105
tuziladi. Ularning tashkiliy tuzilmasi barcha davlatlarda deyarli bir hil. «Jangovar
guruh» tashkilot a`zolarining
asosiy ehtiyojlarini qondirish, jangarilar tashqariga
chiqmaydigan bevosita yopiq ijtimoiy muhitni yaratishdek ko`plab vazifani bajaradi.
Bir so`z bilan aytganda, jangovar guruh terror hurujini uyushtirishdek asosiy
vazifasidan tashqari uning tarkibidagi kishilar uchun ijtimoiy
muhit vazifasini ham
bajaradi.
Ekstremistik va terroristik tashkilotlarga yangi a`zolarning qo`shilishi,
ko`pincha, dinga kiritish, qabul qilishdek shaklu shamoyil kasb etadi hamda bir
qancha tanlov va sinov bosqichlarini o`z ichiga oladi. ekstremistik harakatlarning eng
quyi tabaqasi ko`pincha siyosiy tusga ega bo`lmagan, mayda zo`rlik va jinoyatlar
sodir etadigan unsurlar bilan bog’liqbo`ladi. Bunday zo`rlikning siyosiylashtirilishi
terrorizm tomon qo`yilgan bi-rinchi qadam bo`ladi. O`z
doirasiga yangi kimsalarni
tortar ekan, terrorchilik guruhi yoki uning raqbariyati so`zsiz bo`ysunishni va «ish»ga
mutaassibona sadoqatni talab qiladi. Keyinroq esa yollanuvchilar «hamma narsani
biluvchi» va ularga yo`lboshchilik qiluvchi sarbonga duch keladilar.
Hozirgi davrda eng avvalo ahborot chegaralarining barham topishida o`zligini
namoyon qilayotgan globallashuv sharoitida va bir paytlar halqaro munosabatlar
mazmunini belgilagan ikki qarama-qarshi kuch — sotsializm va kapitalizm
o`rtasidagi o`zaro kurashning barham topishi natijasida
ekstremizm va terrorizm
mamlakatlar, mintaqalar va umuman dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida
birinchi o`ringa chikdi. Qo`poruvchilik faoliyatining turli ko`rinishlarini o`z ichiga
olgan infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantirgan mazkur ikki dunyoqarash
o`rtasidagi kurash hozirda turli hil kuchlarni birlashtirgan ko`p
qutbli dunyoning
mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil kasb etmokda.
Bu, birinchi navbatda, ekstremizm va terrorizmning anarhizm va fashizmning
arhaik shakllari bilan qorishmasi hisoblangan va ommaning keng qatlamlari bilan
bog’lovchi halqa sifatida islom shiorlaridan
ustalik bilan foydalanadigan, aslida esa
halqbilan hech qanday aloqasi yo`qligini mohirona yashira oladigan holat kasb etdi.
O`z vaqtida, XX asrning 70-yillarida, terrorchilar halq bilan birgalikni ko`rsatish va
uning nomidan harakat qilish uchun kommunizm shiorlari ostida faoliyat yuritishi va
shu yo`l bilan mablag’ to`plashi qulayroq edi.
Ma`lum bir davlat hududida terrorizm tarqalishiga sabab bo`luvchi shart-
sharoitlar quyidagilardan iborat:
1. Jamiyatda ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlik
2. Milliy-diniy qarama-qarshiliklar
3. Ommaviy ishsizlik va qashshoqlik
4. Ommaviy-diniy faoliyatda huquqiy effektiv (unumli) boshqaruvning yo`qligi
5. Ayrim kishilarning ma`naviy past fazilatlari va ahloqsiz hayot tarzi
6. Tubanlikka tushgan kishilarga nisbatan huquqni himoya qilish organlari va
aholining e`tiborsizligi, loqayd va beparvo munosabati
7. Halqaro miqqiyosda terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashning etarli darajada
emasligi
8. Ayrim kishilarning, guruhlarning, tashkilotlarning hattoki davlatlarning terrorizmni
qo`llab-quvvatlashdan manfaatdorligi
Terrorchilik harakatlarining sub`ektlari sifatida quyidagilarni kursatish mumkin:
106
-YAkka terrorchilar
-Terrorchi guruhlar
-Terrorchi tashkilotlarning jangovor guruhlari
-Terrorchi tashkilotlar
-Etnik jamoalar
-Diniy tariqatlar
-Siyosiy-ekstremistik birlashmalar
-Halqaro terrorchilik tashkilotlari
- Ayrim davlatlar va davlatlarning maxsus xizmatlari
Hozirgi kunda terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari quyidagilardir:
-Qonuniylik
-SHahs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
-Terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi
-Jazoning muqarrarligi
-Terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg’unligi
-Jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o`tkaziladigan
operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik
Do'stlaringiz bilan baham: