O. O. Hoshimov, S. S. Saidahmedov elektr yuritma asoslari


O‘ZGARMAS TOK MASHINALARI CHULG‘AMLARINING INDUKTIVLIGI VA ELEKTRMAGNIT VAQT DOIMIYLIGI



Download 278,3 Kb.
bet59/96
Sana24.03.2022
Hajmi278,3 Kb.
#507861
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
Bog'liq
elektr yuritma qo\'llanma

5.2. O‘ZGARMAS TOK MASHINALARI CHULG‘AMLARINING INDUKTIVLIGI VA ELEKTRMAGNIT VAQT DOIMIYLIGI
Elektr zanjirlarining qarshiligi va ularning induktivligi elektrmagnit jarayonlarning xarakterini va o‘tish vaqtini belgilaydi. Ma’lum haroratga (odatda 15°C da) keltirilgan chulg‘am qarshiliklari kataloglarda beriladi. Oddiy hisoblashlarda qarshilikni dvigatel ishlayotgan haroratga keltirish mumkin:
rx = r15°C(1 + at)
bu yerda: a — elektr qarshiligining issiqlik koeffitsiyenti, u mis uchun 0,004 ga teng; harorat farqi t = Jx-15.
Shuni hisobga olish kerakki, yakor zanjiri qarshiligi sifatida nafaqat chulg‘amlar qarshiligini, balki barcha bog‘lovchi kabellar qarshiligini tushunish kerak. Bundan tashqari ekvivalent qarshilikni o‘zgartgichdagi kommutatsion hodisalar va dvigatel cho‘tkasi kontaktidagi kuchlanish tushishi hisobiga ortishini e’tiborga olish kerak.
Po‘lat o‘zaklarda joylashgan chulg‘amlarning induktivligini aniqlash ancha murakkab. Ular, birinchidan, nochiziq zveno bo‘lsa, ikkinchidan bitta magnit zanjiri bilan, ayniqsa o‘zgaruvchan tok mashinalarida, bir nechta chulg‘amlarga bog‘liq. Shuning uchun nafaqat sochilish induktivligini, balki chulg‘amlar orasidagi o‘zaro induktivlikni ham qarab chiqish kerak. Hisoblarda bundan tashqari magnit zanjirining to‘yinishini ham e’tiborga olish kerak.
199
O‘zgarmas tok mashinasi yakor chulg‘amining induktivligi Umanskiyning empirik formulasi orqali aniqlanadi:
Lya = b•Unom/(p•wnom•Inom), (5.7)
bu yerda: Unom, Inom, wnom — kuchlanish, tok va tezlikning nominal qiymatlari; p — mashinaning juft qutblar soni; p•wnom — yakor chulg‘ami tokining chastotasi.
Koeffitsiyent b ni yakor reaksiyasini kompensatsiyalovchi chulg‘ami bo‘lgan katta mashinalar uchun 0,25, kompensatsiyalovchi chulg‘ami bo‘lmagan kichik mashinalar uchun esa 0,6 deb qabul qilinadi.
Yakorning induktivligi va aktiv qarshiligi qiymatlari bo‘yicha dvigatelning elektrmagnit vaqt doimiysi aniqlanadi, ya’ni:
Tya = Lya/rya. (5.8)
Qo‘zg‘atish chulg‘ami induktivligi tabiiy ravishda qo‘zg‘atish toki funksiyasi bo‘lib, to‘yinishga bog‘liq ravishda bir necha marta o‘zgaradi. Qo‘zg‘atish chulg‘amining induktivligini aniqlash uchun mashinaning magnitlovchi egri chizig‘i yoki generator rejimida salt yurish tavsifidan foydalaniladi.
Juft qutblarda 2p da joylashgan barcha qo‘zg‘atish chulg‘ami uchun:
Lq = 2pp wndFn/diq. (5.9)
200
bu yerda: 2pp — mashinaning qutblar soni; wn — bitta qutbdagi
o‘ramlar soni; Fn — qutbni kesib o‘tadigan magnit oqimi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, o‘tkinchi jarayonlarni EHMda
hisoblayotganda magnit oqimining tokka bog‘liqligidan foydalanish
kerak, qo‘zg‘atish zanjiri uchun:
Uq = iqrq + wq•dFn/dt. (5.10)

Download 278,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish