Iqtisodiyotni
boshqarish
darajasi
Boshqarish sohasi
Risklar nomi
Iqtisodiyotni umumiy tartibga solish,
ichki raqobat qonunlari va boshqalar.
Iqtisodiy
I.
Makrodjarajada
Siyosiy barqarorlik, davlatning etakchi
roli va boshqalar.
Ijtimoiy-siyosiy
Davlatning byudjet yoki moliyaviy
siyosati.
Fiskal-monetar
Mulkchilikning korporativ shakllari,
to‘la xo‘jalik mustaqilligi, firmalarning
tarmoqqa kirish va undan chiqish xuquqi
Sanoat
II.
Agrar
19
Mezodarajada
va boshqalar
Xizmat
ko‘rsatish soxasi
III.
Mikrodarajada
Namoyon bo‘lish bosqichi bo‘yicha -
sub’ektlarning xo‘jalik faoliyati riski va
loyixa riski.
I. Tadbirkorlik
Funksional maqsadi - moliyaviy va
tijorat operatsiyalarini boshqarish.
Funksional maqsadi - anik loyixa
turlariga bog‘lash.
II. Investitsiya
Tadbirkorlik
riski uchun:
1.Moliyaviy.
2.Tijorat.
Moliyaviy
bank riski uchun:
1.1.Valyuta.
1.2.Kredit.
1.3.Foiz.
1.4.Bozor
(portfel).
1.5.Marketing.
1.6.Ishbilarmonlik.
Xo‘jalik sub’ektining xo‘jalik faoliyati
Valyuta riski
Kredit riski.
20
Iqtisodiy risk Makrodarajada iqtisodiy risk tashqi va ichki, oldindan aytib
bo‘ladigan va aytib bo‘lmaydigan, mezodarajada – sanoat, agrar va xizmat ko‘rsatish
sohasi risklariga bo‘linadi. Mikrodarajada sanoat riski, firmaning xo‘jalik faoliyati riski
– tadbirkorlik va investitsiya riski va boshqalarga bo‘linadi.
Mamlakat miqyosida makrodarajada iqtisodiy risklarni aniqlash juda muhim bo‘lib,
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, chetdan investitsiyalar, kreditlar va
boshqa moliyaviy qo‘yilmalar jalb qilishda katta ahamiyatga egadir.
Har bir mamlakatning rivojlanish mavqei bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy risklar,
halqaro bank amaliyotida pul oqimi, kredit va xisob operatsiyalari soxasida bo‘lgan
risklar bilan bevosita bog‘liq. Bu risklarning bo‘lishi va ularning darajasi esa importchi
yoki eksport davlatga yoki kontragent mamlakatlardagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlikka
bog‘liq. Har bir mamlakatda iqtisodiy yoki siyosiy barqarorlikka asoslanib, shu
mamlakatdagi iqtisodiy risk darajasini baholay olish chet el kapitali ishtirokida tashkil
topgan qo‘shma banklar va bosh litsenziyaga ega bo‘lgan bank tashkilotlari uchun
dorlzarbdir. Bank amaliyotida uning raxbariyati chet el kontragentlarining moliyaviy
barqarorligiga noto‘g‘ri baho berish natijasida ancha xatolarga yo‘l qo‘yishlari mumkin.
SHuning uchun biror davlat bilan uzviy iqtisodiy aloqani o‘rnatishda, ayniqsa kredit va
xisob-kitoblar bilan bog‘liq munosabatlarni olib borishda, undagi iqtisodiy-siyosiy
barqarorlikni tahlil qilib risk darajasini aniqlash lozim. Jaxon amaliyotida shu maqsadda
tavsiya etiladigan yo‘llardan biri bu mamlakat iqtisodiy risklari hajmini taxlil qiluvchi
BERI indeksidan foydalaniladi. Uning yordami bilan oldindan mamlakat iqtisodiy
risklarining hajmi belgilanadi.
Mamlakat iqtisodiy riskini bashorat qilish davlat qurilmasining tarkibi va sifat
darajalarini tahlil qilishga, shuningdek amaliy ma’lumotlar va nisbatlarni o‘rganishga
asoslangan miqdor ko‘rsatkichlariga tayanishi kerak.
Taxlilning ikki turi (sifat va miqdor)ning uyg‘unlashuvi aniq va ravon bo‘lishi barcha
jadvallar va taqqoslangan ma’lumotlar taxlilni engil qilish va uning samaradorligini
oshirish uchun qisqartmalarni ochib berilishini o‘z ichiga olishi kerak.
21
Shu asosiy tamoyillar mamlakat riskini aniqlashda taxlil qilinayotgan statistik va
analitik yo‘nalishlarning ikki pog‘onali tizimini tashkil qilishga olib keladi. Birinchi
pog‘onada o‘lkadagi holat to‘g‘risidagi xisobot tashkil kilinadi (qiskacha iqtisodiy ahvol
ta’rifi). Eng avvalo tahlilning muhim bo‘limi keltiriladi, ya’ni mamlakat iqtisodiy
riskining darajasi haqida xulosa, ya’ni mamlakatning iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan
asosiy ma’lumotlar va asosiy xulosalar tahlil qilinadi.
Tahlilning ikkinchi pog‘onasida aniq iqtisodiy-siyosiy vaziyat taxlil qilinadi,
marketing tadqiqining natijalari ko‘rib chiqiladi va omillar riski chizmasi bo‘yicha
davlatning iqtisodiy riski darajasi aniqlanadi.
Makrodarajada mamlakat iqtisodiy riskini baholashda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida
quyidagilar tahlil qilinishi mumkin:
- iqtisodiyotning samaradorligi (bunda YAMMning o‘rtacha yillik o‘sishi
hisoblanadi);
- siyosiy risk darajasi;
- jahon banki ma’lumotlariga asosan olingan kreditlar miqdori, ular bo‘yicha
qarzdorlik darajasi, kreditni qaytib tulash jarayonining amalga oshirilish sifati, eksport
xajmi, tashqi qarzlar, tashki savdo oboroti va boshqalar;
- bank kreditlarini olish imkoniyati;
- qisqa muddatli kreditlash imkoniyati;
- uzoq muddatli kreditlash imkoniyati;
- fors-mojor xolatlarining yuzaga kelishi;
- mamlakatning kreditga layoqatlilik darajasi;
- tashki karzlar bo‘yicha to‘lanmagan majburiyatlar.
Iqtisodiyotning mezo va mikrodarajalarida risklarning turlari va ta’sirchanlik darajasi
turlicha bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida risklarga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq
22
bo‘ladi. Xo‘jalik sub’ektlari faoliyatida mavjud risklarga ta’sir etuvchi barcha omillarni
shartli ravishda ikki guruhga: ob’ektiv va sub’ektiv yoki boshqarilmaydigan va
boshqariladigan omillarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga korxona yoki firmaga
bevosita bog‘liq bo‘lmagan omillar (inflyasiya, raqobat, iqtisodiy inqirozlar, ob-havo
sharoitlari) kiradi. Ikkinchi guruhga muayyan korxona yoki firmaning faoliyatiga
bevosita bog‘liq bo‘lgan omillar (ishlab chiqarish – texnikaviy imkoniyati, ishlab
chiqarish va mehnatni tashkil etish, texnika havfsizligi darajasi va h.k.), shuningdek
firmaning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida juda muhim xisoblangan kontragent firmalar
(mol etkazib beruvchilar, subpudratchilar, loyixalashtiruvchilar) va raqobatchi firmalarni
tavsiflovchi omillar kiradi.
Iqtisodiyotning mezodarajadagi risklarining salmoqli turi - sanoat riski ma’lum
tarmoqning ichida ham, boshqa tarmoqlarga nisbatan ham alohida olingan tarmoq
iqtisodiy ahvolning o‘zgarishi, uning rivojlanishi va amal qilishining o‘ziga xosligi bilan
bog‘liq.
Xo‘jalik tarmog‘iga nisbatan soliq me’yorlaridagi, tarmoq yo‘riqnomalari, kredit
olish shartlari va boshqalardagi o‘zgarishlar risk manbai bo‘lib xisoblanadi. Sanoat
riskini baholashda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
- alohida olingan tarmoqning bir-biriga bog‘liq tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada
ma’lum vaqt mobaynidagi faoliyati (tarmoqning hayotiy davri);
- bir-biriga bog‘liq tarmoqlar faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan qanchali
barqaror bo‘lishi;
- korxona yoki firmalarning o‘z kapital qo‘yilmalarini boshqa tarmoqlarga o‘tkazish
imkoniyati;
- firmalarning bajarayotgan ish xajmi, ishlaydiganlar soni, tarmoq ichidagi ularning
xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalari bo‘yicha qay darajada tasnif qilinganligi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |