«O‘zkimyosanoat» DAKga maqsadli Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish huquqi berildi.