90. n o‘lchamli massiv va k butun son berilgan(1≤k≤n). Massivning k-indeksdagi elementi o‘chirilsin.
5 3
17 11 10 16 3
17 11 16 3
91. n o‘lchamli massiv va k, l butun sonlari berilgan(1≤k≤l≤n). Massivning k-indeksdan l-indeksgacha bo‘lgan elementlari o‘chirilsin va hosil bo‘lgan massivning o‘lchami hamda uning tarkibi chiqarilsin(k va l ham kiradi).
6 2 4
3 4 7 9 10 8
3 3 10 8
92. n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivdagi barcha toq sonlar o‘chirilsin va hosil bo‘lgan massivning o‘lchami hamda tarkibi chiqarilsin.
6
3 4 7 9 10 8
3 4 10 8
93. n(n>2) o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivning juft indeksli barcha elementi o‘chirilsin.( Shart operatoridan foydalanilmasin.)
6
3 4 7 9 10 8
3 7 10
94. n(n>2) o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivning toq indeksli barcha elementi o‘chirilsin. (Shart operatoridan foydalanilmasin.)
6
3 4 7 9 10 8
4 9 8
95. n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Bir xil qo‘shni elementlarning birinchisi qoldirilib qolgani o‘chirilsin.
6
2 3 3 5 5 5
2 3 5
96. n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivdagi bir xil elementlarning birinchisi qoldirilib qolgani o‘chirilsin.
6
3 5 3 5 2 5
3 5 2
97. n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivdagi bir xil elementlarning oxirgisi qoldirilib, qolgani o‘chirilsin.
6
3 5 3 5 2 5
3 2 5
98. n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivdagi 3 martadan kam uchraydigan elementlar o‘chirilsin va hosil bo‘lgan massivning o‘lchami va tarkibi chiqarilsin.
6
3 5 3 5 2 5
3 5 5 5
99. n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivdagi 2 martadan ko‘p uchraydigan elementlari o‘chirilsin. Hosil bo‘lgan massivning o‘lchami va tarkibi chiqarilsin.
6
3 5 3 5 2 5
3 3 3 2
100. n o‘lchamli butun tipli massiv berilgan. Massivdagi 2 marta uchraydigan elementlari o‘chirilsin. Hosil bo‘lgan massivning o‘lchami va tarkibi chiqarilsin.
6
3 5 3 5 2 5
4 5 5 2 5
101. n o‘lchamli massiv va k butun son berilgan (1≤k≤n). Massivning k-indeksli elementining oldiga yangi 0 qiymatli element joylashtirilsin.
6 3
3 5 3 5 2 5
3 5 0 3 5 2 5
102. n o‘lchamli massiv va k butun son berilgan (1≤k≤n). Massivning k-indeksli elementidan keyin 0 qiymatli element joylashtirilsin.
6 3
3 5 3 5 2 5
3 5 3 0 5 2 5
103. n o‘lchamli massiv berilgan. Massivning eng kichik elementidan oldin va eng katta elementidan keyin 0 qiymati joylashtirilsin(1-uchragan).
6
3 5 3 5 2 5
3 5 0 3 5 0 2 5
104. n o‘lchamli massiv hamda 2 ta butun k va m(1≤k≤n, 1≤m) sonlari berilgan. Massivning k-indeksli elementidan oldingi m ta elementiga 0 qiymati o‘rnatilsin.
6 5 2
3 5 3 5 2 5
3 5 0 0 2 5
105. n o‘lchamli massiv hamda 2 ta butun k va m(1≤k≤n, 1≤m) butun sonlari berilgan. Massivning k-indeksli elementidan keyingi m ta elementiga 0 qiymati o‘rnatilsin.
6 2 3
3 5 3 5 2 5
3 5 0 0 0 5
106. n o‘lchamli massiv berilgan. Shatrli operatordan foydalanmasdan uning juft indeksdagi (2, 4, 6,…) elementlari ikkilantirilsin.
6
3 5 3 5 2 5
3 5 5 3 5 5 2 5 5
107. n o‘lchamli massiv berilgan. Shatrli operatordan foydalanmasdan uning toq indeksdagi (3, 6, 9,…) elementlari uchlantirilsin.
3
3 5 3
3 3 3 5 3 3 3
108. n o‘lchamli massiv berilgan. Massivning har bir musbat elementidan oldingi elementiga 0 qiymatlansin.
5
-6 4 -8 7 3
0 4 0 0 3
109. n o‘lchamli massiv berilgan. Massivning barcha manfiy elementlaridan keyingi elementlariga 0 qiymatlansin.
5
-6 4 -8 7 3
-6 0 -8 0 3
110. Butun tipli n o‘lchamli massiv berilgan. Massivning elementlaridagi juft sonlar ikkilantirilsin.
5
6 4 8 7 3
6 6 4 4 8 8 7 3
111. Butun tipli n o‘lchamli massiv berilgan. Uning elementlaridagi barcha toq sonlar uchlantirilsin.
5
6 4 8 7 3
6 4 8 7 7 7 3 3 3
6. Massivlarni saralash.
112. ▲ n (n≤6) o‘lchamli a massiv berilgan. Massivning qo‘shni elementlarini taqqoslash(a1 va a2, a2 va a3 va hokazo) va agar juftlikdagi chap elementdan o‘ng elementi katta bo‘lsa, ularning joylarini almashtirish yo‘li bilan bu harakatni n-1 marta takrorlab, massivning elementlarini oddiy almashtirish usuli(pufakli saralash) bilan o‘sish tartibi joylashtirilsin.
5
6 4 8 7 3
8 7 6 4 3
113. n (n≤6) o‘lchamli a massiv berilgan. Massiv oddiy tanlash usuli yordamida tartiblansin: “undagi eng katta element topiladi, u massivning n-elementi bilan almashtiriladi. Bu holat qolgan n-1 ta element uchun yana takrorlanadi: Bu harakat jami n-1 marta bajarilsin”..
5
6 4 8 7 3
3 4 6 7 8
114. Bir o‘lchovli n ta elementi bor a massiv berilgan. Uning elementlarini kamayish tartibida tartiblang. Qo‘yish usuli: a1 va a2 larni taqqoslang. Zaruriyat bo‘lsa qiymatlarni almashtiring so‘ngra a3 ni chapdagisini qiymati bilan zarur bo‘lsa almashtiring va hokazo. Ularning tartiblari saqlab qolinsin va bu jarayon qolganlari uchun ham davom ettirilsin(2 dan n gacha). Qayta ishlangandan so‘ng massiv chop etilsin. Massivni qayta ishlashda a0 qo‘shimcha element kiritish tavsiya etiladi.
5
6 4 8 7 3
8 7 6 4 3
115. Bir o‘lchovli n ta elementi bor a massiv berilgan. Bu massivdan o‘suvchi ketma-ketlik hosil qilinganda massiv elementlarining tartibi chiqarilsin. Bu holatda qalqib chiqish usulidan foydalanilsin. Uni quyidagi ko‘rinishda modifikatsiya qilish mumkin: i indeksli yordamchi butun tipli massiv hosil qilinadi. Uni 1 dan n gacha sonlar bilan to‘ldiriladi. Agar a massivning yonma-yon turgan ikki elementining chapdagisi o‘ngdagisidan katta bo‘lsa ular almashtiriladi. Bu jarayon quyidagicha bo‘ladi. i1 va i2, i2 va i3, … bu jarayon n-1 marta bajarilib i massiv uchun talab etilgan ketma-ketlikni hosil qilish mumkin.