O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev



Download 1,71 Mb.
bet15/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

Qisqacha xulosalar

F


ermer xo‘jaligi o‘ziga tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligining ustuvor subyekti hisoblanadi. Respublika qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlar orasida har tomonlama ustuvor bo‘lgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish to‘g‘risida hukumatning ko‘plab qarorlari qabul qilindi. Unda fermer xo‘jaligining huquqiy asoslari, xo‘jalikni tuzish tartibi, ishlab chiqarish faoliyati, yer uchastkasidan foydalanish tartiblari, Prezident, Oliy Majlis va Senat, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlardan foydalanish tartiblari, fermerning haq- huquqlari to‘g‘risidagi barcha qonuniy asoslar yaratilib,
keng joriy etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.


Nazorat va muhokama uchun savollar

        1. Fermerxo‘jaliginingmaqsadivavazifasinitushuntiring. 2.Fermerxo‘jaligiqandaytashkiletiladi?

  1. Tashkiliy-huquqiyvaishlabchiqarishasoslarinima? 4.NamunaviyNizomningvazifasinitushuntiring.

5.Qonunhujjatlaridan qandayfoydalaniladi?
FERMER XO‘JALIKLARINING YER VA SUV RESUSLARIDAN SAMARALI
FOYDALANISHI

    1. Yer resurslari va undan samarali foydalanish

Q
ishloq xo‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, kishilarning yerga ishlov berishi bilan ishlab chiqarish shakllanadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnatga yo‘naltiradigan obyekt sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik sharoitlarni tug‘dirish natijasida o‘simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo‘jaligida yuzaga keladi. Yer har bir xalqning asosiy boyligidir. O‘zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer maydonlarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektari yaylov va pichanzorlarni tashkil etadi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlarni tashkil etadi. Shundan 3,0- 3,2 mln. gektari haydaladi va lalmi dehqonchilik bilan shug‘ullaniladi. Qolgan
qismidan namlik juda kam bo‘lganligi sababli foydalanilmaydi.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va kommunikatsiyalari, daryo va suv havzalari bilan band yerlar, o‘rmon xo‘jaligi yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zaxira fondidan iborat. Biz uchun eng muhimi, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari cheklangan va u qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida foydalaniladigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Yer tabiatda chegaralangan. Uni inson xohlagancha ko‘paytirish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish darkor. Bundan tashqari, sanoatning, kommunikatsiyaning o‘sishi, aholining ko‘payishi tabiiy holda bir kishiga to‘g‘ri keladigan yer maydonining qisqarishiga olib keladi. Qolaversa, insoniyatning yerdan to‘g‘ri foydalan- masligi sababli, ularning qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketish hollari ham yuz bermoqda. Tuproq eroziyasi, sho‘r bosish, kasalliklarga chalinish kabi taraqqiyotning salbiy oqibatlarini kamaytirish har bir davlatning, yerdan foydalanuvchilarning asosiy vazifasidir.

  2. Yer – tabiat mahsuli.

  3. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir.

  4. Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya’ni unumdorlikka ega. Yerning tabiiy va sun’iy unumdorligi bir-biridan farqlanadi. Tabiiy unumdorlik

bu inson aralashuvisiz tabiat tomonidan vujudga kelgan yerning hosil bera olish qobiliyatidir. Inson aralashuvi natijasida vujudga kelgan unumdorlik sun’iy unumdorlikdir. Bu unumdorlikni oshirish imkoniyatlari katta.

  1. Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin emas. Mavjud yerlarda ekin turlarini joylashtirish, texnikadan foydalanish, ishlab chiqarish hajmiga bo‘lgan talablarni keltirib chiqaradi.

  2. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Yerdan to‘g‘ri foydalanib, iqtisodiy unumdorlikni oshirishga e’tibor berilsa, almashlab ekish, ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, tarmoqlarni bir-biri bilan ixtisoslashtirilganda, uning fizik strukturasi buzilmay, tuproq unumdorligi oshadi.

Yerdan foydalanish unumdorligi uch xil bo‘ladi:


  1. Download 1,71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish