82
IV – bob. FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQAROLAR
MUHOFAZASI
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari
1.
Favqulodda vaziyatlar tushunchasi hamda ularning o`ziga hos
hususiyatlari, favqulodda vaziyatlarning turlari va ularga qisqacha ta`rif
Favqulodda vaziyat (FV)
— ma`lum hududda yuz bergan falokat, halokat va
boshka turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’limiga,
salomatligiga, tevarak
atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli modtsiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush
sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
Favqulodda vaziyatning tavsifi
Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko`rsatkich bo`yicha aniqlaniladi:
1.
Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ning ta’rifi);
2.
FVning mohiyati;
3.
FVning sabablari;
4.
FVning shikastlovchi omillari;
5.
FVning qaltislikni oshiruvchi omillari;
6.
FVning
oldindin
bilish
mumkinligi
(monitoring,
bashorat,YU
ogohlantirish, yumshatish);
7.
FVni bartaraf qilish;
8.
Moddiy zararni aniqlash;
FV oqibatining asosiy turlari: o`lim,
odamlarning kasallanishi, inshoatlarning
buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar.
FVning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar,
inshoatlar, moddiy resurslarning barchasi – «SHikastlanish o`chog’i» deyiladi. Oddiy
(bir turdagi) shikastlanish o`chog’i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil
bo`ladigan o`chog’ tushiniladi. Masalan,
portlash, yong’in natijasida buzilish,
kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko`p turli) shikastlanish o`chog’i
deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan,
kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishi, yong’in, kimyoviy zaharlanish
kabi
oqibatlarga, ysilkinishi, kuchli bo`ron, suv toshqini, yog’inlar, elektr
tarmoqlarini ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi
natijasida zaharlanish
va boshqa talofatlarga olib kelishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga kura (sababi va kelib chikish manbaiga kura):
1. Tabiiy tusdagi FV;
2. Texnogen tusdagi FV;
3. Ekologik tusdagi FVlarga bo’linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 hil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
1) geologik xavfli hodisalar: zilzilalar, ykuchishlari, tog upirilishlari va boshka
xavfli geologik hodisalar;
83
2) gidrometeorologik xavfli hodisalar: suv toshki nlari, sellar, kor kuchkilari,
kuchli shamollar (dovullar), jala va boshka xavfli gidrometerologik hodisalar;
3) Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: alohida xavfli
infektsiyalar
(ulat,
vabo,
sargayma,
isitma),
yukumli
kasalliklar,
rikketsiyalarepidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, zoonoz infektsiyalar —
Sibir
yarasi, kuturish, virusli infektsiyalar — SPID;
Epidemiya — odamlarning guruh bulib yukumli kasallanishi, ularning
zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda oziqovqatdan ommaviy zaharlanish);
epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bulishi; epifitotiya esa
usimliklarning ommaviy nobud bulishidir.
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. ekologik tusdagi FVlar asosan 3 hil
buladi:
1. Quruklik (tuprok, yosti)ning holati uzgarishi bilan boglik vaziyatlar:
halokatli kuchkilar — foydali kazilmalarni kazish chogida yostiga ishlov berilishi va
insonning boshka faoliyati natijasida yyuzasining upirilishi, siljishi;
Tuproq va ysanoati tufayli kelib chikadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, ogir
metallar, neft mahsulotlari, shuningdek, kishlok hujaligi
ishlab chiqarishida
odamlarning sogligi uchun xavf soluvchi kontsentratsiyalarda qo’llaniladigan
pestitsidlar va boshka zaharli himikatlar mavjudligi.
2. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va hossalari uzgarishi bilan boglik bo’lgan
vaziyatlar:
Havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
— oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, kurum, chang va
odamlar sogligiga xavf soluvchi kontsentratsiyalarda
antropogen tusdagi boshka
zararli moddalar;
— keng kulamda kislotali hududlar hosil bulishi va kup miktsorda kislota
chikindilari yogilishi;
— radiatsiyaning yuqori darajasi.
3. Gidrosfera holatining uzgarishi bilan boglik vaziyatlar:
Yuzasi va osti suvlarining sanoat va kishlokhujaligi ishlab chiqarishi okavalari;
Neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi
mumkin bo’lgan, tarkibida ogir metallar, har hil zaharli himikatlar mavjud chikindilar
va boshka zararli moddalar bilan eksteremal yuqori darajada ifloslanishi;
Binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uyjoylarning emirilishiga olib
kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miktsorining ortishi;
Suv manbalari va suv olish joylarining zararli
moddalar bilan ifloslanishi
okibatida ichimlik suvining keskin etishmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: